tasvirlayotganlarida mayin hazil va muruvvatli tabassumdan butunlay yuz
o'girganlar.
Kulgilining badiiy shakllari orasida
masxara (satira) alohida o'ringa ega.
Umumestetik ma'noda mas'hara voqyelikni badiiy tasvirlash turi bo'lib, unda
hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish-bunday hodisalar asosida yuksak
insonning orzulariga zid ekanligini bo'rttirib ko'rsatish maqsadi yotadi. Masxara
san'ati har xil ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham,
drama ham yot emas. Shuning bilan birga ifoda kuchining o'ziga xos maqsadlari va
vositalari bilan farqlanadigan san'atning o'ziga xos alohida turini tashkil qiladi.
Masxara markazida doim hayotning salbiy voqyea-hodisalari joylashgan
bo'lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun
komediya san'atiga xos tanqidiylik yo'nalganlik masxarada eng to'la va eng aniq
ifoda topadi. Masxaraga asosan kulgi fosh qiladi, lekin u bu yerda qahr-g'azabdan
ajralmagan holda namoyon bo'ladi.
Masxara eng hajmli komediya turlaridandir. Atoqli san'atkorlar Petroniy,
Yuvenal, Svift, Gogol, Saltыkov-Щyedrin, Mixail Bulgakov va boshqalarning
asarlarida mas'hara umumbashariy muammolarni ko'tarish darajasiga chiqadi va bu
tomondan fojia bilan yaqinlashadi. O'z maqsadiga erishish yo'lida u voqyelikni
anglashning barcha estetik shakllaridan foydalandi va birinchi navbatda,
kulgilining barcha tuslari-zardali hazil tuyg'usi, achchiq kinoya, nozik hazil tuygusi
kabilan ishga solinadi. Masxara yengillik, o'tkir fikrlilik va hazildan istisno
bo'lmay, ular bilan qo'shilib ketgan holda fosh qilish burchini og'ishmay amalga
oshiraveradi.
Masxara badiiy umumlashtirishning alohida turi sifatida mumkin qadar keng
mushohadalarga etiladi. Shu boisdan masxara obyekti bo'lgan kimsalar gohida yirik
ramziy umumlashmalar darajasiga ko'tariladi. Bekorga biz gap orasida Tartyuf, Qori
Ishkamba, Xlestakov, Iudushkalar nomini qistirib o'tmaymiz, chunki bu hollarda
ustida gap borayotgan odamning ularga o'xshagan xislatlari borligiga ishora qilib,
uzoq vaqt ijtimoiy hayotda o'z mavqyeini saqlashga qodir bo'lgan tabaqalar
qiyofalarini masxaraomuz umumlashtirishga uringan bo'lamiz.
Masxara mazmunining xususiyati uning
mubolag'a (giperbola) va