Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
 
Go'zallik - nafosatshunoslikning asosiy tushunchasi. Zero, go'zallik - nafosat 
olamining mag'zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo'lsa 
kerak, estetika, nafosatshunoslik, go'zallik falsafasi tarzida ham talqin etib kelinadi. 
Go'zallik muammosiga murojaat etgan barcha mutafakkirlar go'zallik haqida 
fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala ekanligini 
doimo ta'kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go'zallik tushunchasining 
o'zaro hyech bir umumiyligi bo'lmagan turli-tuman hodisalarning keng doirasiga 
taalluqliligi bilan bog'liqdir. 
Go'zal bo'lgan, ya'ni bizda ijobiy tuyg'u qo'zg'atgan narsani ko'rsatib berish 
nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go'zal ekanligini tushuntirib 
berish ancha mushkul. Xuddi shu tarzda go'zallik muammosiga falsafiy yondoshish 
tarixan shakllangan. 
Go'zallik bu voqyelik (tabiat, jamiyat, san'at) hodisasi bo'lib, aniq hissiy 
ta'sir o'tkazish orqali insonda jismoniy va ma'naviy kuchlar oqimining 
ko'payishiga, shodlik, zavqlanish, to'la ma'naviy qoniqish holati vujudga kelishiga 
imkon yaratadi. Go'zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti 
uchun xizmat qilishga mo'ljallangan bo'ladi. Va nihoyat, go'zallik, Shillerning 
o'rinli iborasi bilan aytganda, inson ozodligining ramzi sifatida ifoda topadi. 
Mustaqil Respublikamizda erkin ma'naviyatli shaxs tarbiyasi muhim vazifaga 
aylangan tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi. Go'zallik cheksiz xilma-
xillikka ega bo'ladi. Tabiatdagi go'zallik ijtimoiy hayot go'zalligidan, foydali 
amaliy faoliyatidagi go'zallik badiiy ijoddagi go'zallikdan farq qiladi. Lekin 
go'zallik qanchalik o'zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi 


qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo'lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli 
ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go'zallik tushunchasi orqali talqin 
etish imkoniyati mavjud. 
Inson hamma yerda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan 
to'qnashar ekan, u albatta tabiatning go'zalligidan zavq-shavq oladi, ongli yoki 
anglamagan holda sevinadi, ma'naviy boylik orttiradi. Ijtimoiy orzuga muvofiq 
kelish tabiatda insondagi go'zallikdan zaifroq ko'rinadi, ammo bu yerd a ham o'sha 
qonuniyat amal qiladi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh 
ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go'zallik sifatida baholaydi. 
Hamma vaqt tabiatga nafosatli munosabat va tabiatni nafosatli o'zlashtirish uni 
«insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini 
tadbiq etish bilan bog'lanib ketgan. Shu munosabat bilan bu yerda atoqli 
yozuvchilarni tabiat manzaralari tasvirini rango-rang bo'yoqlarda inson qiyofasi, 
orzu-umidlari, intilishlari bilan uzviy-badiiy bog'lab ifodalashlarini eslatib o'tish 
o'rinlidir. (Oybekning «Navoiy» romani boshlanishi, A.Qodiriyning «O'tgan 
kunlar» romanidagi Otabekning Marg'ilonga borib kelishi badiiy tasviri shular 
jumlasidandir). 
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo'lish tuyg'usi birdaniga paydo 
bo'lmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari 
shakllanib borgan, ibtidoiy san'at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat 
hodisalarining go'zal yoki hunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi-musavvir 
o'z diqqat e'tiborini asosan tirikchilik manbai bo'lgan narsalar, voqyea hodisalarga 
qaratgan edi. (Amon-qo'tan, Panjakent va boshqa qoya rasmlarni eslang). O'sha 
paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo'lgan ovchilik o'rniga u yoki u bilan 
yonma-yon dehqonchilikning paydo bo'lishi bilan, ya'ni inson atrofidagi tabiatni 
o'zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan 
baholanadi, o'lchanadi, inson uchun tabiatning go'zallik va xunuk tomonlari ayon 
bo'la boshlaydi. Inson kuch-qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi 
tabiatni estetik o'zlashtirishning dastlabki bosqichini belgilab berdi. Birinchi 
paytlarda u o'zida go'zallik va foydalilik tomonlarinig teng-barobar bo'lishini o'zida 
ifodaladi. Odamlar qurg'oqchilikka qarshi mashaqqatli kurash olib borgan 
davrlarda yer yuzida suv bilan bog'liq bo'lgan hamma narsa go'zallik kasb etadi. Yil 
davomida ko'pchilik kunlar yog'ingarchilik bilan o'tgan yerlarda quyosh eng go'zal 
hodisa sifatida qabul qilindi. Tabiatdagi go'zallikka manfaat nuqtai nazaridan 
yondoshish, odamlarning hozirgi kunda ham asalari va oddiy arilarga berayotgan 
bahosidan qarama-qarshi his-tuyg'ularga ko'rinadi. Bir vaqtning o'zida ular ikkalasi 
ham jon og'ritib chiqishlariga qaramay, odamlar uchun asalarida go'zallik, oddiy 
arilar hunuklik tasavvurlari bilan bog'langandir. 


Go'zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etish tushunarli, 
albatta. Lekin bunday qarash go'zallikning ko'rinishlaridan faqat bittasini o'z ichiga 
oladi. Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo'lgan 
ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo'lib qoldi. Shu narsa aniq -ravshan bo'lib 
bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda 
bo'lish butunlay istiqbolsizdir. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni himoya qilib, 
undan oqil tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada 
chuqur kirib borib, o'ziga uning yangidan-yangi mo'jizalarini ochmoqda, undan 
ta'lim-saboqlari olmoqda. Insoniyat tabiat ustidan qozongan g'alabalarini 
mutlaqlashtirib maqtanish tobora tabiat bilan birga o'zaro aloqadorlikda, ittifoqda 
bo'lish tomon intilmoqda. Bu holatni Chingiz Aytmatov o'zining mashhur «Kunda» 
romanida juda ishonchli tarzda badiiy bo'yoqlarda ifodalay olganlar. 
San'atdagi go'zallik esa, hayotdagi go'zallik in'ikosi bo'lib, uning bitmas -
tuganmas manbai-voqyelikdir. Go'zallik yaratuvchi ijodkorlardan biri aytaganidek
ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay olmagan 
go'zallikni hamma yerda ko'ra bilish qobiliyatiga egadir. 
Tabiatga, insonga, insoniy munosabatlarga ko'pincha biz san'atning buyuk 
ijodkorlari ko'zi bilan qarashga o'rganib qolganmiz. Bizni hayratga soladigan, ajoyib 
tabiat hodisalari bilan to'qnashganimizda beixtiyor: «qanday go'zal, xuddi Van 
Gogdagidek, Levitandagidek, Rembrantdagidek, Goyyadagidek va h.» deb xitob 
qilamiz. Bunday hayratli holatga kelish tasodifiy emas, chunki Van Gog, Levitan, 
Rembrant, Goyya va b. o'zlari yashab in'ikos etgan tabiatni, uning bag'ridagi 
odamlar 
va 
hayvonalrni 
umumlashtirilgan, 
ramziy 
shakllardagi 
obyektiv 
go'zalliklarini ochib namoyish qilganlar va ularni idrok etish bilan bog'liq 
ko'pchilikka xos kechinmalarni ifoda etganlar. 
San'atdagi go'zallik ko'p qirrali, ko'p o'lchovli tomonlarga ega bo'lib, ular 
orasida estetik orzu belgilovchi ahamiyat kasb etadi. San'at go'zal va hunuk 
hodisalarni aks ettirishi mumkin. Lekin uning o'zi hamma vaqt ham go'zaldir, 
chunki u o'z tarkibiga ajralmas qism sifatida estetik orzu, ya'ni go'zallikning 
zaruriy hossasini singdirgan tasavvurni anglatadi. 
San'at 
o'zining 
barcha 
taraqqiyot 
bosqichlarida 
estetik 
orzu 
o'zgaruvchanligini, uning ijtimoiy va milliy jihatlaridan bog'liqligini nozik va 
sezgir ifodalab bergan. San'atda qaror topgan estetik orzuning asosiy mazmunini 
inson go'zalligi haqidagi turli davr odamlari, millatlar, ijtimoiy guruhlar 
tushunchalari bo'yicha uni qanday qiyofada ko'rish istaklari mavjudligi to'g'risidagi 
tasavvurlar tashkil etadi. 
Ko'p asrlar davomida san'at estetik orzuni ro'yobga chiqarishning ikki asosiy 
yo'nalishini ishlab chiqqan. Uning birinchisi–estetik orzuni ijobiy qahramon 


timsolini yaratish orqali ro'yobga chiqarish yo'li yo'li tashkil etadi. Ijobiy 
qahramon-ijodkor estetik orzusining, u orqali jamiyatning namoyandasidir. 
Ilg'or orzularni ularga qarama-qarshi hayot hodisalarini tasvirlash orqali qaror 
toptirishning ikkinchi yo'li birinchisidan kam bo'lmagansamarali va estetik 
ahamiyatlidir. Buyuk so'z ustalaridan biri san'at orzu |ideal|dagi odamlarni emas, 
balki ijodkorning o'zida orzu bo'lishini taqozo etadi, deb haq gapni aytgan edi. 
Shunday orzu bo'lgan taqdirda eng mudhish, hunuk, pastkash hayot hodisalarni 
tasvirlash ham san'at asarlarining ijobiy estetik qiymatini tushurib yubormaydi. 
San'atda ilg'or estetik orzuning bo'lishi san'at go'zalligi bilan bog'liq zaruriy, 
lekin yagona bo'lmagan omildir. San'at go'zalligi uning haqqoniyligidan 
ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy haqiqat siz san'atda go'zallik bo'lishi 
mumkin emas. Haqiqat va go'zallik birligi san'at taraqqiyotining qonuniyatlaridan 
biridir. Mazkur qoidani nozik fahmlash, ifoda qilar ekan, Shekspir o'zining 
sonetlarida biri: «Go'zallik qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon 
go'zallik kashf etadi», — deb yozgan edi. Go'zallikni hayot haqiqatidan ajratib 
tashlashga har qanday urinish san'atga halokatli ta'sir qilib, uning faol, 
o'zgaruvchan ahamiyatini pasaytiradi. 
San'atdagi go'zallikni haqli ravishda shaklli va mazmuniy birligi bilan 
bog'lab mushohada etadilar. Kamolotga, go'zallikka intilish ko'p jihatlardan eng 
muvofiq shaklini izlab topish bilan bog'liq bo'lib, bu shakl yaratilmish narsaning 
mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. Go'zallik qonunlari bo'yicha yaratish 
mutanosib shakl izlab topishni o'z ichiga oladi. 
Shaklning mazmunga mos kelishi san'atdagi go'zallikning mezoni ekanligi 
haqidagi qoidaga ba'zi bir aniqliklar kiritishimiz bu yerda o'rinlilir. Masala qanday 
mazmun haqida gap borayotganligidadir. Yolg'on, zararli, g'oyaviy buzuq mazmun 
o'ziga yarasha ifoda topadi, lekin buning natijasida san'at asari go'zalligining 
mezonlaridan biri biri sifatida qarash mumkin bo'ladiki, agar gap ijtimoiy 
ahamiyatli, g'oyaviy, ilg'or, hayot haqiqatiga ega mazmun haqida borsa hamda 
unga muvofiq, barkamol shaklda bu mazmun ifodalansa. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish