Suhbat jarayonida har bir so'z,
voqyea-hodisa, har bir hatti-harakat, ibora boshqa
odam (suhbatdosh) ga faol tasir o'tkazish sifatida o'rin egallaydi.
Badiiy
adabiyotning turlari o'z navbatida bir necha xil va ko'rinishlarga bo'linadi. Ular epik
turda
xalq eposi; epik doston, roman-epopeya, roman, qissa;
lirik turda-qasida,
tuyuq, ruboiy, g'azal, mustahzod, she'r; dramatik turda-fojea (tragediya), komediya,
drama kabilardir. Ularning har birini janr deb atash ham qabul qilingan bo'lib,
mazmun umumiyligi, hayotiy hodisalar tanlovi, g'oyaviy-estetik baholanganligi, his-
tuyg'uli ta'sir kuchi bilan izohlanadi. Har bir janr o'ziga xos belgilari, badiiy vositalar
majmuining nisbiy qaror topganligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Badiiy adabiyot
san'atning barcha turlariga ta'sir o'tkazib keldi va hozir ham o'tkazmoqda. Badiiy
adabiyot ta'siridan holi bo'lgan badiiy ijod sohasi yo'q bo'lib, unda ilk bor qalamga
olingan mavzu, g'oya, ohang, qiyofa, hulq-atvor keyinroq san'atning boshqa turlariga
ham ko'chishi mumkin. San'atning teatr va kino kabi qorishma turlariga ham badiiy
adabiyot ilk asos vazifasini bajaradi. Nihoyat, san'at taraqqiyotining hozirgi
bosqichiga xos bo'lgan badiiy qorishma vujudga kelishida
ham adabiyot asosiy
uyg'unlashtiruvchi va jamlovchi omillardan biri bo'lib hizmat qilmoqda.