Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

nazariyalar bo'lib, ular nafosatli ongning g'oyaviy sohasini tashkil etadi va ular 
tabiat, hayot, san'at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g'oyalar tizimini 
anglatadi. 
Mafkura sohasiga xos bo'lgan barcha belgilar nafosatli qarashlarga ham 
taalluqlidir. Mafkuraning barcha turlari kabi nafosatli qarashlar ham tartibga 
tushgan, dafa'tan, o'zidan-o'zi vujudga kelmagan, balki jamiyatning ilg'or 
namoyondalari amalga oshirayotgan ongli faoliyatlari natijasida ishlab chiqilgandir. 
Nafosatli mafkurachilar voqyelikning nafosatli tomonlarini, eng odatdagi nafosatli 
his-tuyg'u, did, odamlar kayfiyatlarini umumlashtirib, g'oyalar va tushunchalar 
tizimi orqali ifodalash qobiliyatiga ega bo'lgan kishilardir. 


Nafosatli qarashlar, nafosatli his-tuyg'ular va didlardan keyingi o'rinda turib, 
ular voqyelikning nafosatli tomonalrini his-tuyg'u yordamida idrok etish, ularni 
tushunchali anglashdan oldin sodir bo'ladi. Nafosat, olijanoblik, fojiali, kulgili, 
san'atning mohiyati va burchi masalalarini qamrab olgan nafosatli qarashlar va 
nazariyalar nafosatli ongning barcha qismlariga ta'sir o'tkazadi. Nafosatli his-
tuyg'ular, didlar, ayniqsa, orzular xususiyati ko'p jihatdan nafosatli va nazariyalarga 
bog'liq bo'ladi. 
Nafosatli qarashlar va nazariyalar u yoki bu nafosatli hodislarga taalluqli 
g'oyalar va tushunchalar, ta'limotlar ko'rinishda namoyon bo'ladi. Nafosatli 
nazariyasi estetik obyekti butunlayicha qamrab oladigan tamoyilar qarashlar, 
tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidir. Nafosat nazariyasi mantiqqa, 
tamoyil-tizimlarga, dalil-isbotlarga, falsafiy uslubiyotga asoslanadi. 
Nafosatli asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson 
faoliyatining ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi. 
Talab-etiyoj murakkab, ko'p qirrali hodisa. Inson talab-ehtiyojlarining kelib 
chiqish va shakllanishi sabablari ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog'liqdir. Ijtimoiy 
taraqqiyot bilan inson talab-ehtiyojlari o'rtasidagi aloqadorlik kechadigan jarayon 
bo'lib u yerda ijtimoiy taraqqiyot talab-ehtiyojsiz bo'lmasligi, lekin xuddi shu 
taraqqiyot tufayli talab-ehtiyojlar vujudga kelganligini nazarda tutish lozim. 
Ruhshunos olimlar nafosatli ehtiyojlarni inson talab-extiyojlarining eng 
oliysi sifatida ta'riflab berganlar. Chunki nafosatli extiyojlarida barcha moddiy va 
ma'naviy ehtiyojlar jamlangandir. Bu dunyoda mavjudotlarning eng aqllisi inson 
ekan, go'zalliklarni chuqur anglash ham insonga xosdir. Shu bois inson hamisha 
go'zallikka tashna bo'lib yashaydi. Nafosatli ehtiyoj mohiyati ana shular bilan 
izohlanadi. 
Nafosatli extiyojga har tomonlama, keng nuqtai nazardan yondoshish uning 
tor ma'noda talqin etilishiga monelik qilmaydi. Tor ma'nodagi nafosatli extiyoj, u 
voqyelik barcha boyliklarini nafosatli idrok etish va boholash extiyojida, inson o'z 
faoliyatining barcha sohalarini takomillashtirishga intilishida aks etadi. Nafosatli 
ehtiyoj boshqa barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga ta'sir o'tkazib turadi. 
Rivojlangan estetik ehtiyoj hyech vaqt tayyor estetik qadriyatlarni faqat iste'mol 
qilish bilan cheklanib qolmay, yangiliklarini yaratish, ijod qilishga rag'batni vujudga 
keltiradi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish