Kinokadr birikmasi (montaj




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Kinokadr birikmasi (montaj) kinematografik ifoda vositalari orasida 
muhim o'rin tutadi. Film yaratuvchisi uning yordamida tomoshabin fikr, tuyg'u va 
o'y-xayollarini bir nuqtada uyushtiradi hamda kinematografik vaqtni zichlashtirish 
yoki cho'zish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Kinokadr birikmasi (montaj) kino san'ati rivojining turli davrlarida turlicha 
ahamiyat kasb etgan. Bir vaqtlar ovozsiz kinoda uning roli mutloqlashtirilgan edi. 
Bu holat ovozli kinoda ham davom etib, u ba'zan aktyor o'rin va ayrim kadrlar 
mazmuni ahamiyatli tushirib yuborishga olib kelgan edi. 
Kino san'atining ifoda vositalaridan yana biri - harakatdagi kinokameradir. U 
film yaratuvchisi qo'lida harakatni mexanik tarzda plyonkaga tushiradigan texnik 
uskunagina bo'lib qolmay, balki eng muhim ijod quroli hamdir. Harakatdagi 
kinokamera kino san'ati imkoniyatlarini oshiradi, inson hayoti siru-asrorlarini


xulq-atvorining yashirin tomonlarini ochib berishga omilkor vosita sifatida xizmat 
qiladi. 
Kino san'ati kinoaktyor oldiga ham o'ziga xos talablar qo'yadi. Teatr aktyori 
tomoshabin va sahna oralig'idagi masofani hisobga olib ovozga «zo'r» beradi, imo-
ishoralar, hatti-harakatni ishga soladi. Kinofilmda esa bularning hammasi 
ahamiyatsiz bo'lib, kinokamera oldida kinoaktyor ko'proq o'zini tabiiy, samimiy, 
erkin, oddiy, vazmin, bemalol tutadi. Bu bilan kinoaktyor o'zining jozibador va 
ehtirosligini yo'qotmaydi. 
Kino jamoaviy ijod mahsuli bo'lib, unda ssenariy muallifi, rejissyor, operator, 
musavvir, bastakor, «kadr birikmasini» yaratuvchi (montajchi) va boshqalar mehnati 
ishlab chiqarish jamoasi mehnati bilan qo'shilgandan so'ng kinematografiya 
mahsuloti yaratiladi. Hozirgi zamon kinematografiyasi nafaqat san'at, balki ko'p 
sohali, zamonaviy texnika bilan jihozlangan ishlab chiqarish sohasi hamdir. Kinoda 
rejissyor kinematografik jarayon barcha qatnashchilarini birlashtirib turadi. Kino 
san'ati rivoji tarixini ko'p jihatdan rejissyor faoliyati tarixi deyish mumkin. 
XX asrning ikkinchi yarmida televideniye turi ravnaq topdi. Televideniye 
ham ilmiy-texnik inqilob mahsulidir. «Televideniye» o'zining ijtimoiy ahamiyati 
jihatidan kengroq miqyosdagi san'at bo'lib, u siyosiy, ilmiy-texnik, estetik va 
boshqa axborotning tezkor yetkazib berishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
«Televideniye»ning ilk badiiy vazifasi san'at turlari, xillari, ko'rinishlari 
samaralarini namoyish qilishdan iborat bo'lgan. «Televideniye» estetik 
faoliyatining alohida sohasi sifatida qaror topdi. «Televideniye» san'at turidir, deb 
qat'iy hukm chiqarish qiyin, chunki u shu qadar murakkab qorishma ijod sohasiki, 
uni voqyelikni badiiy idrok etishning maxsus sohasi yoki estetik faoliyatining 
maxsus turi deb atagan ma'qul keladi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish