ochib beradi, matnga o'z talqini bilan aralashadi, odamlar va ular hayot tarziga o'z
munosabatini bildiradi, ularning barchasini o'zining ijodiy tasavvurlari bilan
boyitadi.
Aktyor haqiqiy badiiy qiyofaga aylanib ketishga, uning mag'ziga kirib
ketishga intiladi. Matnni to'la egallab olish, qiyofa mag'ziga
yetib borish boshqa
san'at turlari va ko'rinishlarida ham sodir bo'ladi. Ammo, teatrda yorqin, betakror
qiyofa (obraz) lar yaratish aktyor mahoratining asl maqsadi va oliy cho'qqisi
hisoblanadi. Teatr aktyori ichki va tashqi jihatdan sayqal topgan mahorat, yuksak
ovoz-nutq ohangi va mayin-egiluvchan madaniyat sohibi bo'lishi kerak.
Dramaturgiya hamisha teatrni «yetaklab» yuradi. Aktyor va rejissyor
mahorati, hatto sahna texnikasining takomillashib borishi dramatik dabiyot
taraqqiyotiga bog'liq. Teatr san'ati dramatik asarni mustaqil talqin qiladi,
sahna
vositalari orqali o'ziga xos teranlikda ochib beradi, spektakl uslubi va ko'rinishi
yechimida teatr asari mustaqilligini namoyon qiladi. Shu tarzda rejissyor, aktyor,
rassom hamkorligida yagona yechim hosil bo'ladi.
Teatrning o'ziga xos «tili»-harakatdir. Teatr san'ati eng avvalo sahna harakati
san'atidir. Shu bois spektakl ijrochilarini «harakatdagi shaxslar» deb ataydilar.
Sahna harakati asosini dramatik harakat tashkil etadi. Dramatik harakat «ichki
harakat»dan tashkil topadi. «ichki» harakat inson ruhiy jarayonlarini qamrab oladi
va uning voqyelik bilan xilma-xil munosabatlari tabiatini ochib berishga xizmat
qiladi. Teatr dramatik harakatni sahna harakatiga aylantiradi. Hozirgi davr teatr
san'ati adabiyot bilan ko'proq aloqaga kirishmoqda. Sahnaga nasriy asarlar,
jumladan, roman ko'proq kirib borayotir. Teatr
jamoalari nasriy asarlarni
sahnalashtirishda
ham
muvaffaqqiyatlar
qozonmoqdalar.
Nasriy
asarlarni
sahnalashtirish badiiy madaniyatning hali o'zlashtirilmagan qatlamlarini kashf
etish, rejissyor izlanishlarini yanada faollashtirish, aktyor mahoratini yangi sifat
darajasiga ko'tarishga yo'l ochmoqda.
Sahna qorishmasida musiqa muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqali drama
teatrida musiqa voqyea-harakat rivojini ifodalaydi, asar mazmunini tomoshabinga
yetkazishga xizmat qiladi. Drama teatrida ham musiqa ahamiyati beqiyosdir. Zero
aktyor nutqi, uning sahnadagi hatti-harakatlari musiqa ohanglari va vazni
qonunlariga muvofiq tarzda ifodalanadi.
Spektakalning muayyan fazoli yechimlarida me'morchilik va musavvirlik
namoyon bo'ladi. Hozirgi teatrda sahna rassomi
ishtiroki sahnani jihozlash, yoki
aktyor o'yinini sodir bo'ladigan qulay maydonchani yaratish, spektakl g'oyasini
mumkin qadar mayin-jozibali yetkazish va boshqa mezonlar bilan belgilanadi.
Bordiyu, spektaklda musiqaviy, mayin-ifodali, tasviriy narsalar mustaqil yoki
ustivor ahamiyat kasb etib qolsa, unda sahna harakati tizimi izdan chiqadi. va
yaxlit sahna qiyofasi buziladi.