9-ish. Kartoshka tarkibidagi kraxmal miqdorini tugmakiarnmg
solishtirma og‘irligi bo‘yicha aniqlash
Darsning maqsadi: kartoshka tarkibidagi kraxmal miqdoxini
tugunaklaming solishtirma og‘irligi bo'yicha aniqlashni o‘rganish.
Qayta ishlanadigan texnik kartoshka navlari uchun kraxmal
miqdori hal qiluvchi omil b o ‘lib xizmat qiladi, chunki bu yerda
faqatgina hosildorilikni emas, balki gektaridan qancha kraxmal
yig‘ilishini ham aniq bilish kerak.
Ishlash tartibi: kraxmal miqdorini aniq bilish uchun uni gidroliz
yo‘li bilan invert shakarga aylantiriladi, shakami esa kimyoviy yo‘l
bilan miqdori aniqlanadi.
Dala sharotida esa kraxmal miqdorini tuganaklaming solishtirma
og'irligi b o ‘yicha aniqlanadi. Bu usul juda qulay va aniq hisoblanadi.
Buning uchun kartoshka tuganaklari avval havoda, so‘ng suvda
tortiladi (Andmed qonuni bo‘yicha).
Bizga ma’lumki, kartoshka tugunagining asosiy qismini, y a’ni
5,7-5,9% kraxmal tashkil qiladi, shundan shakar qismi 1,5%.
Bimi aniqlash uchun olim Zaarening maxsus jadvaliga qarab,
Xarbakov usuli ishlab chiqilgan. Buning uchun stolning bir burcha-
giga taxta qo'yiladi, u stol chetidan chiqib turishi kerak. Stolga torozi
qo'yilib, unga sim bog‘lanadi va savat osiladi. Savat temirdan
yasalgan bo‘lib, suvli idish ichiga tushiriladi va tarozi shu holatda
muvozanatga keltiriladi. Tarozining ikkinchi pallasiga 5,2 yoki 1 kg
tosh qo'yiladi ulami kartoshka tugunaklari bilan tenglashtiriladi.
Tugunaklar mayda bo‘Isa, shunchalik kam namuna olinadi. Masalan,
juda yirik kartoshka bo‘lsa 5 kg, o ‘rta hoi tugunaklarda 2 kg va mayda
tugunaklardan 1 kg namuna olinadi. Key in savat suvdan olinadi va
unga tortilgan kartoshka joylanadi va suvga yana botiriladi.
Tarozi muvozanatini yo‘qotadi, buni to‘g‘rilash uchun albatta
ortiqcha toslilar olib tashlanadi, chunki suvda kartoshka tugunagi
yengillashadi. Kraxmal miqdori Zaare jadvaUga qarab aniqlanadi.
Tajribada qo‘llaniladigan suvning harorati 17,5°S atrofida b o lish i
kerak. Yuqori haroratli yoki sovuq suvda tajriba xatohgi ortib ketadi.