Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Ilmiy ijod jarayonida his-tuyog'u, shodlik, beg'araz qoniqishga intilish kabi 
estetik omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy ijodning nafosatli mazmuni 
quvonch, shodlik, qoniqish hissini qondirishga emas, balki ilmiy izlanishlar natijalari 
va ularga erishish usullarida ifodalanadi. Donishmand olimlar ilmiy izlanishlarning 
barcha bosqichlarida nafosatli his-tuyg'ular ulkan ahamiyatga molikligini 
ta'kidlaganlar. 
Asrimizning buyuk olimi Albert Eynshteyn ilmiy ijodning butun jarayoni 
estetik ruh bilan sug'orilgan, bugungi fan olimdan «ijodkor sifatlari»ni talab qiladi, 
deb bejiz ta'kidlamagan edi. «Ijodkor sifatlari» qatorida tafakkurning g'ayri tabiiy 
(paradoks) ligi muhim o'rin tutadi. Gayritabiiylik doimo badiiy tafakkurning 
belgisi bo'lgan, qadimgi afsonalar ana shu g'ayritabiiylik mazmuni bilan boyitilgan 
edi. 
Nafosatli his-tuyg'u u yoki bu ilmiy nazariyaning (garchi u hali amaliyot 
tajribasida tasdiqlanmagan va oldingi nazariyalardan zaruriy, o'z-o'zidan kelib 
chiqmagan bo'lmasa ham) to'g'riligini bildiruvchi ilk mezon belgisi bo'lishi 
mumkin. Ana shu nazariya xushbichim, ko'rkam, takomil bo'lsa, olimda uning 
to'g'ri, haqiqiy ekanligiga ishonch hosil bo'ladi. 
Bu yerda ilmiy qurilmalarning tuzilishi mukammalligi muhim o'rin tutadi. 
Buyuk olilarning ko'pchiligi ilmiy asarlarning ilmiy kiymati mezonini qurilma 
tuzilishining, yetukligida, yaxlitligida ko'rganlar. Olim ijodiga san'atning ijodiga 
samarali ta'siri haqida Nils Bor shunday degan: san'at bizga tizimli tahlil kkuchi 
yetmaydigan hamohangliklar to'g'risida eslatib turadi. Shuni aytish mumkinki, 
adabiy, tasviriy, musiqaviy san'at turlarining ifoda usuli g'oyat izchildir. Bu izchildir 
ilmiy axborotlarga xos bo'lgan aniq ta'riflardan to'la voz kechib, ko'proq faraz 
o'yniga erk bergan ma'qul. 
Eng yaxshi san'at asarlari ilm-fan kishisida xayol-faraz vujudga keltiradi va 
yaxlit, 
nafosat 
his-tuyg'usini 
uyg'unlashtiradi, 
g'ayritabiiy tafakkur qilish 
qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini 
shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan qobiliyat-
imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi. 



Download 1,42 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish