Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Bezak naqsh bilan chambarchas bog'liq. Naqsh narsa-buyumning badiiy 
shaklga aylanishidir. Naqsh moddiy ashyolar bilan, ya'ni narsa-buyum bilan 
mustahkam va bevosita bog'liq emas. Bitta naqsh xilma-xil narsa-buyumlarni 
bezab turganligini har qadamda uchratish mumkin. Ko'pincha naqsh geometrik va 
tasviriy tomonlar vaznli almashinib turishiga chekilgan bezak ko'rinishida 
namoyon bo'ladi. Naqshda vazn, teng tomonlilik, mutanosiblik hissi kuchli 
namoyon bo'ladi va qaror topadi. Unda hodisalarning bevosita tuyg'uli qiyofasidan 
mavhumotga yo'g'rilgan his-tuyg'ular qaror topadi. Naqshda tasviriy tomon bo'lishi 
mumkin («o'simlik» yoki «jonivor» naqshlar), ammo u yordamchi vazifani ado 
etadi. Naqsh quvonch va qayg'u, osoyishtalik va bezovtalik kabi eng umumiy 
tuyg'u va kayfiyat holatlarni ifodalaydi. 
Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida u yoki bu g'oyaviy-tuyg'uli ohanglar 
naqshda ustivor darajada namoyon bo'ladi. Xalq hayoti va uning ruhiy holati 
xususiyatlari geometrik, o'simlik yoki jonivorlar mutanosibliklarida bajarilgan 
yetakchi naqsh ohanglarida ifoda topadi. Texnika estetikasining amaliy ko'rinishi 
bo'lgan «dizayn»ning vujudga kelishi, texnika loyihalarining maishiy narsa-
buyumlar sohasiga ham tadbiq etilishi natijasida texnika va bezakli amaliy san'at 
birligi shakllandi va o'zaro ta'sir o'tkazish jarayonlari yo'lga qo'yildi. 


San'at turlari orasida me'morchilik alohida o'rin egallaydi. Me'morchilik 
inson yashash muhitini uyushtirishda, uning hayot faoliyatida ulkan ahamiyat kasb 
etadi. Unda san'at va boshqa faoliyat sohalari o'rtasidagi cheklanganlik yo'q. U ikki 
tomolama bo'lib, ham moddiy, ham ma'naviy madaniyatga taalluqlidir. 
Me'morchilikning badiiy tomoni amaliy tomoniga bo'ysundirilgan bo'ladi. 
Me'morchilikda badiiy (qiyofali ifoda) avvalo, binolar yoki ular majmuining 
ijtimoiy ahamiyatligida ko'rinadi. Bu hol uning badiiy imkoniyatlarini yanada 
oshiradi va me'morchilik xususiyatlarini belgilab beradi. 
Boshqa san'at turlarida bo'lganidek, me'morchilikda ham bilish o'ziga xos 
tarzda namoyon bo'ladi. Alohida inshoot yoki majmua tarzidagi me'morchilik 
asarlari tarixiy davr yaxlit qiyofasini vujudga keltiradi. U o'z davrinig eng umumiy 
va o'ziga xos fikr va tuyg'ularini umumlashgan va mujassamlashgan tarzda 
ifodalaydi. Me'morchilik asarlari voqyelikni bevosita tasvir etmaydi, balki inson 
kechinmalarini aks ettiradi. Donishmandlar me'morchilikni «qotishma» musiqa yoki 
«toshdagi doston» deb ta'riflaganlar. Bular me'morchilik to'la tavsifini anglatmasada, 
uning tabiatini belgilaydi. Me'morchilik musiqaga o'xshab davr qiyofasini ijtimoiy-
ifodali ko'rinishda yaratadi. Agar musiqada qiyofa eshitish orqali idrok etishga 
mo'ljallangan bo'lsa, me'morchilik ko'rishga mo'ljallangandir. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish