|
Salom Dunyo! yoziladi va uni Birinchi htm qilib
|
bet | 19/26 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 206,48 Kb. | | #120822 |
Bog'liq Bob elektron darslik yaratishning nazariy-fayllar.orgIII. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA
SAMARADORLIGI.
3.1. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni.
Hozirgi kunda elektron qurilmalar o’quvchilarning kundalik hayotiga jadal
suratlar bilan kirib bormoqda. Mobil telefon, noutbuk, internetdan foydalanish
oddiy xolga aylandi.Mutaxassislarning fikricha insonning eshitish a’zolariga
nisbatan ko’rish a’zolari yordamida besh marotaba ko’p ma’lumotlarni eslab qolish
mumkin. Sababi eshitish a’zolariga qaraganda ko’rish a’zolaridan olinayotgan
ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to’g’ridan to’g’ri inson xotirasiga o’tadi va
saqlanadi.
Elektron darslikning sifati o’qituvchining shaxsiy bilim saviyasi, ushbu fan
uchun mualliflik uslubi, pedagogik, psixologik va metodik yondoshuviga bog’liq.
Elektron darsliklar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki
bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo’shimcha ma’lumotlar bilan
ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, bilim oluvchilarga mustaqil va erkin fikrlash,
olingan bilimlarini bosqichma — bosqich boyitish, mukamallashtirib borish,
mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlardan izlab topish
ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlaydi.
Hozirgi kunga kelib yuqorida ko’tarilgan muammolarning ko’pgina qismi
o’z echimini topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012
yil 10 avgustdagi 242-sonli “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar
va pedagog kadrlarining malakaasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi va 2012 yil 26
sentyabrdagi, “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida“gi 278-sonli qarorlariga asosan oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bugungi kunda
|
| |