Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Nafosatli faoliyatning asosiy xususiyatlari ham nafosatli ehtiyolar bilan 
belgilanadi. Nafosatli faoliyat inson moddiy yoki ma'naviy faoliyatining o'zagi, 
mag'zi bo'lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining erkin ifodasi 
bo'lib borgani sari nafosatli mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, nafosatli 
faoliyat boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi. 


Nafosatli faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya'ni san'atda eng «toza» holda 
ko'rinadi. Shu bois san'at nafosatli faoliyatning ixtisoslashgan ko'rinishidir. Inson 
faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun san'atga murojaat qilish maqsadga 
muvofiq keladi. Chunki, san'at o'z tabiatiga ko'ra ijodiy maqsadga qaratilgan. 
Nafosatli faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini mehnat 
sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Ijtimoiy shart-sharoitlar 
mehnatning nafosatli jihatlari rivojlanishga xizmat qiladi. Noqulay ijtimoiy 
sharoitlar mehnatning nafosatli, ijodiy tabiatini mavh etadi. 
Ishlab chiqarish muhitining nafosatli jihatlarini vujudga keltirish, unga 
«ma'naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (texnika nafosatshunosligi)ga oid 
rasm-chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. 
Dizayn sanoatni loyihalash va ishlab chiqarishni uyushtirishda narsalar-
chizmalar, 
rasmlar, 
modellarning 
maqsadga 
muvofiqligini 
va 
texnologik 
foydaliligini hisobga olish faoliyatining ajralmas qismidir. Sanoatda keng iste'mol 
mahsulotlaridan, nodir dastgohlar va asboblarni loyhalash va yaratish ishida turli-
tuman 
kasb 
egalari-muhandislar, 
texnologlar, 
ishchilar, 
iqtisodchilar, 
boshqaruvchilar, ruhshunoslar, sosiolog-ijtimoiyshunoslar qatnashadilar. Bu yerda 
dizaynchi-musavvir-loyiha yaratuvchi alohida mavqyega ega: uning zimmasiga 
nafosatli qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar va mehnat qurollarini yaratish burchi 
yuklangandir. Ishlab chiqarish bilan istyemol, ishlab chiqaruvchi bilan iste'mol 
qiluvchi 
o'rtasidagi 
o'zaro 
munosabatlarni 
uyg'unlashtirishtirib 
turish 
dizaynchining eng muhim vazifasidir. Dizaynchi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
sohasida imkon qadar iste'molchi manfaatlari tomonida turadi. Ikkinchidan, u 
iste'molchi, extiyojlarini faol shakllantirib va uyg'unlashtirib boradi. Bu yerda 
dizaynchining estetik madaniyati, estetik didining tabiati va mazmun hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. 
Dizayn san'atdan baxra oladi. San'at bilan dizayn o'rtasida umumiylik 
bo'lsada, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san'atdan qanday farq 
qiladi? Ayonki, san'at badiiy faoliyat u yoki bu ko'rinishida faqat g'oyalargina 
emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog'liq. Lekin bk yerda narsalar ishlab 
chiqarish yordamchi (qo'shimcha) vazifani bajaradi. San'at avvalo ma'naviy boylik 
yaratish turi, ong va bilish sohasidir. Bu, san'atning tub mohiyatini ifodalaydi. 
Dizayn esa moddiy-amaliy faoliyat turiga kiradi. Dizayn mahsulotlar san'at 
asarlaridan farqli ravishda vokelikning in'ikosini emas, balki uning nafosat 
qonunlariga binoan yaratilib, san'at amaliyotining aynan o'zini anglatadi. 
San'at bilan dizayn o'rtasidagi farq haqida gapirganda, san'at asari qaysi 
moddiy tizimiga mansubligidan, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat'i nazar, 
mustaqil qiymatga ega ekanini ta'qidlash kerak. Dizayn mahsuloti esa narsalar 
tizimining ajralmas qismi bo'lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning 


nafosatli qiymati ham muayyan narsalar «tizimi»ga qanchalik mos kelishi bilan 
o'lchanadi, ya'ni dizaynchi faoliyatning obyektini alohida olingan mashina emas, 
balki barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari qo'rinish va hakazo shakllari bilan 
birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi» tashkil etishi shart. Dizaynchi 
loyihalashtirilayotgan narsalarni, ular iste'mol buyumlari yoki texnik qurilmalar 
bo'lmasin, nimaga xizmat qilish shakli, rangi va boshqa tomonlarini o'zaro 
muvofiqlashtirish lozim bo'ladi. Bu bilan u narsalarni yaratish va iste'mol qilish 
jarayonida inson uchun eng qulay sharoitlani ta'minlay oladigan yaxlit nafosatli 
molik narsalar muhitini vujudga keltiradi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish