Kino san'ati tasviriy san'atning musavvirlik, haykaltaroshlik, me'morchilik
turlaridan ham keng foydalanadi. Film harakatni
tekislikda ifodalaydi, u harakatdagi
tasvir san'ati sifatida hamfazo, ham iyezoniga egadir.
Hozirgi kino san'ati bir qator ifoda vositalari orqali vujudga keladi. Masalan,
kinoda yorug'lik muallifning voqyelikka munosabatini namoyon qiladi, kayfiyat
vujudga keltiradi, hodisa ichki holati haqida tasavvur hosil qiladi,
qahramon ruhiy
holati va tuyg'ularini ifodalaydi.
Kino san'atida rang tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Rangli film
mavzui, mazmuni, badiiy rejasi ta'sirchan quvvatga ega bo'lib, bir necha rang va
oq-qora tasvirning o'ziga xos tomonlari bor. Hozir rangli kino asosiy o'rin egallab
olganligini eslatib o'tish zarur.
Kino ovoz bilan tirik. Ovozli kino inson bilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Kino va teatr san'atda ovoz-so'z bir xil maqomga ega emas. Teatrda so'z eng
muhim ifoda vositasi bo'lsa, kinoda so'z yordamchi xususiyatga ega. Kino uchun
tomoshali harakat eng muhim xususiyatidir.
Kinoda
qahramonning nigohi, yirik tasvirda ko'rsatilgan ayolning sezilar-
sezilmas yelka qisishi, yoki barmoqlaring titrab turishi, ichki kechinmalarini har
qanday so'z-iboralar orqali ifodalashdan ko'ra, tasvir orqali ko'rsatish afzaldir.
Kinoda so'z
harakatni takrorlab tursa, ko'rsatish mumkin bo'lgan holatlarni hikoya
qilsa, filmning zerikarli va o'ta cho'zilgan bo'lishi tabiiydir.
Kino va teatr bir-biriga juda yaqin bo'lib, ikkalasi ham adabiyot zaminida
vujudga keladi. Shu ma'noda ularni «ikkilamchi» (adabiyot birlamchi) san'at turi,
deyish mumkin. qorishmalik kinoga ham, teatrga ham xos. Ikkalasi ham fazo va
vaqt mezoniga bo'ysunadi va aktyor o'yini bilan bog'liq.
Kino o'z mavzuiga, ifoda vositalariga ega bo'lib, uning asosiy o'zagini
kinematografik harakat tashkil qiladi. Bu harakat kinokadr
ichidagi va kadrlar
birikmasi (montaj) orqali hosil qilingan harakat majmui hisoblanadi.