eta bilish, fojeali to'qnashuvlarni ko'pligi nomutanosib liklardan farqlay olish
qobiliyati orqali namoyon bo'ladi.
Nafosatli did odamlarning dunyoqarashi, ayniqsa, nafosatli qarashlari orqali
yorqinroq ko'rinadi. Lekin nafosatli qarashlar va bilimlar hamma vaqt ham
nafosatli didni ifodalamaydi. Ba'zan nafosatli qarashlar va nafosatli bilimlar
zahiralariga ega bo'la turib, yomon yoki rivojlanmagan nafosatli did egasi bo'lib
qolish mumkin. Bilimlar va qarashlar didda ifodalanish uchun ular shaxs ichki
dunyosiga, idrok qilish jarayoniga singib ketishi, tug'rirog'i,
shaxsning mustahkam
e'tiqodiga aylanib ketishi lozim.
Nafosatli did bilan
nafosatli baholash o'rtasida juz'iy va umumiy tmonlar
mavjud. Nafosatli baholash did fikr-mulohazalari, didning aynan o'zi emas, balki
uning og'zaki ifodasidir. Did fikr-mulohazalarida aqliy tomon ko'proq o'rin
egallaydi.
U
doimo baholayotgan narsaning, voqyea-hojdisaning anglab
o'zlashtirilishi bilan bog'liq bo'lib, boshqalarga mo'ljalangan holda dalillarning
mantiqiy isbotlanishini taqozo etadi.
Did fikr-mulohazalari ko'p jihatdan «rivojlangan did»
tushunchasiga mos
keladi. «Rivojlangan did» fikr-mulohazalari «yoqadi-yoqmaydi» darajasi bilan
chegaralanib qolmasdan, «nima uchun yoqadi?», «Nima uchun yoqmaydi?» degan
savolga javobni qamrab oladi.
Shaxs hammaga manzur didga ega bo'lishi mumkin: u nafisni xunukdan to'g'ri
ajratib olish qobiliyatiga ega bo'lib, fojiali hodisaga hamdarlik qilish, kulgili narsa
ustidan kulishi mumkin. Bunday odamlar o'zining didi, baholashi, afzal, yaxshi
fazilatlarini isbotlash qobiliyatining ustunligi, ya'ni «rivojlangan estetik did» ga
egaligi bilan boshqalardan farqlanadilar.
Rivojlamagan did egalari odatdan tashqari,
kutilmagan, qolishga tushmagan
narsalarga nisbatan o'ta ishonchsizlik, shubha, xavfsirash ko'zi bilan qaraydilar.
Rivojlanmagan didni voqyelikka nafosatli munosabat ruhida tarbiyalash vositasida
rivojlantirish mumkin. Zero nafosat tarbisining vazifalaridan biri odamlarda
rivojlangan nafosatli didni shakllantirishdir. Chunki rivojlanmagan nafosatli did
salbiy ta'sirlarga tez beriladi, va natijada ijtimoiy hayotga zarar keltiradi.
Nafosatli ong bilan badiiy ongni tenglashtirib bo'lmaganidek, nafosatli did
bilan
badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas.
Ular bir–biri bilan bog'liq, ayni paytda idrok etish obyektlarning xilma-
xilligi, ehtiyojlarning mazmunan turlichaligi bilan farqlanadilar.
Nafosatli did va badiiy did uning nisbiy mustaqil
ekanini nazarda tutish,
lekin ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'ymaslik lozim. Zero, badiiy did hamma
vaqt nafosatli asoslanadi, undan kelib chiqadi. Shu ma'noda nafosatli badiiy
hodisalarni idrok qilish va baholash vositasi, deyish ham mumkin. Binobarin,
san'at paydo bo'lgandan beri nafosatli did badiiy didni rivojlantirishning qudratli
vositasi bo'lib kelmoqda. Rivojlangan, nozik, xilma-xil nafosatli va badiiy didni
shakllantirish–odamlarni go'zalliklar
olamiga olib kirish, ya'ni shaxsni ma'naviy
boyitish, uni har tomonlama rivojlantirish demakdir.
Nafosatli ong tarkibida nafosatli did bilan birga
estetik orzu (ideal), ham
mavjud bo'ladi. Nafosatli orzu tushunchasining ma'nosini yaxshiroq anglash uchun
avvalo orzu tushunchasining chegaralari va asl mazmuni xususida so'zlash joizdir.
Orzu-ongning tarkibiy qismi. Ongning boshqa qismlari kabi orzu ham voqyelikni
in'ikos etish shaklidir. Orzu o'z xususiyatlariga ega bo'lib, ular shundan iboratki bu
tushuncha faqat mavjud narsalarni in'ikos etish bilan cheklanib qolmay, balki yana
nimalar bo'lishi kerak va bo'lishi mumkin ekanligini ham ifodalaydi. Orzu voqyelik
bag'rida yotgan imkoniyatlarning ma'naviy-ruhiy in'ikosi bo'lib, u voqyelik
taraqqiyotining moyilliklarini o'zida ifoda etadi. Orzuni voqyelik imkoniyatlari
tarzida in'ikosi etish u yoki orzuning haqiqiy soxta
ekanligini bilishga yordam
beradi. Ijtimoiy taraqqiyot o'zida aniq ifodalangan taraqqiyotparvar orzu
haqiqiydir, aksincha taraqqiyotni to'xtatishga, buzishga qaratilgan orzu soxta va
zararlidir.
Rivojlangan nafosatli orzu nafosatli his-tuyg'ularga, ularning mazmuniga,
fikr-mulohaza, did, baho mezonlariga o'z ta'sirini o'tkazadi. Lekin u ko'proq san'at
sohasiga taalluqlidir. Shu ma'noda san'at nafosatli mavqyeida bo'lib, voqyelikning
in'ikos etish shaklini oladi. San'at nafosatli orzudan tashqarida bo'lishi mumkin
emas va unda nafosatli orzuning u yoki bu belgilari bevosita tasvirrlanayotgan
xolatlarda ham, munosabatlar badiiy ifodalanayotgan paytlarda ham, unga qarama-
qarshi hodisalar tasvirlanayotgan paytlarda ham o'z o'rnini egallaydi.
Nafosatli orzu nafosatli ong tarkibida muhim o'rin tutib,
u nafosatli ongning
hissiy va aqliy tomonlarini, uning ijtimoiy-ruhiy qatlamalarini o'zida namoyon
qiladi. Nafosatli orzuda nafosatli ong ijtimoiy ongning boshqa shakllari, jumladan,
siyosiy va ahloqiy ong shakllari bilan bevosita chirmashib ketadi.
Nafosatli ongning yana bir tarkibiy qismi
nafosatli qarashlar va