sifatida rangdan xalos bo'ldi. Rang ishlatilgan taqdirda ham u tasvirlanayotgan
narsa rangidan tubdan farq qiladi. Haykaltaroshlikda hajm asosiy tasviriy-ifodali
vosita, rang esa yordamchi vosita vazifasini bajaradi.
Haykaltaroshlikda asosan inson qisman jonivorlar aks ettiriladi. Unda inson
hajmli, mayin-egiluvchan, qiyofa va fazoli shakllar vositasida tasvirlanadi. Haykal
shunday
tomoshali
idrok
etishga
mo'ljallanganki,
mushohada etayotgan
tomoshabin uning hamma tomonini ko'ra oladi. Shu bois haykaltaroshlikda asosiy
badiiy vositalar hajm, aks-soya (siluet), vazn-ohang, mayin-egiluvchanlik belgilari
shunday joylashtiriladiki, uning barcha tomonlari ko'rinib turadi, aks -soya esa
fazoda yaqqol gavdalanadi.
Haykaltaroshlik asarlari turg'un, o'zgarmas xususiyatga ega. Boshqa san'at
turlaridan farqli o'laroq, unda nafaqat tasvir, balki osoyishtalikdagi hajmli narsa ham
ifodalanadi. Haykaltarosh harakatsiz holatda harakat taassurotini ajrata oladi yoki uning
bir lahzasi orqali haykalga harakat ifodasini baxsh etadi. Haykaltaroshlikda hayot faqat
harakat orqali ifodalanadi. Unda harakatni ko'rsatish ancha qiyin. Inson hayoti barcha
boyligini harakatda berish, harakatni esa inson qiyofasini bevosita yaratish tomon
davom ettirish lozim. Haykaltaroshlikda harakatni ko'rsatish inson tavsifining g'oyat
muhim tomonidir. Shu bois barcha arzigulik haykaltaroshlik asarlari - Amir Temur,
Ulug'bek, Bobur, Navoiy va boshqa ulug' siymolar haykallari avvalo harakat bilan
to'lib-toshgan tarzda ifodalangan. Haykaltarosh uchun harakatni tasvirlash asl maqsad
emas, balki u fikr va tuyg'ularni qiyofali aks ettirishi, uning voqyelikka nisbatan faol-
ijodiy munosabatini namoyon qilishi uchun vosita xolos.