3-ish. Meva-uzumni yig‘ib-terib olish, joylashtirish va saqlash
uchun ishchi kuchi, inventar, idish-qutilar va boshqa
materiallarni hisoblash
Darsning maqsadi:
talabalarga meva-uzumni o‘z vaqtida va
isroflarsiz yig‘ib-terib olishga o‘rgatish. Buning uchun yig‘im-terim
hamda meva-uzumni joylashtirish davrida talab etiladigan ishchi
kuchi, inventar v a materiallarni hisoblashni o'rganish.
M a’lumki, meva-uzumni o ‘z vaqtida
isrof qilrnay terib olish
mas’uliyatli ishlar hisoblanadi. Bu ishlami yuqori saviyada o ‘tkazish
uchun terim boshlanishidan oldin mavsumda foydalaniladigan barcha
anjomlami, y a’ni narvon, terim chelaklari yoki savatlari,
ilgaklar,
arqon va boshqalami taxt qilib qo'yish talab etiladi (5-rasm).
1-vazifa.
Mavsumda bir kunda teriladigan meva (t), terimchilar
va yordamchilar miqdorini aniqlash:
a) yozgi navlar — 350 t (Samarqand to‘n g ‘ichi, Toshkent borovin-
kasi, Grafenshteynskoe krasnoe). Yig'ish muddati 5/V dan 10/VI
gacha.
b) kuzgi navlar - 600 t (Zolotoe grayma, Parmen zimniy zolotoy,
Djonatan). Yig‘ish muddati 10/VII dan 20/VIII gacha.
v) qishki navlar - 1200 t. (Vaynsep, Renet Simirenko, Oq
Rozmarin). Yig‘ish muddati 10/VIII dan 10/IX gacha.
Bir ishchiga
kundalik m e’yori 350 kg olma mevasi. Bir yordamchi ishchiga
kundalik ish, y a’ni olmani to ‘plash - 2,5 t.