Ulug'vorlik - nafosatli va ahloqiy mezonlar bilan bog'lanib, nihoya darajada
yaqqol va bevosita amal qidadigan nafosatli mezoniy tushunchani tashkil etadi.
Ulug'vorlik ko'llami go'zallik ko'lamidek cheksiz va benihoyat. Ulug'vorlik
tabiatda, jamiyatda, inson ishlarida, uning faoliyat mahsulotlarida jamlangandir.
Ulug'vorlik belgisiga ega bo'lgan barcha narsalarning, hodisalarning hammasiga
hos bo'lgan umumiylik-ularning me'yoriy barkamolligi, shu qadarki, undan
tashqarida me'yor qonuni buzilishi mumkin.
Ulug'vorlik kategoriyasi odamlar uchun alohida ahamiyatli hodisalar sirasiga
kiradi. Bunday hodisalar mohiyatan shu qadar keng ko'lamliki, ular ijtimoiy
taraqqiyotning ma'lum bosqichida to'la o'zlashtirilishi mumkin bo'lmaydi, shuning
uchun odamlarni faol harakatga, o'zlaridagi ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga
doimo rag'batlantiradi.
Tabiatda ulug'vorlik baland tog'lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar,
moviy mavj urayotgan dengizlar, tubiz osmon va h. k. timsolida namoyon bo'ladi.
Bu yerdagi umumiylik- ulardagi kengko'lam, ulkanlik, buyuklik, tuganmaslikdir.
Tabiatdagi ulug'vorlik insonda o'zidagi zaiflik emas, balki tabiat bilan qo'shilib
ketishga intilish hissini uyg'otadi.
Ulug'vorlik hissi o'z-o'zidan nafosatli mazmunga ega bo'lmagan quvonch,
hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg'ulvrini o'z ichiga qamrab oladi. Bularga
ba'zida qo'rquv ham qo'shiladi, lekin u insonni kamsitmaydi. Balki to'siqlarni
yengib o'tishga turtki beradi.
Ulug'vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy
shartlangan, aniq-tarixiy tabiatga ham molik bo'ladi. Ulug'vorlikka, ijtimoiy
hayotga tarixiy taraqqiyotga alohida ta'sir o'tkazuvchi hodisalar va jarayonlar ham
kiritilishi mumkin. Ijtimoiy hayotda ulug'vorlik bilan qahramonlik, mardlik shu
qadar qorishib ketadiki, ularni alohida-alohida mushohada etish ulug'vorlikning
asosiy mazmunidan mahrum qilib qo'yish bilan barobar bo'lar edi qahramonlikda
ulug'vorlikka hos estetik va ahloqiy birlik ayniqsa to'la va bevosita namoyon
bo'ladi. Halq fidoiylari, elu-yurt jonkuyarlarining qiyofalari bir vaqtning o'zida
ham ulug'vor, ham mardona namoyon bo'ladi.
Ijtimoiy va nafosatli orzular bilan birga, ba'zi ulug'vorlik va pastkashlik,
qiymatlari ham tubdan o'zgarib bosh xususiyatiga egadir. Bundan 30-40 yil oldin
ulkan zavod, fabrikalar korxonalarning ko'piga bo'y cho'zgan trubalari tutunlari
hayotdagi ulug'vorlik tarzida in'ikos etiladi. Insonga bo'ysundirilgan tabiat qiyofasi
ijtimoiy ong tarkibiga singdirilar edi. Inson-tabiat ustidan, shaxs-to'da ustidan
musobaqada ilg'or uchuvchi, konchi, sut sog'uvchi, olim, ishchi-halq ustidan mana
shularning hamma-hammasi yaqin kunlardagi bizning ulug'vorlik orzuimizni
tashkil qiladi. Bularning hammasi boshliqla o'zboshimchaligi, yoppasiga fidoiylik,
yalpi va yakka hokimiyatchilik davlatning shaxs usidan buyruq hukmi zaminida
vujudga kelgan ijtimoiy tuzum-sistemasining achchiq orzu-mevalaridir. Tabiat
ustidan hukmronlik o'rniga u bilan hamohang bo'lish, ayrim o'zmachilik, ommaviy
qaror, yalpi rozilik o'rniga ijtimoiy faol, tashabbuskor, ijodkor shaxsni
shakllantirish burch-vazifalarini ado etish bugungi kundagi ulug'vorlik orzusining
asosiy mazmunini tashkil etadi. Ulug'vorlik o'zining har tomonlama ijodiy
ifodasini san'atda topadi, uning barcha tur, xil va ko'rinishlar uchun ulug'vorlik
mavzui asosiy tasvir obyektlaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Shubhasizki,
san'atning turli ko'rinishlari, ulug'vorlik tasvirlashning xilma-xil imkoniyatlaridan
foydalaniladi, aytish mumkinki, uning ayrim turlari-qahramonlik dostonlari, lirik
dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa asarlari (simfoniya, oratoriya),
me'morchilik va yodgorlik san'ati ko'rinishlari ulug'vorlik mavzusini badiiy
o'zlahtirish earayonida vujudga kelgandir.
Ulug'vorlik me'morchilikda alohida ahamiyat kasb etadi. Misr piramidalari,
Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi me'morchilik obidalari, yunoniylarning
Parfenoni, rimliklarning Kolizey o'rta asr gotik bosh cherkovlari, rus cherkov
me'morchiligining eng yaxshi namunalari, Rossi, Rastrelli kabi me'morlar yaratgan
go'zal binolar, O'zbekistondagi me'moriy majmualar, o'zlarining salobati,
ulug'vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi.
Shu narsani alohida ta'kidlab o'tish joizki, ulug'vorlik tuyg'usiga faqat
miqyos o'lchovi bilan erishilmaydi. Agar ayrim obidalar (Bobil minorasi,
Buxorodagi Minorai Kalon, Misr piramidalari va sh. k.) o'zlarining miqyoslari
ko'lami bilan hayron qoldirsalar, bshqa o'zining alohida nafisligi, nozik ifodasi,
hamohangligi, yuksak ruhlanganligi, atrof-muhit bilan uzviy qo'shilib ketganligi
bilan alohida ahamiyat kasb etgan. (Go'ri amir, Shohizinda, Registon maydoni, Mir
Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Minor, Ichan qal'a va b.)
me'morchilik asarlari idrok etilganda insonda o'zgacha ulug'vorlik tuyg'usi vujudga
keladi.
San'atda ulug'vorlik fojialilik bilan ko'pincha yonma-yon turadi va namoyon
bo'ladi, sirasini aytganda, bu iiki estetik kategoriya o'rtasida o'ziga xos dialektik
aloqadorlik mavjud bo'lib, unda umumiylik va farqli tomonlari ham bordir. Navoiy
va Shekspir asarlari, shoshmaqom go'zal me'morchilik obidalari bir vaqtning ham
ulug'vorlik, ham fojiaviylik ruhi bilan sug'orilgandir. Bundan, albatta fojiaviylik-
ulug'vorlik, ulug'vorlik-fojialilikdir degan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Masalan,
Samarqandning Registon maydonidagi madrasalar, shubhasiz, ulug'vor bo'lishlari
bilan birga hyech qanday fojiali his qo'zg'atmaydilar. Shekspirning Makbet xonim
qiyofasi fojiali, lekin u hyech ham tomoshabinda ulug'vorlik tuyg'usi tug'dirmaydi.
San'atdagi ulug'vorlik badiiy mazmun va shakl barcha imkoniyatlari vositasida
ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g'oya o'ynaydi. Muhim ahamiyatli g'oya
yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san'at
asarining buyuklik darajasini belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatni qochishga
emas, unga xizmat qilishga da'vat etadi.
Fojialilik muammosi har doim falsafiy va nafosatli tafakkur e'tiborini o'ziga
jalb qilib kelgan. Fojialilik tabiati to'g'risida fikr-mulohaza bildirmagan biror bir
mutafakkirni topish amri mahol bo'lsa kerak, chunki fojialilikda voqyeiy hayotning
eng muhim, chuqur ziddiyatlari va to'qnashuvlari hayot va o'lim, ozodlik va zarurat,
aql va tuyg'u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo'ladilar.
San'atdagi fojialilik haqida fikr yuritganimizda san'atdagi fojeali ohanglar,
fojealilik san'ati va nihoyat fojealilik-san'at turi kabi muammolar alohida
mushohada qilinishi lozimdir.
Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar
mavjudligini juda ko'p misollarda ko'rib chiqishimiz mumkin. Masalan,
M. Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug'bek» asarlarida
fojiali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus
fojia asari sifatida yaratilmagan bo'lsa ham, aslida, fojiali ohanglar ularda ustivor
darajada ifodalangandir.
Har qanday fojia zaminida alohida fojiali to'qnashuv yotadi va uning eng
muhim tomoni bo'lib ko'lamlik, ijtimoiy ahamiyatlilik xizmat qiladi. Gegel
fojialilikni bekorga mohiyatli kuchlar to'qnashuvlarining natijasi sifatida ta'riflagan
emasdi, chunki bu to'qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi bilan insoniyat
istiqboli, taqdiri bog'lanib ketgan bo'ladi. Bu hol fojianing san'atning falsafiy
jihatdan eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga hayotning insoniyatni butun
tarixi davomida hayajonlantiradigan tub masalalarni o'z oldiga qo'yib, hal qilish
imkoniyatini beradi.
Fojia qahramoni ko'pincha ijobiy tusda tasvirlanadi, u o'z davrining ijobiy
orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini o'zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin,
ulug'vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojia to'qimasida boshqa turdagi qahramonlar
kam aks ettirilgan bo'lib, Shekspirning Makbet va Richard III, Brextning Kuraj-
onaga o'xshash qahramonlari o'z taqdirlari bilan tomoshabinda o'ta ziddiyatli his -
tuyg'ular qo'zg'aydi. Ular sodir qilayotgan mudhish kirdikorlari qat'iy norizilik,
ayrim vaqtda hatto jirkanish va dahshat vujudga keltiradi. Shuning bilan birga ularga
achinasan kishi, chunki qabih, jirkanch sharoit ta'siriga tushib, ular o'zlaridagi go' zal
insoniy xislat-fazilatlardan ham begonalashganligini anglaysan.
Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va
munosabatlar barbod bo'lib, eski siyosiy qarashlar, estetik va ahloqiy aqida-
qoidalar mashaqqatli qayta baholanayotgan sharoitlarda ravnaq topadi. Fojianing
tarixiy shakli-qadimgi dunyo fojiasi (Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarxil
tartibotlar yemirilib, tarixda birinchi sinfiy jamiyat o'rnatilishi jarayonida vujudga
keldi. Unga xos bo'lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi
tasavurlarni aks ettirdi.
Qadimgi dunyo odamlari tasavvurlarida insonning qudratli «qismat»
oldindan belgilab qo'ygan balo-ofatlari bilan to'qnashuvi uni muqarrar tarzda
halokatga olib keladi. Lekin qadimgi fojia asarlarida ifoda topgan fojeali in'ikos
etish qismatning taqdir ustidan hukmronligini anglatmaydi. Yunoniylar insonning
azob-uqubatlari uchun ma'suliyatni uning o'ziga yuklab, katta mardlikka jur'at
etdilar. Zero azob-uqubatlarning tub sabablari inson irodasi va imkoniyati
chegarasidan tashqarida ekanligini yaxshi sezgan bo'lsalar kerak. qismat bilan
taqdir insondan kuchli deb uqtirgan holda, yunon fojiaviy san'ati tomoshabinni
unga tan berishga emas, balki u bilan kurashishga chaqiradi.
Fojianing ravnaqi Uyg'onish davrida boshlangan bo'lib, bu vaqtda abadiy va
qulamaydigan ko'ringan feodal munosabatlar zamini yemirila boshlagan edi.
Insonga, his-tuyg'uli voqyealarga mensimay qarash o'rniga insonni ulug'lash, uning
cheksiz imkoniyatlarini kuylash insonparvarlik falsafasi qaror topdi.
Uyg'onish davri fojiasi endi yangi tarixiy vaziyatni, qadimgiga nisbatan
boshqa shaxs mavqyeini ifodalaydi. Agar qadimgi fojiada shaxs hali o'zini
jamiyatdan ajratmagan va shuning uchun u yoki bu ahloqiy g'oya namoyondasi
sifatida amal qilgan bo'lsa, endi Uyg'onish davri fojiasida shixsiy ehtiros va iroda
bosh ohang sifatida jaranglaydi. Tarki dunyo azobidan, o'rta asr tabaqaviy
cheklanganligidan ozod bo'lgan inson o'z irodasini, o'zligini o'rnatishga unga hali
ham qarshi turgan voqyelik bilan to'qnashadi, boshqa odamlarning orzuva intilishlari
bilan muqarrar kurashga kirishadi. Bu yerda qismat va taqdirga endi o'rin qolmaydi,
fojia manbai-insonning o'zi, uning yer kurrasidagi hayoti, o'z maqsadi sari
intilayotgan odamlar to'qnashuvi, ular boshqalarga va o'zlariga nisbatan sodir
qiladigan yovuzliklardir. Shunday ziddiyatli qarama-qarshiliklarga boy Uyg'onish
davri fojiasi o'zining eng to'la va badiiy qudratli ifodasini Shekspir ijodida topdi.
Shekspirda fojialilik butun hayotni, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni
qamrab oladi, lekin ularning barchasida inson shaxsi to'laqonli ravishda ifodalanadi.
Shekspir feodal tartibotlarni inkor etish bilan birga tug'ilib kelayotgan tuzumning
g'ayriinsoniy tabiatini ham fahmlab olgan ko'rinadi. Unda fojealilik bir tomondan
Uyg'onish davrining yorqin insonparvar orzulari, feodal ahloq qoidalari bilan,
ikkinchi tomondan «yog'li asr» bilan to'qnashuv natijasida, boshqacha qilib
aytganda, O'rta asr vahshiyligi va burjua yirtqichligi qotishmasi to'qnashuvlari
natijasida vujudga keladi.
Shekspir o'zining fojiaviy asarlarida kuchli, jasoratli, g'ururli, erkin inson
timsolini barqaror o'rnatadi. Inson o'z shaxsi erkinligini o'rnatish mumkinligiga
ishonadi va uning yanglishishi mana shunda namoyon bo'ladi. Shekspir o' z
qahramonlarining o'zligini saqlashga, o'z ozodligini inson ruhini sindirib halokatga
sudrayotgan tuzum sharoitida o'rnatishga intilishini ulkan kuchi bilan namoyon
qiladi.
Shekspirning boshqa barcha fojeali qahramonlari orasida Hamlet ajralib
turadi. Hamlet o'zining halokatga mahkumligini bila turib, bari bir oxirigacha
borish uchun hyech narsadan qaytmaydi. «Hamlet» fojiasida esa qarama-qarshi
kuchlar to'qnashuvi tashqi muhitdan qahramonning ichki dunyosiga o'tkazilgan. Bu
yerda Shekspir sahnada bir necha asr keyin keng o'rin egallagan aqliy-ruhiy
dramaga yo'l ochib beganligini ko'ramiz. «Hamlet»ning abadiy, mangu sir-
ahamiyati, uning so'nmas kuchi va ta'sirchanligi undagi ma'naviy-ruhiy hamda
falsafiy boylikning voqyelikning ijodiy-yaxlit idrok qilish bilan qaytarilmas
darajada qo'shilib ketganligidadir.
Hamlet-insonparvar mutafakkir va ayni vaqtda dadil hamda qo'rqmas
jangchihamdir. To'g'ri, u fikr-mulohazalarga ko'p vaqt sarflaydi va sustkashlik
qiladi. Lekin bu hol unda tabiati yumshoqligidan emas, balki Klavdiyning
o'ldirilishi bilan o'sha vaqtda yechimi topilmaydigan «mayib asrni to'g'rilash»
vazifasini bajarolmasligiga aqli yetganligidan vujudga keladi. Uning ahloqiy
g'alabasi-bu qo'rqmas inson tafakkurining g'alabasidir, garchand u qahramonning
o'limi evaziga erishilgan bo'lsa ham, buyuk saboq va kelajak avlodlarga vasiyat
sifatida idrok qilinadi.
Ch. Aytmatovning «Kunda» romanini ham fojea asari deyishimiz mumkin,
chunki uning asosiy badiiy ohangi, undagi ehtirosli to'qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy
ta'sir kuchi, qahramonlarining taqdiri jihatlaridan o'ta fojeali matnga egadir. Bu
roman-fojeada davrimizda keng tomir yoygan ijtimoiy, ahloqiy, ekologik
muammolar chuqur qo'yigan bo'lib, shu tufayli bu asar kutilayotgan fojeadan
ogohlantiruvchi qudratli bong ovoziday jaranglaydi.
Gurjiston kinorejissyori T. Abuladzening filmlari yuksak fojiaviylik ruhi
bilan sug'orilgandir. Ayniqsa, uning kino uchligi - «Iltijo», «Istaklar shajarasi»,
«Tavba» filmlarida tarixiy aniqlik va siyosiy keskinlik muammolarini chetlab
o'tilgan holda Abuladze o'ziga xos, ko'proq shartli-g'aroyib shakllar bilan hayot va
o'lim, ezgulik va yovuzlik, halollik va sharmandalik, sodiqlik va vafosizlik kabi
insoniyatning
butun
taraqqiyoti
barcha
bosqichlarida
boshni
qotirib,
tashvishlantirib kelayotgan abadiy tub hayot muammolarini fojiali tomonlari bilan
yaxlit birlikda ifodalay olgan.
|