Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Nafosatli munosabat–subyekt bilan obyekt o'rtasidagi o'ziga xos aloqalar 
turli bilan tavsiflanadi. Go'zallikni idrok etish jarayonida sodir bo'ladigan o'zaro 
harakatlar nafosatli munosabat zaminidir. Ruh shunoslik ko'rsatib berganiga ko'ra, 
estetik idrok etishining xususiyati idrok etilayotgan narsalarning shakli bilan 
izohlanadi. Nafosatli munosabatning natijasi nafosatli baholash mohiyati, narsa-
buyumlar ifodalanadi. Masalan, kursi yoki xontaxtani nafosatli baholash – uning 
shakli bo'lgan material, uni qayta ishlash, taraf va qismlari mutanosibligini uning 
amaliy o'rni, ya'ni nimaga mo'ljallanganligiga qiyos qilishdir. Ovqatga nafosatli 
uning shakl va mazmuni mutanosibligida o'z ifodasini topadi. Yoki insonga 
nafosatli munosabatda bo'lish ham inson shaxsi ma'gnaviy mazmunining inson 
xatti-harakatlari va xulq-atvori shakliga mutanosiblikda ifodalanadi. 
Nafosatli munosabatda his-hayajonlar maxsus o'rin egalaydi. His-hayajon 
estetik munosabatning barcha pog'onalarida amal qilib, lazzatlanish, hayajon holati 
bilan yakunlanadi. Nafosatli lazzat murakkab ruhiy holat bo'lib, o'zida butun bir 
hayajonlar 
turkumini, 
faraz 
qilishni, 
xilma-xil 
taassurot va tasavurlarni 
birlashtiradi. Nafosatli munosabat hayajonlar bilan birga o'z ichiga aq liy jihatlarni 
ham qamrab oladi. Bunda nafaqat nafosatli munosabat obyekti, balki nafosatli 
tuyg'ular va kechinmalar ham tahlil va fikr – mulohaza mavzuiga aylanadi. 
 
Nafosatli anglash obyektiv dunyoga nisbatan bo'lgan inson munosabatining 
subyektiv tomonidir. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ahloqiy ong, huquqiy 
ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. 
Ijtimoiy hayot ijtimoiy ong barcha shakllarining umumiy poydevoridir. 
 
Nafosatli ong – ma'naviy-ruhiy hodisalar majmui bo'lib, ular ijtimoiy hayot 
zaminida vujudga keladigan nafosatli his, did, fikr, orzu, qarash, nazariya tizimini 
anglatadi. Nafosatli ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda 
o'zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi. 
Nafosatli anglash jamiyat hayotida guruhiy manfaatlar ifodasi tarzida ham 
namoyon bo'ladi. Lekin bu hol jamiyatning turli sohalarida turlicha, masalan, 
mafkura sohasida nafosatli qarashlar, orzu-umidga munosabatlarda o'ziga xos aks 
etadi. Ruhiy-ma'naviy sohalarda esa guruhiy manfaatlarga nisbatan ancha mustaqil 
tarzda namoyon bo'ladi. Bu hol har bir yakka odamning aniq his va did egasi 
sifatida namoyon bo'ladigan ijtimoiy va biologik xususiyatlari bilan bog'liqdir. 
Guruhiy manfaatlar his-tuyg'u ham sezilib turadi, lekin asosan u mafkuraning 
qismlari estetik orzular, qarashlar, nazariyalar ta'siri kuchiga qarab belgilanadi. 
Nafosatli ongning nisbiy mustaqilligi ko'rinishlaridan biri-vorisiylikdir. Chunki 
yangi nafosatli qarashlar, g'oyalar, nazariyalar bo'sh yerda vujudga kelmaydi. Ular 
jamiyatning oldingi nafosatli va badiiy ravnaqi natijasida jamlangan hissi va aqliy 
hosilalar, bilimlar zahirasining davomi amal qiladilar. Vorisiylik nafosatli ongning 


barcha nafosatli qarashlar va nazariyalariga, nafosatli did va his bo'g'inlariga 
taalluqlidir. 
Nafosatli anglash yoxud ong ijtimoiy hayot in'ikosi bo'lib, jamiyat hayotida muhim 
o'rin tutadi, unga har tomonlama ta'sir o'tkazadi. Jamiyat taraqqiyotida biror jabha, 
narsa, zarra yo'qki, ular nafosatli did, orzu qarashlardan chetda qolgan bo'lsin. 
Nafosatli ong moddiy ishlab chiqarish va ma'naviy boylik yaratishdan oziq 
olibgina qolmay, ayni chog'da ularga jumladan, siyosat, axloq-odob, din, falsafa, 
fan sohalariga ham bevosita ta'sir o'tkazadi. 
Nafosatli anglash ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida nafosatli faoliyat bilan 
uzviy bog'liq bo'lib, nafosatli faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. 
Nafosatli ong aslida nafosatli faoliyat mahsulidir. 
Nafosatli ong badiiy ong bilan chambarchas bog'liq. Ular bir-biriga yaqin 
tushunchalar bo'lsada, aynan bir ma'noni anglatmaydi. Nafosatli ong voqyelikni 
butun borlig'icha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong 
san'atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo'ladi. Badiiy ong badiiy 
asarlar tizimida ifodalansa, nafosatli ongning aks etish ko'lami ancha keng bo'lib, u 
odamlarning mehnat faoliyatida, uning natijalarida, moddiy va ma'naviy 
qadriyatlarda o'z ifodasini topadi. 
Nafosatli ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi ko'rinishidan yakka odam 
nafosatli ongi ko'rinishi farq qiladi. Yakka odam nafosatli ongi-aniq bir shahs ongi, 
ma'naviy dunyosining bir qismi bo'lib, keng ma'noda u ham ijtimoiy mazmun kasb 
etadi, ya'ni ijtimoiy hayot jarayonida shakllanib, rivojlanib, jamiyat mahsuliga 
aylanadi. 
Nafosatli ongning turg'un va uyg'un qismlari – bular nafosatli hislar, 

Download 1,42 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish