|
Samarqand – 2015Bog'liq estetika a. i. safarov azimov sh
Munosabat falsafiy tushuncha ma'nosida o'zaro harakat va o'zaro ta'sir
demakdir. Lekin ijtimoiy hayot jabhasida namoyon bo'ladigan har qanday o'zaro
harakat, o'zaro ta'sir munosabatni anglatavermaydi. Insoniy munosabat–subyekt va
obyekt o'rtasidagi o'zaro harakat bo'lib, u yo'nalganlik mlhiyatga ega bo'ladi. Shu
ma'noda voqyelikka nafosatli munosabat subyekt bilan obyekt o'rtasidagi o'zaro
harakatning va o'zaro ta'sirining maxsus turidir.
Nafosatli obyekt nima? Aslini olganda, nafosatli bo'lmagan narsalarning
o'zi yo'q. Muayyan shart-sharoitda har qanday narsa, voqyea–xodisa nafosatli
tabiatga ega bo'lib, nafosatli munosabat va nafosatli baho obyektiga aylanib qolishi
mumkin. Lekin ular ma'lum talabalarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq
his-tuyg'u, sezgi–idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo'lishi; ikkinchidan, u yoki
bu voqyea–xodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat
kasb etishi kerak. Shundagina muayyan voqyea–hodisa nafosatli munosabat
obyektiga aylanadi, ya'ni u o'z qadrini topadi. U yoki bu voqyea-hodisa odamlarga
xizmat qilib, muayyan ijtimoiy burchni ado etish tushunchasini topish qadriyat
atamasi bilan izohlaymiz. Baholash esa voqyea-xodisalarning qadrini yoki ijtimoiy
ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqyelikka nafosatli
munosabati aslida voqyealikka baho berishning alohida turi, voqyea-xodisalarni
nafosatli qadrlash usulidir.
Borliqdagi voqyea–hodisalarning birligi va xilma-hilligi, muvofiqligi,
hamoxangligi kabi tub xossalari nafosatli obyekt asosidir. Voqyea-hodisalar,
narsalar faqat insoniy manfaatlar doiraiga kirib olgandan keyingina o'zining
nafosatli ahamiyatiga ega bo'ladi.
Nafosatli obyektning zarur tomoni, nafosatli munosabat subyektidir.
Nafosatli subyekt–o'z tarkibida jamiyatning zarur bo'laklarini biriktirgan, turli
sohalarda moddiy-ma'naviy faol ish olib boradigan ijtimoiy guruhlar hamda ayrim
shaxslardan iboratjuda murakkab ijtimoiy hosiladir.
|
| |