Abu Nasr Farobiy (873-950) mashhur bo'ldi. U Arastudan keyingi «ikkinchi
muallim» nomini oldi.
Farobiyning
qarashlarida
ezgulik
bilan
go'zallik
ma'lum
ma'noda
aynanlashtiriladi, biri ikkinchisidan yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi.
Shuning uchun uning asarlarida «go'zal hatti-harakatlar», «go'zal qilmishlar»
degan iboralarni uchratish mumkin. Go'zallikka yetishishni u falsafa tufayli ro'y
beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go'zalligi uning o'z borlig'ni to'la
namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog'liq. Alloma faylasuf insonda
ikki xil go'zallikni farqlaydi-ichki va tashqi. U ichki go'zallikni yuqori qo'yadi va
bu «boyning boyligini bezab, kambag'alning kambag'alligini yashiradigan»
go'zallikni «adab» deb ataydi. Bunday go'zallik yuksak axloqiy hatti-harakatlar va
insoniy komillikda o'zini namoyon etadi. Tashqi go'zallikka kelganda, faylasuf
tabiiy go'zallikni har qanday bezanish, yasanishlardan yuqori qo'yadi.
Farobiy sa'atning taqlidiylik hususiyatiga egaligini ta'kidlaydi. Ana shu
taqlidiylik idrok ejtuvchida hissiyot va tasavvur uyg'otadi. San'atkor o'z hayolot
kuchi, ijodiy qudrati bilan umumiy g'oyalarni yakka qiyofalarda in'ikos ettiradi. U
nutqni turlarini mantiqiy nuqtai nazardan tadqiq etar ekan, she'riy nutqni-mutloq
yolg'on, sofistik nutqni asosan yolg'on, hitobiy nutqni bir xilda ham yolg'on, ham
rost, dialektik nutqni asosan rost, isbotiy (apodiktik) nutqni mutlaq rost deydi.
She'riy nutqning mutloq yolg'on deb atalishi kishiga dastlab erish tuyuladi. Lekin
aslida Farobiy haq. Masalan, Oybekning mana bu ikki satrini olib ko'raylik:
Bir o'lkaki, tuprog'ida oltin gullaydi,
Bir o'lkaki qishlarida shivirlar bahor...
Oddiy mantiq nuqtai nazardan qarasak, haqiqatan ham Oybek yolg'on
gapiryapti: oltin- rangli metal, u hyech qachon o'simlikka o'xshab gullamaydi, bahor
esa odam emas, u- fasl, hyech qachon shivirlab gapirmaydi. Farobiy bu o'rinda san'at
asari oddiy mantiq ilmi qonun qoidalariga bo'ysunmaydigan o'ziga xos mantiqqa,
badiiy mantiqqa ega bo'lishini ta'kidlamoqda. Boshqa bir o'rinda, «Sher san'ati»
risolasida yuqoridagi fikrlarini davom ettirib, shunday deb yozadi: «... isbotda ilm,
tortishuvda ikkilanish, xitoboda ishontirish qancha ahamiyatli bo'lsa, she'riyatda ham
hayol va tasavvur shunchalik zarur bo'ladi».
Farobiy san'atkor qobiliyati tug'ma bo'lishini alohida ta'kidlaydi: «... shoirlar
chindan tug'ma qobiliyatli va she'r bitimga tayyor tabiatli kishilar bo'ladi...» Ayni
paytda faylasuf birgina iste'dod bilan yetuk shoir bo'lish mumkin emasligini ham
aytib o'tadi. Shu bois «shoirlarning she'r ijod qilish borasidagi ahvoli kamolatga
yetishgani va yetishmagani jihatidan turlicha bo'ladi».
Arastu izidan borib, muallimi soniy she'riyatni tasviriy san'at bilan
qiyoslaydi va har ikkala san'at turi ham mohiyatan bir xil asosga- taqlidga borib
taqalishini aytadi». Bu shundayki, — deb yozadi u, — «she'r san'atini bezaydigan
narsalar - so'z mulohazalar bo'lsa, rassomlar san'atini bezaydigan narsa bo'yoqlar
sanaladi. Bularning ikkovi o'rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri
va sezgilarida bor maqsadga- taqlid qilishga yo'nalgan bo'ladi».
Farobiy ko'p jildlik «Musiqa haqidagi katta kitob» asarida musiqiy bilimni
ijro san'ati bilan bog'liq bo'lgan musiqiy amaliyotga va musiqaning «sof o'zini»,
ijrochilikka bog'lanmagan holda o'rganadigan nazariyaga ajratadi. Kitobda ohang
tazimidagi uyg'unlik, zarb singari hodisalar tahlil etiladi. Shu munosabat bilan
nafosatshunos tovushlar bilan emas, balki tovushlar tasavvurini beruvchi
raqqoslarning musiqiy g'oyaga bo'ysungan ohangiy harakatini anglatuvchi ritmik
mimika- ohangiy harakat tushunchasini kiritadi. Shuningdek, kitobdan yaqin va
O'rta Sharqdan ma'lum bo'lgan musiqiy asboblar, ularni ijro etish yo'llari, usullari
haqida, umuman musiqa tarixi to'g'risida atroflicha ma'lumot olish mumkin.
Yana bir buyuk qomusiy olim, bobokalonimiz Ibn Sino (980-1037) Farobiy
qarashlarini davom ettirib, musiqadan olinadigan lazzat musiqiy uyg'unlikning
makonda yoyilishidan, pardalarning navbatma-navbat kelishidan deb biladi.
Musiqada gap tovushining o'zida emasligini, balki uni qanday chiqarish muhim
ekanini aytadi, ya'ni bizda yoqimli yoki yoqimsiz sezgini tovushning o'zi emas,
balki uni paydo qilish usuli uyg'otadi. Musiqaning kelib chiqishini na inson
nutqining boyligi bilan bog'laydi: xushomad qilayotganda ovoz pasayadi, mag'rur
so'zlayotganda qat'iy jaranglaydi va h. k. Musiqa inson kayfiyatiga taqliddir, deydi
Ibn Sino. Shuningdek, alloma go'zallik borasida ham Farobiy izidan boradi. Uning
fikriga ko'ra, jismoniy go'zallik bevosita qalb go'zalligi bilan belgilanadi. «Ishq
risolasi» olarida muxabbatning asosida go'zallik yotishini «aslida muxabbat
go'zallikni ma'qulashdir», degan fikr bilan ifodalaydi.
O'rta asrlar nafosatshunosligida Ibn Sinoning «She'r san'ati» asari o'ziga xos
o'rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu «Poetika»sini sharqlar ekan, o'ziga
xos yangiliklar kiritadi va she'rning keyinchalik mashhur bo'lib ketgan mana bu
qoidasini keltiradi: «She'r deb obrazli so'zlardan iborat bo'lgan ritmli, bir-biriga
muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir-biriga teng, vaznlari
qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir-biriga o'xshash satrlarga aytiladi». Uning
fikriga ko'ra, she'r taqlidiy fikr natijasi o'laroq uch xil yo'l bilan yuzaga keladi.
Birinchisi laqn- uyg'unlik, undan keyin kalom- so'z keladi (bunda albatta timsolli
obrazli so'z nazarda tutiladi). Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo'lning bir-birga
mos kelishi natijasida she'r paydo bo'ladi. Yo'qsa ko'ngildagidek she'r yaratish
mumkin emas.
Ibn Sino haqaqiy she'riyat bilan nazmiy tizmalarning farqi borasida fikr
yuritar ekan, fizika haqida asar yozgan Empedokl o'z kitobini vaznga solganini,
lekin Empedokl bilan Homer asarlari o'rtasida vazndan boshqa hyech qanday
umumiylik yo'q ekanini ta'kidlagan ustozi Arastu qarashlarini to'la quvvatlaydi:
«Empedoklning yozganlari, vaznning paydo bo'lishiga qaramay, tabiiy gaplardan
iborat bo'lib qolgan xolos. Homerning vaznli gaplari esa she'riy so'zlar tusini olgan.
Shuning uchun Empedoklning so'zlari hyech qachon she'r bo'lolmaydi», - deydi
alloma.
Shuningdek, Ibn Sino o'z risolasida, Yunon she'riyati bilan arab she'riyatini
solishtirib, she'riyatning vazifasi haqida fikr yuritadi va bu boradagi yunonlardagi
ba'zi ustunliklarga ishora qiladi. Uning aytishicha, yunonlar she'riyatda fe'l-atvorga
qarab taqlid ishlatishni ko'zlaganlar. Arablar esa, ikki vajdan she'r yozganlar. Bir
tomondan, ular she'r orqali odamlar ruhiga ta'sir etmoqchi bo'lganlar. Zero she'r
idrok etuvchida hayajonli hissiyot, to'lqinlanish uyg'otishi shubhasizdir. She'r
yozishning ikkinchi sababi - odamlarning taajubga solish bo'lgan. Arablar har bir
narsaga tashbeh ishlataverganlar, ular bu tashbehlari bilan odamlarni hayratga
solishni maqsab qilib qo'yganlar. Yunonlar esa she'r vositasida odamlar fe'l-
atvoriga ta'sir etishni, yo bo'lmasa, she'r orqali odamlarni o'zlari ko'zlagan hatti-
harakatlaridan tiymoqchi bo'lganlar.
Bunday nazariy fikrlarni Ibn Sino, eng avalo, o'z amaliyoti orqali
tasdiqlaydi. Allomaning «Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon», «Yusuf qissasi»,
«qush risolasi» singari nasrda yozilgan falsafiy–badiiy va majoziy asarlari bilan
birga, bizgacha yetib kelgan she'riy asarlari ham katta ahamiyatga molik. Lekin
alloma o'zining o'ngga yaqin nazmda tizilgan ilmiy urjuza dostonlarini she'riy asar
deb bilgan emas.
O'rta
asrlar
musulmon
Sharq nafosatshunosligida mashmoiyyo'nlik
yo'nalishi bilan birga tasavvufiy yo'nalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vasili
tasavvuf falsafasi asoschisi tengi kam ilohiyotchi Imom G'azzoliy (1058-1111) dir.
Uning «Ihyon ulum ad din» («Din haqidagi ilmlarning tirilishi») asarida
nafosatshunoslikka keng o'rin berilgan.
G'azzoliy nafosat borasidagi qarashlarida o'simlik, hayvon hamda insonning
tashqi muhitga munosabatiga, ulardagi nafis did, nafosat hissining bor yo'qligi
muammolariga, shaxsning go'zallikka munosabati, uning komil insonga aylanishi,
nisbiy va mutloq go'zallik, ibodat bilan san'atning farqi singari masalalarga
to'xtalib o'tadi.
G'azzoliy ibodat bilan san'atning farqi xususida so'zlar ekan, zikr va raqsni
aralashtirmaslikka, jazaba paytidagi nurid harakatlarida o'yin allomalariga yo'l
qo'ymaslikka chaqiradi. Shunday allomalardan biri tepinish ekanini ta'kidlab: «Bu
harakatlar ko'p hollarda ko'ngil ochish va o'yin bilan bog'liq», deydi. U musiqani,
o'yin kulgini tilovatga aralashtirmaslikni, qiroatni qo'shiq yoki she'r bilan
chalkashtirmaslik lozim ekanligini ta'kidlaydi. Bu borada, ayniqsa, uning qur'on
bilan she'riyatni oyatlar bilan baytlarni taqqoslashi diqqatga sazovordir. Bu
taqqoslash na faqat diniy-tasavvufiy, balki nafosatshunoslik nuqtai nazaridan ham
biz uchun muhim; u she'rning (qo'shiqning) Qur'on oyatlariga nisbatan oddiy
kishini ko'proq junbusiga keltirishga qodir ekanini yetti nuqtai nazardan isbotlab
beradi. Birinchisi -Qur'onning hamma oyatlari ham tinglovchining o'sha paytdagi
ruhiy holatiga to'g'ri kelavermaydi. Masalan, o'z farzanlini yo'qotib g'am-anduhga
botgan yoki pushaymonlik olovida qovurilayotgan kishiga meros, mahr, taloq
haqidagi qoidalar bitilgan oyatlar ta'sir qilmaydi. She'r esa, qalb holatining in'ikosi,
u muayyan ruhiy holatning imtihosi sifatida qur'ondan ta'sirchanroq. Ikkinchisi -
oyatlar ilk marta eshitayotgan kishi yuragida kuchli iz qoldiradi, keyingi tinglashlar
jarayonida bu iz xiralashib, yo'qolib boradi, chunki qur'onni qora o'zgartirib o'qiy
olmaydi, she'r esa doimiy originalligi, yangilanib turishi bilan kuchli ta'sirga ega.
Uchinchisi - oyatlarga isbatan she'rning ohangi rang-barang. To'rtinchisi - she'r
vaznga egaligi bilan ham oyatlarga qaraganda kuchliroq ta'sir ko'rsatadi.
Beshinchisi - she'rni musiqa asboblari jo'rligida qo'shiq qilib aytish mumkin,
oyatlarni esa bunday qilib bo'lmaydi. Oltinchisi - maddoh (deklomator)
tinglovchiga yoqmagan bayt o'rniga boshqasini o'qishi mumkin, oyatlarga esa bu
tariqa munosabatda bo'lish mumkin emas. Yettinchisi - inson she'rdan lazzatlanadi,
chunki uning o'zi she'r yarata oladi, yaratilgan narsa yaratilganga o'hshash bo'ladi.
qur'on Olloxning so'zi, inson yaratishga qodir bo'lmagan Haqiqat, Ollohning sifati
tarzida yaratilish jarayonini boshidan kechirmagan. She'r insonga yaqinroq,
zaminiy ekani, hissiyot bayoni bo'lgani uchun ham unga odam qur'onga nisbatan
ko'proq mayl bildiradi.
Shunday qilib, G'azzoliy Qur'onni she'riyat bilan solishtirar ekan, masalaga
rasional yondoshadi., qur'onga nisbatan she'riyatning oddiy insonga yaqinligini inkor
etmaydi, balki tasdiqlaydi. Ayni paytda uning bu fikrlari inson tabiatida san'atga
intilish borligini, san'atsiz insoniy hayotning bo'lishi mumkin emasligini botinan
ta'kidlashi bilan nihoyatda muhim.
«Ihyo ulum-din» asarida muallif go'zallik tushunchasiga alohida to'htaladi,
manfaatsiz go'zallik, oltinchi sezgi vositasida his etiladigan go'zallik haqida o'ziga
hos nazariyalarni o'rtaga tashlaydi. Bularning hammasi muhabbat tushunchas i
bilan bog'liq holda tadqiq etiladi. Zero G'azzoliy muhabbatni besh turga bo'ladi.
Uning dastlabki uch turi asosan ahloqshunoslikka, so'nggi ikki turi esa
nafosatshunoslikka taalluqli.
Muhabbatning uchinchi turi haqida yozar ekan, G'azzoliy go'zallikka
yondoshuv, nafosat tuyg'usining beg'arazlagi to'g'risida fikr yuritadi. «Uchinchi xil
muhabbat, — deydi faylasuf, — biror narsani shu turishicha sevish, uning o'zidan
olinadigan zavqdan boshqa zavq olmagan xolda sevishdir. U- o'zining qoimligi
bilan poyidor bo'lgan ulkan, haqiqiy muhabbat». U, chunonchi, go'zallik va
yoqimlilikka bo'lgan muhabbat. Axir, go'zallik go'zallikni anglab yetgan odam
uchungina muhabbat obyektidir. Go'zallikni anglab yetishning o'zi yoqimli, o'z-
o'zicha muhabbat obyekti bo'lishi mumkin. Modomiki, ko'kat va sharqirab
oqayotgan suv, faqat ularni yeyishimiz va ichishimiz mumkinligi uchun emas,
balki, bor-yo'g'i ularni ko'rib, zavqlanganimiz sababli, faqat shu sababligina
muhabbat obyekti ekan, yuqoridagi fikrni inkor qilish mushkul.
Imom G'azzoliy muhabbatning to'rtinchi turi haqida fikr yuritgan chog'ida
nisbiy go'zallikka alohida to'htaladi. Faqat o'z kamolotining barcha qirralariga to'liq
ega bo'lgan narsanigina u oliy darajadagi go'zallik deb ataydi. Bunday komillikni
faylasuf faqat Ollohda ko'radi va payg'ambarimiz Muhammad alahissalomning
«Olloh go'zal va u go'zallikni sevadi» degan so'zlarini keltiradi. Shunday qilib,
faylasuf mutlaq go'zallik faqat Ollohga taalluqli bo'lishini, boshqa go'zalliklarning
hammasi nisbiy ekanini aniq-ravshan bayon etadi. Darhaqiqat, otning peshonasidagi
qashqasi otga nisbatangina go'zal, odamning peshonasi qashqa bo'lsa, u hyech
qanday go'zallikka kirmaydi. Ana shunday nisbiy go'zallik haqida fikr yuritib,
faylasuf ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab bo'lmaydigan narsalarda ham go'zallik
mavjudligini aytadi. Haqiqatan ham, biz «go'zal ovoz» deganimizda, faqat quloq
orqali, «yoqimli hid» deginimizda dimoq orqali go'zallikni ajratamiz. Demak,
go'zallikni his etishda besh sezgining hammasi baravar ishtirork etishi shart emas.
Ayni paytda, Imom G'azzoliy ba'zan go'zallikni besh sezgining birortasi ham ishtirok
qilmagan xolda xis etish mumkinligini alohida ta'kidlaydi. Darhaqiqat, agar biz
«go'zal hulq», «go'zal hayot» v. h. deganimizda besh sezgining birortasi ham ishtirok
etmaydi. Uni biz oltinchi, botiniy sezgi bilan his qilamiz, G'azzoliy aytganidek, ichki
ziyo yordamida ko'ramiz.
G'azzoliy zohiriy va botiniy go'zallik hususida fikr yuritar ekan, tug'ma
nafosat tuyg'usining mavjudligi haqidagi g'oyani go'daklar va hayvonlarning ham
nafosat tuyg'usiga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go'zzallikni idrok etish
tuyg'usining tug'maligi, tabiiyligi va uni anglab yetish orqali xis qilish borasida
hozir
ham
baxsli
qarashlarning
mavjudligi
G'azzoliy
o'rtaga tashlagan
nafosatshunoslik muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi.
XIII asrga kelib, Markaziy Osiyo mintaqasi hamma sohada yuksaklikka
erishgan edi. Afsuski, mug'ul bosqini Turkiston, Mavorounnahr, Xuroson singari
gullab-yashnab turgan o'lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazzulga yuz
burdi, ne-ne shaharlar Yer yuzidan izsiz yo'qoldi, musulmon Sharqi zulmat ichida
qoldi. Faqat tarix sahnasiga Amir Temur chiqqanidan keyingina Uyg'onish
boshlandi. Sohibqiron bobomiz yuritgan oqilona siyosat butun mintaqada ma'naviy
yuksalishga olib keldi. Shu bois Temur va Temuriylar davri ilm-fan va san'atning
oltin davri hisoblanadi. Bu davr nafosatshunosligida buyuk o'zbek shoiri Alisher
Navoiyning o'rni o'ziga xos.
Alisher Navoiy o'z asarlarida ichki va tashqi go'zallik g'oyasini ilgari suradi.
Uning «Hamsa»sidagi bosh qahramonlar ana shunday komil go'zallik egalari.
Umuman, Navoiy ham, boshqa ko'pgina Sharq mutafakkirlari kabi, insoniy
go'zallikni ichki go'zallikda, hulqiy go'zallikda ko'radi.
Navoiy so'zga alohida e'tibor beradi, uni ko'ngil qutisi ichidagini gavhar deb
ataydi, hatto falak jismining joni deydi:
Ko'ngul durji ichra guhar so'zdurur,
Bashar gulshanida samar so'zdurur.
Erur so'z falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham.
«Majolis un-nafois», «Me'zon ul-avzon» asarlarida Navoiy ana shu
mohiyatan muqaddas bo'lgan so'zdan foydalanish san'ati haqida fikr yuritadi.
«Me'zon ul-avzon» aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo'lsa, «Majolis un-
nafois» tengi kam tazkira sifatida nafosatshunoslikka aloqadordir. Unda Navoiy
450 nafardan ortiq shoir ijodiga to'htalib o'tadi va ular ijodi uchun xarakterli
bo'lgan misollarni keltiradi. Ayni paytda, tazkirada din, shakl va mazmun singari
nafosatshunoslik muammolari ham o'z aksini topgan. Chunonchi, tazkiraning
temuriy shahzoda shoirlarga bag'ishlangan yetinchi majlisida Amir Temur didi
haqida fikr yuritar ekan, shunday deydi:»... agarchi nazm aytmoqqa iltifot
qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqyeda
o'qubdurlarkim, aningdek bir bayt o'qug'oni ming yaxshi bayt aytgancha bor». Bu
parchadagi andak mubolag'adan qat'iy nazar Navoiy shoirona, nafosatli did egasi
bo'lishni ba'zi to'g'ri kelgan gapni vaznga solib, she'r deb taqdim etuvchi
nazmbozlardan yuqori qo'yganini fahsmlab olish qiyin emas.
Temuriylar davri san'atida, u hox miniatyura, hox me'morlik, hox she'riyat
bo'lsin, shakliy go'zallikning ajoyib namunalarini uchratish mumkin. She'riyatda
buni kam so'z ishlatib, ko'p ma'noni anglatishga, qofiyaning bir bo'g'inli so'zdan,
radiflarni esa bir necha so'zlardan iborat tarzida vaznga joylashda ko'rsa bo'ladi.
Buning mumtoz namunasini, avvalo, Navoiyning o'zidan topish mumkin. Mana bu
ruboiyga diqqat qiling:
Jondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko'p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bo'lmas,
Ondin seni ko'p sevarmen ey umri aziz.
Yoki ikkinchi bir buyuk o'zbek shoiri, «Muxtasar» nomli aruz vazniga
bag'ishlangan
mukammal
nazariy
risola
muallifi
temuriyzoda
Zahiriddin
Muhammad Boburning mana bu ruboiysini olaylik:
Tuz oh Zahiri Dini Muhammad Bobur,
Yuz oh Zahiri Dini Muhammad Bobur.
Sarishtai ayshdin ko'ngulni zinhor,
Uz oh Zahiri Dini Muhammad Bobur.
Temuriylar davri musulmon Sharqida musiqa amaliyoti va musiqa
nazariyasiga katta e'tibor berilgan. Fitrat «qari navo» kuyini Navoiy bastalaganini
aytadi. Bundan tashqari, musiqaga oid risola bitgan degan fikrni ham bildiradi.
Umuman o'sha davrda yozilgan san'at turlariga doir risola va tazkiralarni o'nlab
emas, yuzlab sanash mumkin. Tasviriy san'at o'zining sharqona ko'rinishi-
miniatyura janrida yuksak darajaga ko'tarldi. Hirotda «Nigoriston» miniatyura
maktabi vujudga keldi. Uning yetakchi rassomi Kamoliddin Behzod «Sharq
Rafaeli» nomini oldi. Navoiy zamonasida barcha Hirot ahli kasbi-koridan qat'iy
nazar biror san'at turidan habardor edi. Nafis majlislarda yangi asar muhokamasi
nihoyatda nozik didlilik bilan o'tgan. Zayniddin Vosifiy o'zining «Badoye' ul-
vaqoye'» asarida ana shunday nafis majlislardan birini keltiradi. Unda Behzod
chizgan Alisher Navoiy suratining muhokamasi tasvirlanadi. Muhokamada Navoiy
portreti fondagi bog', qushlar - hammasining tabiiy chiqqanligi, surat ulkan iste'dod
mahsuli ekani o'sha davrga xos nafosat bilan aytiladi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi bo'lgan mazlum
Turkistonda ham Uyg'onish ro'y berdi. Nisbatan qisqa vaqtni o'z ichiga olgan
bo'lsada, bu Uyg'onish hayotning barcha sohalarida aks etdi. Uning ibtidosida ilg'or
rus tafakkuridan habardor ma'rifatchilar turar edi. Bu ma'rifatchilarning bir qismi
keyinchalik jadidlar deb atala boshladi. Ularning asosiy maqsadi Turkistonning
milliy ozodligiga erishishi edi. Erishishning yo'lini esa ular xalqni ma'rifatli, o'z
insonlik huquqini talab va himoya qila oladigan darajada ko'tarishda deb bildilar.
Bu harakat ibtidosida turganlardan biri buyuk o'zbek shoiri Zokirjon
Xolmuxammad o'g'li Furqat (1958-1909) dir. Agar shoirning g'azallari,
muhammislari, musaddaslari lirik tabiatiga ega bo'lib, ularda yor go'zalligi madh
etilsa, masnaviylarida ijtimoiy muammolar o'rtaga tashlanadi. Masnaviylarning bir
qismi («ilm xosiyati», «Vistovka xususida», «Gimnaziya») ma'rifatni targ'ib
qilishga bag'ishlangan. «Toshkent shahrida bo'lg'on nag'ma bazmi xususida»,
«Nag'ma va nag'malar va aning asbobi va ul nag'ma ta'siri xususida», «Suvorov
haqida», «Shoir axli va she'r mubolag'asi xususida» deb atalgan masnaviylar esa
ma'lum ma'noda nafosatshunoslikka taalluqli.
Furqat «Nag'ma va nag'malar va aning asbobi va ul nag'ma ta'siri xususida
masnaviysida «Toshkand shahrida bo'lg'on nag'ma bazmi xususida» masnaviysidagi
«taqrizchilik» doirasidan chiqib ketadi, xonandalar, sozandalar, konsert zali, unga
kirish qoidalarini tasvirlashdan voz kechadi, asosiy e'tiborni musiqadan va undan
olinadigan nafosat lazzati haqida fikr yuritadi. Shoir-nafosatshunos o'zimizning
milliy musiqa asboblarining ba'zilarini sanab o'tib, agar rasmona musiqa ta'limi
yo'lga qo'yilsa, ular Ovrupa musiqa asboblaridan qolishmaydigan uyg'unlik bilan
jaranglashlarini ta'kidlaydi.
Agar Furqat o'z manzumalarida badiiy ijod va idrok etish, nafosatli ongni
yuksaltirish, umuman, badiyat muammolarni o'rtaga tashlangan bo'lsa, Anbar Otin
ijodida san'atning ijtimoiylik mohiyati birinchi o'ringa chiqadi. Anbar Otin badiiy
ijodga mumtozchilik emas, jadidchilik nuqtai nazaridan yondoshadi: badiiy asar
xalqqa uning milliy ozodlikka olib chiqishga hizmat qilishi kerak.
Anbar Otin «Qarolar falsafasi» risolasida shoirlik iste'dodiga, shoirlar
toifalariga alohida to'xtaladi. Shoira ustoz shoirlarni yuzaki talqin etishga, ular
ijodini yor ko'yidagi oh-vohlardan iborat deb qarashga keskin qarshi chiqadi.
Mumtoz
shoirlarning
fikriy-falsafiy teranligini anglashga chaqiradi:»Aksari
zamona axli mashhur nomvor ustodlar haqida alarning nazmi nolalarig'a zohiran
baxo berib, alar faqat yor ishqida ovvora bo'lib, umr o'tkazibdur derlar... Haqiqatda
lojaram ul g'azallar botini hisobsiz falsafiy donish va aql gavharlari ila to'ladir».
Anbar Otin badiiy ijod axlida alohida, o'ziga xos nigoh borligini, ular
boshqalar ko'rmagan narsalarni ko'ra bilishlarini ta'kidlaydi. Ana shu nigoh
iste'dodni shoira «ko'z» deb ataydi. «Mahfiy emaski, — deb yozadi u, — har
shoirda o'tkir botindagi, ya'ni hayot ichidagi sirlarni ko'radigan ko'z bo'lur. O'shal
o'tkir ko'z ilan boshqalar ko'rmagan sirlarni mushohada qilib, odob haririga burkab,
arzu ma'nisini nafis iboralar ilan tarannum etar. Shundoq shoirni shoir desa bo'lur.
Modomiki, shoir shundog' falsafiy mushohada egasi ekan, aning barcha fikri
takroriy yo'l ilan ta'lim olishga sazovordir». Ko'rinib turibdiki, Anbar Otin shoirona
nigoh bilan ilg'ab olingan voqyelikni «adab haririga burkab», «nafis iboralar
bilan», ya'ni yuksak badiyat, obrazli ifoda va ravon til-go'zal shakl vositasida
o'quvchiga yetkazishni talab etmoqda.
Agar biz Furqat va Anbar otin ijodini, ma'rifatchi jadidchilarning
nafosatshunosligining dastlabki bosqichi desak, uning yuksak pog'onasini Behbudiy,
Fitrat, Hamza, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon singari ulkan ijodkorlar
qarashlarida ko'rishimiz mumkin. Ular orasida, ayniqsa, Fitrat bilan Cho'lponning
nafosatli qarashlari alohida diqqatga sazovor. Zero bu qarashlar ma'lum ma'noda
san'at falsafasi sifatida muayyan nazariy asoslarga qurilgan. Shu jihatdan Abdurauf
Fitratning «Adabiyot qoidalari» risolasi e'tiborga molik.
Avvalo shuni aytish kerakki, «Adabiyot qoidalari»da muallif adabiyot
nazariyotchisi sifatida balki, keng quvvai hofizalinafosatshunos tarzida maydonga
chiqadi. U badiiy adabiyotni alohida, muhtor, «katta san'at» sifatida olib
qaramaydi. Fitrat nazdida u ham san'at turi, boshqa san'at turlari bilan uzviy
aloqadorlikda ish ko'radi. Shu bois juda ko'p o'rinlarda «adabiyot qoidalari» -
misollari badiiy adabiyotdan keltirilgan nafosatshunoslik nazariyasiga aylanib
ketadi. Bu tasodifiy emas. Fikrimizning isboti uchun risolaning o'ziga murojaat
qilaylik.
Fitrat badiiy adabiyot nima ekanini anglatish, nazariy amaliy ta'riflash uchun
eng avvalo «san'at» va «go'zal san'atlar» iboralarini tushunib olish lozimligini
aytadi. U san'atning ikki xil-manfaatli va manfaatsiz, ya'ni hunar san'at hamda sof
san'at bo'lishini tanbursoz usta bilan «Iroq« kuyini chalgan tanburchi misolida jonli
tushuntirib beradi; tanburning yaxshiligi-ishga yaraganligi, foyda keltirgani. «Iroq
kuyining yoxshiligi esa kishiga ma'naviy ta'sir etmak... Shuning uchun buning
yoxshilig'iga, yoxshiliq emas go'zallik deydilar. Bunday san'atlarga «go'zal
san'atlar» deyiladir.
Fitrat har bir «go'zal san'at»ning materiali, substratiga qarab, ularni olti tur
va ikki xilga (turkumga) bo'ladi. U musiqani birinchi o'ringa qo'yadi, undan keyin;
«rasm, haykalchilik, me'morchilik, uyun (tans), adabiyot» keladi. «Go'zal
san'atlarning mana shu olti turlari bir birlariga yaqinlashmoq e'tibori bilan ikki
turkumga ayriladir, — deb yakunlaydi muallif o'z risolasini. Adabiyot, musiqa,
o'yun (tans) bir turkum; rasm, haykal, me'morlik bir turkum bo'ladir».
Turkiston badiiy tafakkuriga ulkan xissa qo'shgan yana bir jadid mutafakkiri
Abdulhamid Cho'lpondir.
Cho'lponning go'zallik haqidagi tushunchasi o'ziga xos, asosan u shoir
she'rlarida «go'zal» so'zi orqali aks etadi. O'z fikrini sho'rolar senzurasidan yashirib
ifodalash maqsadida shoir «go'zal» so'ziga turli xil ma'nolar yuklaydi: u, bir
tomondan, ko'p yetmas go'zal yor, ikkinchi tomondan sururiy (romantik) go'zallik.
Lekin har ikki xolatda ham tagma'no tutqunlikka mahkum go'zallikni, go'zal
Turkistonni o'zida mujassam etadi. Yoki «Binafsha» she'rining mana bu ibtido
bandiga e'tibor qiling:
Cho'lpon Fitratga o'xshab, nafosatshunoslik yoxud muayyan san'at turlari
nazariyasiga doir maxsus risolalar yozgan emas. Lekin uning bir qator maqolalari
borki, ularda badiiy adabiyot, teatr san'ati, aktyor mahorati muammolari
ko'tarilgan. Cho'lpon badiiy ijod sohiblaridan «yangicha» yozishni talab qiladi.
Yangi zamonda Navoiyo, Lutfiylar tilida, uslubida yozish mumkin emasligini
jo'shib shunday anglatadi; «Navoiy, Lutfiy, Boyqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy,
Furqat, Muqimiylarni o'qiymen; bir xil, bir xil, bir xil! Ko'ngil boshqa narsa-
yangilik qidiradir...» Ana shu narsa-»yangilik»ni Cho'lpon ulug' hind yozuvchisi
Rabindranat Tagorda ko'radi. Tagor, uning nazdida, zamonaviy Sharq
san'atkorining namunaviy timsoli. Shu sababli ham Cho'lpon Tagorga bir emas,
uch maqola bag'ishlaydi.
Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, Cho'lpon ham boshqa jadid
mutafakkirlari kabi millatni nafosat tarbiyasi vositasida uyg'otishni asosiy vazifa
deb bilgan. Shu bois uning asosiy diqqati o'sha davrlarda nisbatan ommaviy
bo'lgan san'at turlari-badiiy adabiyot va teatrga qaratildi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Turkiston jadid ma'rifatchilari qisqa vaqt
ichida nafis san'at targ'ibotini yo'lga qo'ydilar. Afsuski, yangi mustamlakachilik
siyosati asosiga qurilgan Sho'rolar davlati ularni qatag'on qilib, asarlarini ta'qiqlab,
Turkiston xalqlari Uyg'onishi harakatiga chek qo'ydi. Shunga qaramay, ular
qoldirgan meros bugungi kunda ham uz ahmiyati va ta'sir kuchini yo'qotgan emas.
|