Badiiy suratga olish (fotografiya)




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Badiiy suratga olish (fotografiya) tasviriy san'atning eng yosh turidir. 
Suratga olish texnikasi bilan bog'liq holda, narsalarni ikki o'lchamli tekislikda 
suratga olishning texnik vositasi sifatida boshlanib, keyin san'at turiga o'sib chiqdi. 
Foto san'ati avval surat ko'rinishida rassomchilik va chiziqli rasm ta'siri ostida 
qaror topib, keyin fotografiyaning kino san'ati bilan birga rivojlandi. Suratga olish 
ko'p jihatdan kino san'atining ravnaq topishiga asos bo'ldi va shundan foto mahsus 
san'at turiga aylandi. 
Suratga olishning asosiy xususiyati hujjatlilik bo'lib, u tasvir bilan 
tasvirlanayotgan narsaning aniq, haqiqiy va bevosita aynan aks etishidir. Agar 
musavvirlik va chiziqli rasmda hujjatlilik ulardagi san'atni nobud qilsa, u foto 
suratda asosiy zamin, bosh kuch, hayot tasvirining yagona shakli bo'lib xizmat 
qiladi. Suratga olish nafosat olamini ochadi, tuyg'ularimizga ta'sir o'tkazadi. 
 
Ifodali san'at turlari tizimiga bezakli amaliy, me'morchilik va musiqa san'ati 
turlari kiradi. Yuzaki qaraganda bir-biridan uzoq bu turlarni ularga xos bo'lgan 
qiyofalarni vaqtli mezonda namoyon bo'lishi hamda voqyelikni anglash jarayonida 
hodisalarning his-tuyg'ularsiz ifodalanishi birlashtiradi. Bu ijod turlari o'zining 
g'oyaviy-nafosatli burch-vazifalarini asosan ifodali vositalar orqali amalga oshiradi. 


 
Bezakli-amaliy san'at turi tasviri san'at turlariga yaqinroq turadi. Unda 
ham ravshan ifodalanuvchi tomonlar mavjud. Lekin uning tasviriy san'at 
asarlaridan farqlanuvchi bir talay jihatlari ham bor. Bezakli-amaliy san'at amaliy 
maqsadlarga mo'ljallangan bo'ladi. Ularning badiiy qiymati foydali-amaliy 
qiymatidan kelib chiqadi. Bu san'at turi inson faoliyatining badiiy va badiiy 
bo'lmagan sohalari oralig'idan joy oladi. 
Bezakli amaliy san'at inson badiiy faoliyatining ilk ko'rinishlari bo'lib, uning 
ibtidosi mehnat jarayonlari bilan chirmashib ketgan edi. U san'atning boshqa 
turlaridan farqli ravishda tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlarida ham badiiy va 
foydali-amaliy faoliyatning qorishmasi sifatida qadimgi madaniyat muhim 
belgilarini o'zida saqlab qoldi. 
Bezakli-amaliy san'at asosan maishiy turmush ehtiyojlariga xizmat qiladigan 
narsa-buyumlar yaratadi. Nafosat qonunlariga ko'ra, yaratilgan narsa-buyum, ya'ni 
shakl va mazmunga mos narsa, ya'ni buyum yaratishning o'zi san'at asari 
bo'lolmaydi. Narsa-buyumning amaliy va estetik xislatlariga g'oyaviy-badiiy 
ifodalilik qo'shilgandagina u san'at asari tarzida qaror topadi. Bezakli-amaliy san'at 
asari darajasida ishlangan narsa-buyum, ya'ni san'at asari hamma vaqt muayyan 
g'oyaviy-badiiy mazmunga ega bo'ladi. 
G'oyaviy-badiiy mazmunni aks ettirish uchun ko'p asrlar davomida bezakli-
amaliy san'atning o'z «tili» shakllangan. Mutanosiblik, vazn-ohang, tomonlar 
tengligi va bezak bu san'at turining muhim xususiyatlaridir. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish