• MAVZU: OZBEKISTONDA ESTETIK QARAShLAR RIVOJLANIShI TARIXIDAN REJA
  • Tayanch iboralar
  • Eronzamin va Turonzamin
  • Samarqand – 2015




    Download 1,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/57
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #143422
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
    Bog'liq
    estetika a. i. safarov azimov sh

     
     
     
     
     
    АРАСТУ (эр.авв. 384-322 йй.) 
    ФОРОБИЙ (870-950 йй.) 
    А.НАВОИЙ 
    (1441-1501 йй.) 
    БОБУР
    (1483-1530 йй.) 
    Ф.ГЕГЕЛЬ 
    (1770-1831 йй.) 
    А.БАУМГАРТЕН
    (1714-1767 йй.) 
    ЛАЙБНИЦ
    (1646-1716 йй.) 


    MAVZU: O'ZBEKISTONDA ESTETIK QARAShLAR RIVOJLANIShI 
    TARIXIDAN
    REJA: 
    1. Uyg'onish davri estetikasi (Farobiy, Ibn Sino, Beruniy). Tasavvuf estetikasi 
    (G'azzoliy, Rumiy). 
    2. Temuriylar davri estetikasi (Jomiy, Navoiy, Bobur). 
    3. Turkiston ma'rifatchi – jadidlarining estetik qarashlari (Furqat, Behbudiy, 
    Hamza, Ayniy, Fitrat, Cho'lpon). Jadid teatrining vujudga kelishi. 
    Tayanch iboralar: go'zallik, she'r san'ati, she'riy nutq, tasavvuf, tazkira, 
    temuriylar davri, xamsa,miniatyura, me'morchilik, ma'rifatparvarlik, jadidlar 
    harakati, matbuot, teatr, milliy tarbiya, milliy mafkura . 
    Sharq xalqlari taraqqiyoti tarixida qadimgi Eronzamin va Turonzamin aholisi 
    yaratgan madaniyat katta o'rin tutadi. Eronliklar va Turonliklar o'rtasidagi aloqalar 
    ko'pincha tinchlik-totuvlikka asoslangan emas. To'maris, Shiroq haqidagi qadimgi 
    voqyelikka asoslangan afsonalar, keyinchalik Firdavsiy «Shohnoma»sidan o'rin 
    olgan buyuk turk xoqoni Alp Er To'nga-Afrosiyobning Siyovush, Kaykovus, 
    Kayxusrav bilan bo'lgan munosabatlari buning dalilidir. Ayni paytda, bu qadimgi 
    ikki mintaqa orasida madaniy, ma'rifiy aloqalar yo'lga qo'yilganligi shubhasizdir. 
    Hususan, mashhur zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning taqdiri bunga 
    misol bo'la oladi. Bundan 3 ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug'idan 
    dunyoga kelgan Zardusht dastlab o'z o'lkasida Axura Mazda dinini targ'ib etishda 
    ko'p qiyinchiliklarga duch kelgach, o'zga yurtlarga bosh olib ketadi. Sakastana 
    yurtida Kaviy Vishtaspa saroyida panoh va uzlat topadi. «Avesto» gotlarini Zardo'sht 
    badiha yo'li bilan omma orasida qo'shiq qilib aytgan. 
    Bu turkum she'rlar-«got»larda o'sha hayotiy lavhalar o'z aksini topgan. 
    «Got» so'zi aslida «goh» ya'ni «kuy», «qo'shiq» degan ma'noni anglatadi. Bu so'z 
    mumtoz musiqa merosimizda «Dugoh», Segoh», Chorgoh» kabi atamalar tarkibida 
    saqlanib qolgan. 
    Qadimgi «Avesto»dan bizgacha yetib kelgan qismlar »Yasna», «Vedevdat», 
    «Yasht», «Visparat» kitoblaridir. Zardo'sht ijod qilgan «Goh»lardan 17 tasi 
    «Yasna» kitobiga kirgan. Ayrim parchalar «Yasht»lar ichida ham uchraydi. Aynan 
    ana shu «Got»lar orasida qadimgi turonliklar va eronliklarda nafosatli 
    tasavvurlarning qanday shakllanganligini ko'rish mumkin. 
    Qadimgi turonliklar va eronliklarda ham atrof-muhitdagi go'zallikni anglab 
    yetish boshqa qadimiy madaniy xalqlardagi kabi insonning o'z-o'zini anglash va 
    o'zligini barqaror etish jarayonlarida ro'y berdi. Ma'lumki, qadimgi Sharqda 
    go'zallik axloqiy yuksaklik bilan mohiyatan bir tushuncha sifatida olib qaraladi. Bu 


    jihatdan «Avesto» ham istisno emas; undagi «go'zal», «chiroyli», «qoyilmaqom» 
    so'zlari «yaxshi», «ezgu», «beg'ubor» so'zlari bilan ma'nodosh tarzida keladi.; 
    «go'zal» degani «yaxshi», «odamga foydali» degan ma'noni anglatadi. «Avesto»da 
    odatda «go'zal» sifatlashi «adl», «bug'ubor», «qudratli», «qo'rqmas», «dovyurak», 
    «ezgu», zarur», singari ijobiy baxolar bilan yonma-yon keladi. Ma'lumki ko'pchilik 
    qadimgi xalqlarda nafosatli g'oyalarning ibtidosi «go'zallik va ezgulik»ning, 
    «go'zallik va zaruriylik»ning yaxlitligi bilan bog'lanadi. 
    «Got»lardagi go'zallik haqidagi tasavvur ilohiy nuqtai-nazardan adllikka, 
    me'zoniylikka, mutanosiblikka, ya'ni uyg'unlik tushunchasining ilk ibtidoiy 
    ko'rinishlariga borib taqaladi. Zardusht «Got»larda o'z ilohi Ahura Mazdani 
    sharaflagani va bu sharaflash «mezonsiz emas, balki mezoniy so'zlar bilan» amalga 
    oshuvini alohida ta'kidlaydi. 
    So'zni muqaddaslashtirish avvalo, «Got»lar shaklida badiiylashgan so'zni 
    e'tiqod ramzi sifatida talqin etish qadimgi Eron va Turon xalqlari madaniyatida, 
    ma'naviyatida muhim rol o'ynay boshlaydi. 
    Anahitaning so'zlar vositasidagi bu tasviri shu qadar muayyanlashtirilganki, 
    uni jonli mavjudotga yoki xaykalga qarab so'z bilan chizilgan surat deyish 
    mumkin. Keyinchalik ana shu tasvirdagi bezaklarni, peshonagardishni Shimoliy 
    Baqtriyada, asosan Surxondaryo viloyati hududida topilgan xaykallarda va boshqa 
    qadimshunoslik topilmalarida ko'rish mumkin. Ayrtom, Dalvarzintepa, Fayoztepa, 
    Shahrinav, Balx singari hududlarda topilgan san'at namunalari xaykallar, me'moriy 
    qoldiqlar, shuningdek, persopoldagi Doro saroyi, Choshtepa, Oqtepa, Varaxsha, 
    Afrosiyob yodgorliklari, devoriy suratlar-bularning hammasi Turonzaminda va 
    Eronzaminda san'atning har-xil turlari rivojlanganidan dalolat beradi.O'rta asrlar 
    tarixida umumjahoniy dinlarning vujudga kelishi va mustahkamlanishi bilan 
    muhim o'rin egallaydi. Insoniyatning nisbatan afkor qismi bu davrda tavhidni 
    anglab yetdi. Natijada jahonning juda katta qismida - Osiyo, Ovrupa va Afrikada 
    uch din hukmronlik mavqyeini egalladi. Arabiston, Eron va To'ron mintaqalarida 
    musulmonlik, hindi-xitoy mintaqasida buddhachilik, Ovro'pada nasroniylik 
    umumjahoniy dinlar sifatida maydonga chiqdi. 
    Barcha umumjahoniy dinlar, san'at bilan aloqador. Shu sababli ba'zi bir 
    aqidaparastlarning islom dini san'at bilan sig'ishmaydi, degan gaplari butunlay 
    noto'g'ri. Zero, Qur'oni karimning o'zi har jihatdan mutlaq ilohiy san'atdir. Undagi 
    ohang, qofiyalar, uslub, qissalar hammasi mo'minlar qalbida Ollohning buyuk
    qudratli va go'zal zot ekaniga ishonch tuyg'usini, Uning go'zalligidan hayratlanish 
    hissini uyg'otadi. Chunonchi, «Yusuf» surasidagi Yusuf alayhissalom qissasi badiiy 
    asar sifatida ham kishini tong qoldiradi. Suraning 3-oyatida Olloh shunday 
    marhamat qiladi: «(Ey Muhammad) Biz Sizga ushbu qur'on surasini vahiy qilish 
    bilan qissalarning eng go'zalini so'ylab berurmiz». Taniqli islomshunos, qur'onga 


    sovuq tadqiqotchi nigohi bilan emas, balki ulkan hayajon va ehtirom ila murojaat 
    qilib, uni bosh harflar bilan yoziladigan «Kitob» deb atagan Mixail Piotrovskiy 
    Yusuf qissasi haqida so'z yuritar ekan, uni bir umumiy ohangga ega, deyarli bir 
    qofiyadagi yaxlit badiiy asar deb ta'riflaydi; uning boshqa qur'oniy hikoyatlardan 
    farqli o'laroq, tinglovchilarga shakliy-badiiy jihatdan ham lazzat baxsh etishga 
    mo'ljallanganini ta'kidlaydi. Darhaqiqat, qur'oni Karimdagi Yusuf qissasi 
    Ollohning o'zi tomonidan so'ylangan ilk islomiy diniy-badiiy asardir, islomiy 
    san'atning ilk va go'zal namunasidir. Demak, san'atning, xususan, so'z san'atining 
    ibtidosi Ollohdandir. 
    Qadimgi dunyo mumtoz nafosatshunosligi yo'nalishlari va g'oyalarini o'rta 
    asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlari davom ettirdilar. Ular Qadimgi Yunon 
    faylasuflar va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o'rgandilar, tarjima qildilar. 
    Arastuni esa ular «Birinchi muallim» deb atadilar. Shu o'rinda tabiiy savol 
    tug'iladi: nima uchun ajdodlarimiz o'zimizning sharqqa, deylik, qadimgi hayotga 
    emas, Ovro'poga-yunonlarga murojaat qildilar? 
    Buning asosiy sababi shundaki, musulmonchilik talablariga qadimgi Yunon 
    falsafasi ma'lum darajada javob berar edi. Ma'lumki, musulmonchilikning asosi 
    tavhidda-yakkaxudolikda. Olloh yagona, uning sherigi yo'q va bo'lishi mumkin 
    emas. qadimgi Yunon mutafakkirlari esa ana shu yo'ldan bordilar. Birinchi bo'lib 
    bu masalani Suqrot o'rtaga tashladi. U o'limga mahkum etilganda unga yunonlar 
    ma'budlarini hurmat qilmaganligi, yoshlarni yo'ldan ozdirganligi (aslida tavhid 
    yo'liga boshlaganligi) ayb qilib qo'yiladi. Suqrotning o'limi oldidagi sunggi so'zlari 
    ham shuni tasdiqlab turadi, sikuta ichgach, «Men Uning (ularning emas-A. Sh.) 
    yoniga ketyapman», deydi u. Shuningdek, Aflotunning g'oyalar, olamiy ruh
    emanasiya haqidagi fikrlari ham to'g'ridan-to'g'ri yakkaxudolik masalasiga borib 
    taqaladi. Lekin, Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy jihatdan alohida 
    isbotlashni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ymaydilar, bunga urinmaydilar. Bu ishni 
    Arastu uddaladi. U o'zining mashhur «Metafizika» asarida Xudoning yakkaligi, 
    jismsiz, hyech narsa tomonidan harakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi 
    harakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy ta'riflab berdi. Uni «Oliy shakl» deb 
    atadi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi 
    hisoblanadi, u Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi Tafakkurdir. Aynan mana shuning 
    uchun ham Arastu hakim bizning Sharqda «birinchi muallim» nomini oldi, uning 
    izdoshlari o'zlarini ustozlariga taqlidan mashshoiyunlar (perepatetchilar) deb 
    atadilar. 
    O'rta asrlar Musulmon Sharqida Arastudan so'ng eng ulug' ustoz sifatida 

    Download 1,42 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




    Download 1,42 Mb.
    Pdf ko'rish