Keyin kolbani olib unga cho'kma hosil bo‘lguncha qo'yib turiladi va
ustidan issiq suv eritmani olib stakan yoki tagi teshik va paxta
to‘shalgan tigelga qocyiladi. Tigel tagiga uzun shisha tolalar, keyingi
qavatga esa mayda tolalar solinadi. Cho‘kma hosil bo‘lgan kolbaga
ikkinchi marta 50 ml spirt ara- lashmasi va azot kislotasi qo‘shiladi va
30 daqiqa qaynatiladi. Yana ehtiyotlik bilan issiq eritmani filtrdan
o‘tkazib olinadi, shundan keyin qolgan cho‘kmani konsentratsiyasi
spirt bilan yuviladi va yana o'sha filtrdan o ‘tkaziladi.
Keyingi kolbadagi cho‘kmaga 50 ml 1,25% li ishqor eritmasi
quyiladi vayana sovutgich bilan birlashtirilib qaynatiladi.
Kolbani elektr plitada ham qaynatsa bo‘ladi. Ishqorli eritmada
ishlov berish vaqti 30 daqiqa. Issiq ishqorli eritmani shisha filtrdan
o‘tkaziladi, uning ustiga erimagan cho‘kma solib qo‘yiladi. Keyin
kolbani 2-3 marta issiq suv bilan yuviladi. Shundan keyin stakan yoki
tigel shisha filtr va kletchatkani cho‘kmasi bilan quritish javonida (105
°S) quritiladi va tortiladi.
Ho‘l meva yoki sabzavot tarkibidagi kletchatka miqdori quyidagi
formula asosida topiladi:
X -
C
*3 —
^)xl00
H
bu yerda: a - quruq kletchatkani vazni (stakan bilan kletchatka), gr;
b - bo'sh stakanning og‘irligi, gr;
N - ho‘l mahsulotdan olingan namunacha, gr.
Mazkur formula asosida yechish uchun talabalarga alohida-
alohida vazifalar topshiriladi.