Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Badiiy qiyofaning asosiy tavsifi uni harakatga keltiradigan san'atkor g'oya-
rejasining tug'ilishi, uning asar tizimidan o'rin olish va nihoyat tomoshabin, 
o'quvchi, eshituvchi, tinglovchi idroki bilan bog'liq jarayonlar tavsifi bilan 
to'ldirilishi lozim. Mazkur bosqichlarning har biri muayyan vaqtda amalga oshadi. 
Bu bosqichlar orasida san'atkor g'oya-rejasi va uning sifati ko'p jihatdan asarning 
istiqbol taqdirini belgilab beradi. Badiiy reja o'zida voqyelikning ichki va tashqi, 
yakka va umumiy tomonlarini singdirgan bo'ladi. Badiiy reja-g'oya san'atkor 
miyasida avval boshdanoq mavhum tushuncha tarzida emas, balki jonli 
taassurotlar, voqyea-hodisalar bilan bog'liq holda vujudga keladi. Fikr-muddaoni 
amalga oshirish g'oya-rejaning o'zidanoq boshlanadi. 
Tadqiqotchilar fikricha katta iste'dod sohiblari, jumladan, Abdulla Qodiriy, 
Abdulla Qahhor, Oybek odatda o'z asarlari ilk rejalarini tuzib chiqar ekanlar, ularda 
bo'lajak asar to'qimasini asosi, voqyealar rivoji, ayrim qismlarning ifoda rejasini 
oldindan belgilab qo'yganlar. San'atkorning ilk rejasi uni hayratlantirgan voqyea-


hodisalar bilan tasodifan to'qnashishi natijasida vujudga keltirishi mumkin. Ammo 
bu hodisalar bir san'atkorni chuqur ta'sirlantirib, boshqasini beparvo qoldirishi 
zaruriyat (qonuniyat) tarzida namoyon bo'ladi. 
 
Badiiy g'oya-reja san'atkorni ijodga chorlaydigan ichki izchil turtkidir. U 
o'zining homaki chiziqlarda va iboralarda vujudga kelayotganligiga qaramay 
san'atkor ijodi davomida yo'naltirib turadi. San'atkorning voqyelik to'g'risidagi 
bilimlari, tasavvuri ta'siri ostida badiiy reja mazmuni ham o'zgarib boradi. 
San'atkorlar ijodiy jarayonida vujudga kelgan son-sanoqsiz adabiy asar homaki 
yozmalari, homaki rasmlar, bastakor musiqa asarlarining homaki qismlari shunday 
dalolat beradi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish