teshigi sholi va tariq donlarining yirikligiga bog‘liqdir.
Shaffoflikni Gorodeskiy tozalagichida aniqlashni amalga oshirish
mumkin. Ushbu moslama korpusi to‘rt qirrali yog‘ochdan iborat
bo‘lib, unda aylana uya va ishqalagichdan do‘ng yoki yassi
shaklli va
yuqorisida dastalik tashkil topgan. Uya ishqalagich rezina bilan
qoplangan. Tariq (2,5 gr) yoki sholi (5 gr) namunasini ishqalagich
uyasiga joylanadi, unga ishqalagichni qo‘yib,
dastani bosish va
aylantirish bilan, yarim aylana va qaytish harakatlari bilan don po'sti
shilinadi. Shunday 40-60 marta harakatdan keyin uyadagi mahsulot
elakka to‘kiladi (elak o‘lchami yuqorida qayd etilgan) va shaffoflar
elanadi. Po'sti shilinmagan donlar terib olinadi va yana qaytadan
ishqalagichda ishqalanadi. Birinchi namunani po‘sti shilinganidan
keyin ikkinchisi tozalaniladi va shaffofli yoni о‘rtacha miqdori
foizda
hisoblab chiqiladi. Tariqda shaffoflik miqdori 5 dan 35% gacha,
ammo ko‘p hollarda 18 dan 25% orasida o‘zgaradi. Donli
aralashmalar bilan birgahkdagi og‘irligidan shafFofligi 18% va toza
mag‘zi 76% miqdorida bo'lganda tanqnmg bazis sifati hisoblanadi.