masalasi bilan shug'ullanadi: ahloqshunoslik insonni xulq-atvori qoidalari bilan
birga tadqiq etadi: estetika-insonning voqyelikka estetik munosabatini ochib beradi
va h.
Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan qat'iy
nazar, san'atda ustivor ahamiyatli maqomga ega bo'lishi mumkin emas. San'atda
fan odamlar uchun yaratiladigan insoniy faoliyat timsoli bo'lib xizmat qiladi.
Mabodo ilmiy-texnik, ekologik,
boshqaruv muammolari, his-tuyg'ulari, ma'nodan
mahrum etilsa, u yerda san'at bo'lmaydi. San'at hissiyotlar, tuyg'ular bilan tirik, u
hissiy ta'sir etish, ibrat ko'rsatish, tarbiya berish qudratiga egadir.
San'atda inson hamma vaqt ham bevosita ifodalanmaydi. Masalan,
san'atning manzara tasviri yoki natyurmort turida inson qiyofasi ifodalanmaydi. Bu
hol inson mazkur san'at asarlarida aks etmaydi, degan emas. Manzara tasviri inson
his-tuyg'ularining eng nozik va eng jozibali qirralarini namoyon etadi. Masalan,
O'rol Tansiqboyev, Ne'mat Qo'ziboyev, Rahim Axmedov, Ro'zi
Choriyev kabi
musavvirlarning manzarali tasvir asarlari orqali insonda yorqin mayuslik, beozor
shodlik, tashvishli ehtiros, ko'tarinki ruh, hayotbaxsh orzu-umidlar, ijodkorlik va
yaratish his-tuyg'ulari uyg'otadi. Bu asarlarda insonda his-tuyg'ular,
xilma-xil
kechinmalar qo'zg'ab, inson diliga, uning ruhiga ta'sir o'tkazish bilan san'at va
inson yaxlitligini, hamohangligini paydo qiladi.
Shunday qilib, san'at nafaqat insonning o'zini, balki uning idrok etishi
mumkin bo'lgan barcha narsalarni, voqyea-hodisalarni aks ettirib, hissiy tuyg'u
keltirib chiqaradi. san'at insonni bevosita aks ettirmasada,
biro narsaga inson
munosabatini faol ifodalaydi, biror narsani inson mezoni bilan baholaydi.
Baholashda esa hamisha inson mohiyatini anglashga qaratilgan bilish holati
mavjuddir. San'at narsalarda, tabiat hodisalarida inson uchun ahamiyatli bo'lgan
ma'no izlaydi, qidirib topadi va ishga soladi. San'at voqyelikning har qanday
hodisasida ijtimoiy ma'no paydo qiladi.
San'atning ijtimoiy hayotda tutgan o'rnini belgilash ko'p jihatlardan uning