10-rasm. Quritish shkafi va fear xil o‘lchamli alyumin byuks
idishlar
Quritish javonidagi harorat 105 °S darajaga keltiriladi va dastlabki
20-30 daqiqada qurish harorati 100-105 °S dan oshmasligi kerak
(fennentlar ta’sirini to ‘xtatish uchun), asosiy quritish vaqtida 80-90 °S
atrofida bo‘lishi shart. Keyin narnuna mutlaq og‘irlikka kelganda
harorat 105 °S b o lad i. Umumiy quritish vaqti 3-5 soatga yetadi,
shuning uchun qolgan hisob-kitob va o'lchovlar keyingi darsga
qoldiriladi. Quritish javonidan chiqarilgan byukslar eksikator ostiga
20-30 daqiqaga qo‘yib sovutiladi. Eksikator tagida odatda oltingugurt
kislotasi bo‘lishi kerak. Sovutilgan byukslar yana tortiladi, agar
namuna mutlaq og‘irlikka yetmagan bo‘lsa,u holda yana quritiladi
(105 °S da). Talabalarga o ‘tilayotgan darsda bir marta tortish bilan
kifoyalansa bo‘ladi.
Olingan natijalar quyidagi 8-jadval bo‘vicha yoziladi va qimiq
modda miqdori aniqlanadi.
8~jadval