2.2. WEB dasturlash tili asoslari.
PHP dasturlash tilini vujudga kelishi. PHP –o’z nomini etarlicha tanitib
ulgurgan, dasturlash tili xisoblanadi. Gap shundaki, boshlanishda bu uncha qiyin
bulmagan shaxsiy WEB –saxifalarini yaratish uchun mo’ljallangan oddiy
makroslar to’plamidan iborat bo’lgan bo’lib, PHP-personal home page (shaxsiy uy
saxifasi) so’zlarining qisqartmasidan iborat.
Vaqt o’tishi bilan makroslar to’plami mukammal dasturlash tiliga aylanib
zamonaviy ma’lumotlar bazasi bilan ma’lumot almashish imkoniyatiga ega
bo’lgan WEB tarmoq sahifalarini yaratuvchi tilga aylandi. Tilning imkoniyatlari
kengaygani
sari
uning
ommaviyligi
ham
o’sib bormoqda. Netcraft
(
http://www.netcraft.com
) kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra 1999 yil noyabr
oyida RNR texnologiyasi Web tarmoqlarining bir milliondan ortig’idan
foydalanilgan 2000 yil 1400000 taga etgan.
35
RNRning 1-versiyasi Rasmus Lerdorf (Rasmus Lerdorf) ismli programmist
tomonidan yaratilgan bo’lib, Web sahifalarini yaratishni engillashtirish uchun
makroslar to’plamidan iborat bo’lgan.
Tez orada u foydalanuvchilar nazariga tusha boshladi, hamda tezlik bilan
takomillashib, ommalashib bordi. 1997 yildan bu til ustida programistlar guruxi ish
olib boradi.
Mexnatlarning samarasida esa PHP3 keyingi versiya yaratildi. Bu PHP ning
takomillashgan va zamonaviy versiya bo’lib, unda matnlarining qayta ishlashning
yangi usullari yaratildi va bu usullar Zib Zuraski va endi Gutians (Zeev, Surasky,
Andi Ceutmans) ismli progromistlar tomonidan yaratildi. Shuningdek tilning
sintaksisida biroz o’zgarishlar kiritilib, yangi funktsiyalarqo’shildi. Yangi vertsiya
shu davrda sarver uchun dasturldash tillarining eng zo’ri xisoblanib, juda ham ez
ommalashib ketdi.
MySQL ma’lumotlar bazasi va Apache serveri bilan ishlash uchun PHP ning
imkoniyatlari yanada kengayib bordi. Apeche serveri hozirgi kunda dunyodagi eng
keng tarqalgan Web -server xisoblanadi va PHP tili Apache serveri uchun modul
ko’rinishida qo’llanilishi mumkin. MySQL - bu zamonaviy ma’lumotlar bazasi
bo’lib pulsiz (tekin) tarqatiladi, shuning uchun ham PHP ning barcha funktsiyalari
shu bazaga bog’langan. Tan oligsh lozimki Apeche, MySQL va PHP larning
o’zaro bir-biri bilan bog’liq ravishda ishlashi o’rtadagi raqobatga barham beradi.
Bu esa PHP boshqa MBSI bilan ishlamaydi degani emas. Bu texnologiya
juda MBSI va Web serverlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.
WEB saxifalarni va tarmoqni yaratish yo’llari o’zgarishi bilan PHP ham
takomillasha bordi. 1990 -yil o’rtalariga kelib katta tarmoqlarda ham HTML da
yozilgan yuzlab statik saxifalar ishlatilar edi. xozir esa jarayon o’zgarib bormoqda.
WEB saxifalarini yaratuvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi WEB
saxifalarni yaratish imkoniga ega bo’lib, foydalanuvchilarni qayta ishlash
imkoniga ega bo’lgan WEB saxifalarni yaratmoqdalar.
Ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarga murojat qilish uchun ma’lumotlar
bazasidan foydalanish yanada aktuallashib, mobil telefonlar, raqamli televideniya
36
va hokazolar. Turli xil qurilmalarda ma’lumotlarni uzatishda sifatni o’sishiga
erishishmoqda.
Bu fikrlar asosida aytish mumkinki, kelgusida PHP tili yanada takomillashib
o’zining o’ta yuqori darajadagi dasturlash tili ekanligini namoyon qiladi.
PHP tilini o’rganishga kirishishdan avval uning konfiguratsiyasini sozlash
va o’rnatishni o’rganib olish lozim. PHP xar xil sistemalarda va ko’plab
serverlarda ishlashi mumkin.
Sistemalar, serverlar va ma’lumotlar bazalari. PHP turli xil sistemalarda
ishlay oladi. U sistema Windows, Unix ning ko’plab versiyalari, shuningdek Linux
va xatto Macintosh bo’lishi mumkin. PHP ko’plab tarmoq serverlarida, xususan
Apache, Microsoft Internet Information Server, Web Site Pro, Iplanet Web Server
va Microsoft Personal Web Server – larda ishlashi mumkin. Agar o’zimiz tuzgan
dasturlarimizni Windows tizimida tekshirishni xoxlasak oxirgi sanab o’tilgan
serverdan foydalanishimiz mumkin, xatto Apache serveri Windows sistemasi
boshqaruvida ishlasa ham.
PHP interpretatori yordamida dasturni aloxida mustaqil ko’rinishda
kompilyasiya qilish mumkin. U xolda dasturni mustaqil ishga tushirish mumkin.
PHP tilini yaratishda ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanish talablarini aloxida
e’tiborga olingan. Ko’plab ma’lumotlar bazalarini PHP da o’qish mumkin.
Masalan bularga Adabas D, InternetBase, Golid, dBase, mSQL, Sybase, Empress,
MySQL, Velosic, FilePro, Oracle, Unixdbm, Informix va xokazolarni keltirishimiz
mumkin. Shuningdek, PHP ODBC standartini ham o’qiy oladi. Ushbu qo’llanmada
esa biz Linux, Apahe va MySQL serverlar asosida fikr yuritamiz. Bu uchta
dasturlar majmualari keng foydalanish mumkin bo’lgan.
PHP ni kaerdan olish mumkin. PHP4 ni
http://www.php.net
tarmog’idan
olish mumkin. Buning uchun esa, aloxida kredit kartochka talab kilinmaydi.
PHP ni web-tarmog’i progromistlar uchun ajoyib manba xisoblanadi.
http://www.php.net/manual
adresida boshka progromistlarning izoxlari, fikrlash va
tankidiy fikrlari keltirilgan ma’lumotlarni va ko’llanmalarni olish mumkin. Bu
ko’llanmalarni turli xil formatlarda olish mumkin.
37
PHP dasturlash asoslari. Biz yuqorida PHP ni o’rnatish va o’rganish
bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni oldik. Endi esa, PHP da birinchi dasturimizni
yaratishga xarakat kilamiz. PHP da dastur tuzish uchun HTML dagi kabi WEB-
saxifa yaratishni bilishimiz lozim.
Ushbu dasturda esa, quyidagilarni o’rganishga xarakat kilamiz:
PHP-programmalarini yaratish, setverga nusxasini ko’chirish va ishga
tushirish
PHP komandalari va HTML matnini bitta xujjatga bog’lash
Dastur matnini tushintirish uchun izox keltirish
Birinchi dasturni yozamiz:
PHP-dasturni tuzish uchun ixtiyoriy matn redaktorini ishga tushiramiz. PHP
– dasturi HTML- xujjatlari kabi oddiy matndan tashkil topadi. Shuning uchun
dasturni ixtiyoriy matn redaktorida, agar unix bo’lsa, VI-yoki Emacs da ham
yozish mumkin. quyidagi dastur matnini kiritaylik va uni first.php deb saklaylik:
< ? php
print “hello web”;
?>
ushbu dastur kengaytmasi albatta .php bo’lishi shart. Agar dastur server emas,
balki klent kompyuterida tuzilgan bo’lsa, dastur faylini serverga kiritish uchun
FTP servisdan foydalanishga to’g’ri keladi. Agar dasturda xatoliklar mavjud
bo’lmasa, u xolda natijani brauzer oynasida ko’rish mumkin.
2.2.1-rasm. Dasturni bajarilish natijasi.
38
Agar dasturda yoki uning kengaytmasida xatolik mavjud bo’lsa, brauzer
oynasida dastur matnining o’zi namoyon bo’ladi.
|