orzular, qarashlar va nazariyalar




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

orzular, qarashlar va nazariyalardir. Ular bir-biri bilan aloqador holda o'zaro 
ta'sirda bo'lsada ularni alohida-alohida tahlil etgandagina bu umumiylik mohiyatini 
anglab olish osonroq bo'ladi. 
 
Nafosatli his-tuyg'ular. His-tuyg'ular umuman inson ongning ajralmas 
qismi bo'lib, nafosatli ong sohasida alohida o'rin tutadi. Ular nafosatli ongning 
asosiy qatlamini tashkil etib, uning poydevori hisoblanadi, uning barcha jabhalarini 
bezaydi va boyitadi. 
Nafosatli his-tuyg'ular intelektual tuyg'ular bilan bir qatorda eng oliy, ijtimoiy 
tuyg'ular turkumida mansub. Bu yerda «ijtimoiy» iborasi nafosatli his-tuyg'ularning 
jamiyat barg'ida vujudga kelib, rivojlanishi, jamiyat bag'rida amal qilishi s ingari 
hodisalar nazarda tutiladi. Nafosatli his-tuyg'ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida 
nafosat, uy, oxang, shakllar, uyg'unlik, moslik, mutanosiblik, kabi tushunchalar bilan 
birga shodlik, hayratlanish, ajabalanish, rohatlanish, lazzatlanish, ehtirom, shavq-zavq, 
nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. 


Nafosatli his-tuyg'ular shakli, namoyon bo'lishi va amal qilish jihatidan 
subyektiv tabiatga ega bo'lib, inson dunyosining bir qismini, subyektiv voqyelikning 
bir bo'lagini tashkil etadi. Nafosatli his-tuyg'ularning mazmuni insonning muayyan 
maqsadga yo'nalitirilgan faoliyatida yorqinroq namoyon bo'ladi. 
Nafosatli his-tuyg'ular kechinmalar bilan qorishiq holda namoyon bo'ladi, 
ya'ni, alohida ko'rinishdagi kechinmalar jarayoni sifatida sodir bo'lad i. Subyekt 
bilan obyektning qo'shilib ketishi, subyektning obyekt bag'rida «erib ketishi» 
kechinmali his-tuyg'uning o'ziga xos belgisidir. Nafosatli kechinma subyektning 
alohida faolligi, xususan, hayol, tasavvuf kila bilash kuchi bilan belgilanadi. 
 
Nafosatli kechinmaning yakuni – nafosatli lazzatlanishdir. Nafosatlanish 
insonning umumiy, doim ijobiy bo'lgan sezgi holati, ya'ni uning narsalardan, 
voqyea va hodisalardan ta'sirlanishidir. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish