vositasida, falsafa esa mantiqiy tushunchalar orqali ifodalanadi. San'atning asosiy
ta'sir kuchi inson ma'naviy dunyosiga, uning fikr-mulohazalari va his-tuyg'ulariga
qaratilgan bo'lsa, falsafaning ta'sir kuchi aql-idrokka, ma'naviy talab-ehtiyojlarni
qondirishga, ma'naviy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. San'at
manzaralar, hodisalarni bir-biriga biriktirishga intilsa, falsafa o'sha
hodisalar
mohiyatini anglashga, ular qonuniyatlarni ochishga intiladi. san'at badiiy
haqiqatga, falsafa esa hayotiy haqiqatga tayanadi. San'at va falsafa voqyelikni
o'zlashtirishda mustaqil amal qilib, ular tarixiy taraqqiyot jarayonida o'zaro
aloqadorlikda bo'lib, bir-birini to'ldirib va boyitib kelgan. San'at bilan falsafa
o'rtasidagi o'zaro bog'likni san'atkorlar bir vaqtning o'zida mutafakkirlar, buyuk
faylasuflar ham bo'lganliklarida, ya'ni shubhasiz tarzda yuksak badiiy iste'dod
sohiblari bo'lganlarida ham ko'ramiz. Bunga Ibn sino, Forobiy, Yusuf Hos Hojib,
Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Mashrab, Ahmad Donish, Munavvar Qori, Mahmudxo'ja
Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Oybek va boshqa ijodkorlar hayoti va ijodi misoldir.
Nafosat
nazariyasida xalqchillik muammosi muhim o'rin tutadi. San'atda
xalqchillik uning vorisiylik, tarixiylik, milliylik va umuminsoniy tushunchalari
bilan nazariy va amaliy jihatdan chirmashib ketgan.
Xalqchillik tushunchasi san'at ravnaqining bir qator yo'nalish va tomonlarini
tavsiflashga yordam beradi. Mazkur yo'nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib chiqqan.
Xalq yaratgan va iste'mol qilinadigan badiiy faoliyat turlari va ko'rinishlariga xalq
ijodi deyiladi. Xalq og'zaki ijodi, xalq musiqasi, xalq raqslari, xalq amaliy san'ati, xalq
badiiy hunarmandchiligi, xalq me'morchiligi va boshqalar xalq amaliy san'atining
xillari va ko'rinishlaridir. Odatda bu xil san'at asarlari muallifsiz jamoaviy holda
yaratilgan bo'lib, ularda an'analar, rasm-rusmlar, urf-odatlar katta ahamiyat kasb etadi.
Xalq ijodi ijtimoiy taraqqiyotning boshlang'ich bosqichlarida san'atning yagona shakli
sifatida amal qilgan. Unda san'atning xalqchil tabiati nisbatan sodda tarzda namoyon
bo'lib, xalq turmush tarzining xilma-xil qirralarini qamrab olgan.
San'atda xalqchillik ruhi
haqqoniylik ruhi bilan hamohangdir. Haqqoniylik
hamma vaqt xalqchillik mazmuniga ega bo'ladi, chunki haqqoniylik xalqning maqsad-
intilishlariga
mos keladi, uning ma'naviy ravnaqi va ahloqiy barqarorligiga xizmat
qiladi. Va aksincha, har qanday yolg'on ahloqsizlikning o'zginasidir. Demak,
xalqchillik bilan haqqoniylik o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, badiiy asar
to'qimasiga sngdirilgan badiiy haqiqat jamiyat va xalq hayotida ulkan ahamiyat kasb
etadi.
San'at xalq muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichida taraqqiyparvar ijtimoiy
kuch sifatida ifodalansa, bunday san'at jamiyat rivojiga xizmat qiladi va unda
xalqchillik ruhi yorqin namoyon bo'ladi. San'atkor ijodining xalqchilligi esa u
mansub bo'lgan o'z xalqining amaldagi ozodligi, erkiga qanchalik xizmat qilishi
bilan o'lchanadi.
Badiiy madaniyat murakkab tizimdan iborat bo'lib, unda
san'at turlari muhim o'rin
tutadi. San'atning ayrim turlarga bo'linib ketganligi
uzoq davom etgan tarixiy
taraqqiyot hosilasi bo'lib, qadimda badiiy faoliyat sohalariga-turlarga bo'linmagan edi.
Keyinchalik san'atning bir necha turlari qaror topdi.
San'at turlari san'atga xos bo'lgan umumiy belgilarga ega bo'lib, ularning har
biri: adabiyot, me'morchilik, musiqa, tasviriy san'at va shu singari muhim
ko'rinishda namoyon bo'ladi. San'at turlarida xususiyning umumiyga nisbatini
ko'ramiz. Nafosatli tafakkurning tur hosil qilish manbalari ikki yo'nalishida
vujudga kelgan. Manbaning birinchi yo'nalishi-voqyelikning murakkabligi, ko'p
qiyofaligi, har tomonlamaligidir. Masalan, san'at u yoki bu turining vujudga kelishi
uning voqyelikni qaysi tomonini aks ettirishga qaratilganligidir. Nazm va tasviriy
san'at turlari bir-biriga qiyoslanganda, ularning mavzulari boshqa-boshqa bo'lib,
mavzu xususiyatlari esa tasvir vositalaridan kelib chiqqanligini ko'ramiz. Ikkinchi
yo'nalish-inson his-tuyg'usi boyligi, idrok etish xususiyatlari, inson ma'naviy
qobiliyati bilan bog'liq.
San'at turlari vujudga kelish manbaiga ega bo'lgan
bu ikki nuqtai nazarda
o'zaro ziddiyat yo'q, lekin ma'lum farqlar mavjud. San'at turlarining hosil b o'lishida
voqyelikning hal qiluvchi ahamiyatini tan olgan holda, avvalo, inson idroki
xususiyatlarini e'tiborga olib, san'atkor foydalanadigan moddiy ashyo xususiyatlarini
ham nazardan qochirmaslik kerak. Moddiy ashyo ko'p jihatlardan u yoki bu san'at
turiga xos bo'lgan tasvirli-ifodali vositalar xususiyatlarini yuzaga keltiradi.
San'at turlari bir-birining o'rnini bosolmaydi: ularning har biri mustaqil,
o'zicha nodir va betakror bo'lib, voqyelikning bir tomonini bevosita aks ettiradi
O'sha tur u yoki bu insoniy his-tuyg'ularni ifodalashda boshqa turlarga nisbatan
ustivor o'rin egallaydi va muayyan cheklanganlik xususiyatiga ega bo'ladi. Masalan,
badiiy adabiyot hayotni keng va teran aks ettirishda, inson ruhiy-aqliy tomonlarini
ochib berishda tengi yo'q san'at turi bo'lsa-da, u ma'lum cheklanganlik xossasiga ega.
Badiiy adabiyot inson his-tuyg'ulari, sezgilari qirralrini ifodalashda musiqaga,
tasviriy san'atga teng kelmaydi. Hatto adabiyot, musiqa, tasviriy san'at
«qorishmasi»dan vujudga keladigan kino san'ati ba'zi
jihatlari bilan adabiyot,
musiqaning o'rnini bosolmaydi. Shu bois san'atning bir turini boshqasiga qarshi
qo'yish yoki ular o'rtasiga baland-past zinapoyalar tashlash maqbul emas: san'at
turlari teng asosda harakat qilib, voqyelikni aks ettirishda bir tur boshqa turlarga
nisbatan ustivor darajada namoyon bo'ladi. Masalan, san'atning bilish vazifasi badiiy
adabiyotda va u bilan bog'liq boshqa turlarda alohida bo'rtib ko'rinadi: musiqa inson
his-tuyg'u madaniyati, tasviriy san'at sinchkov kuzatish madaniyati: ochiq sahna
(estrada) va sirk san'ati esa ko'ngil ochish, tamosha madaniyatini yuksaltirishga
xizmat qiladi. San'at amaliyoti davomida uning ikki xususiyati-ajralish va
jamlanishga moyillik yaqqol ko'zga tashlanadi. Ajralish san'ati yangi turlarining
vujudga kelishi, ularning mustaqillikka intilishi bilan bog'liq bo'lsa, jamlanish san'at
turlarining biror
qorishmaga (sintezga) intilishida ko'rinadi. Bu ikki moyillik
insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotining barcha davrlariga xosdir. Ammo u yoki bu
davrda ulardan biri ustivor bo'lgan va har xil mazmun kasb etgan. San'atni
hozir
fazoli, vaqtli, fazoli-vaqtli ko'rinishlarga bo'lib o'rganish taomilga kirgan. Fazoli
ko'rinishga tasviriy san'at, haykaltaroshlik, chiziqli rasm (grafika), amaliy san'at va
me'morchilik; vaqtli ko'rinishiga badiiy adabiyot va musiqa, fazoli-vaqtli ko'rinishga
esa teatr, kino, televideniye kiradi.
Hodisalarning aniq-tuyg'uli qiyofasini aks ettirishi yoki aks ettirmasligiga
qarab tasvirli va tasvirli bo'lmagan ko'rinishlarga ham egadir.
Tasviriy san'at va