Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

mafkuraviy tabiatini anglash bilan bog'liq. Ammo san'atni mafkuradan butunlay 
ajratib mushohada etmaslik hamda san'at bilan mafkurani bir-biriga qorishtirib 
yubormaslik lozim. 
San'at ham, mafkura ham tarixiy hodisa, lekin san'at mafkuradan oldin 
vujudga kelgan. Mafkura esa qarama-qarshi ijtimoiy guruhlar qarashlari natijasida 
qaror topadi. Shu bois ijtimoiy guruhlar mafkurani o'zlarining qarashlari ifodasi 
sifatida ta'riflaydilar. Zero, mafkura u yoki bu ijtimoiy guruh faoliyatining maqsad -
yo'nalishlarini nazariy asoslab, mazkur maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini 
belgilab beradi. U ijtimoiy guruhlarning aniq yo'nalishiga mo'ljallangan xatti-
harakatlari va hulq-atvorlari dasturini ishlab chiqishga g'oyaviy-nazariy asos bo'lib 
izmat qiladi. 


Shuni ta'kidlash kerakki, san'at hyech vaqt u yoki bu mafkura, u yoki bu 
qarashlar ifoda vositasi bo'lib qololmaydi. San'at umuminsoniy manfaatlar va 
intilishlarning to'g'ridan to'g'ri ifoda vositasidir. Har qanday mafkura umuinsoniy 
bo'lsagina san'at mag'zidan o'rin oladi. Mafkuraning san'at mag'ziga kirib, singib 
borish jarayoni ko'p shakllar va yo'nalishlarga ega. Ijodkor dunyoqarashi 
umuminsoniy estetik omillar ta'siri ostida shakllanadi. 
 
San'at va siyosat o'zaro oshkora yoki niqobli tarzda namoyon bo'ladi. Bu 
yerda san'at amal qilayotgan davr, uning turlari va ko'rinishlari, ijodkor 
dunyoqarashi katta ahamiyat kasb etadi. 
San'at bevosita siyosiylashgan hollarda u yoki bu siyosiy orzu-umidlarni 
ochiqdan-ochiq himoya qilishi, u yoki bu turmush tartibotini qaror toptirishi yoki 
rad etishi mumkin. Masalan, Aristofan komediyalari, Shiller dramalari, David va 
Delakrua suratlari, Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va 
Avaz O'tar o'g'li hajviy she'rlari shular jumlasidandir. 
O'tmish ijodkorlari muayyan ijtimoiy guruh manfaatlari yo'lida siyosat bilan 
bog'lanib qolganlarini o'zlari fahmlagan holda asarlar yaratganlar. Chunki, ijodkor 
asar yaratish o'z davrining siyosiy hayotidan butunlay xolis bo'lishi, o'zining siyosiy 
qarashlari va g'oyalaridan mustasno tarzda ijod qilishi qiyin. Lekin, o'z tabiati va 
mohiyati jihatidan xilma-xil bo'lgan siyosiy mafkura san'atga turli darajada ta'sir 
o'tkazadi. Ilg'or, taraqqiyparvar ruhdagi siyosiy g'oyalar barcha davrlarda ham 
ijodkor iste'dodiga samarali ta'sir ko'rsatgan va san'atning ravnaqi uchun zamin 
bo'lib xizmat qilgan va aksincha, qoloq hamda mustabid ruhdagi siyosiy qarashlar 
hatto eng ulug' ijodkorlar faoliyatlariga ham halokatli ta'sir o'tkazib, ular 
iste'dodlarini kishanlab qo'ygan. Buni biz Sho'rolar davrida o'zbek adabiyotida 
Hamid Olimjon, G'ofur G'ulom, Oybek, Abdulla qahhor, Uyg'un ijodida ko'rishimiz 
mumkin. San'at va ahloq o'zaro munosabatlari estetikada o'zak masalalardan biri 
bo'lib, bu masalaga uch uslubda yondoshiladi. Birinchisi-»ahloqiylik» uslubi 
deyiladi. Bu uslub Ovrupo nafosatshunosligidagi yunonlar, jumladan Aflotun, yangi 
lavrda esa Russo va L.N.Tolstoy ijodida kengroq va chuqurroq ishlab chiqilgan. 
«Ahloqiylik»ning mohiyati shundaki, uning targ'ibotchilari tarixan turli davrlarda 
yashaganiga qaramay, badiiy ijodni ahloq-odobga bo'ysundirish, ezgulikni san'atning 
birdan-bir va eng oliy maqsadi sifatida targ'ib etishdir. 
Ikkinchi yondoshuv san'atni ahloqdan «ozod qilish» uslubidir. Dastavval 
qadimgi dunyo tanazzuli paytida vujudga kelgan bu yondoshuv Ovrupoda 
rivojlangan kapitalistik jamiyat bag'rida mustaqil nafosatli oqimga ajralib chiqdi. 
Dastlabki paytlarda «ahloqsiz» yondoshuv san'atga Ovrupo burjua iste'molchiligi 
ruhiga qarshi norozilik tarzida, ya'ni san'atni hukmron doiralar ahloqi va odobi 
qoidalariga bo'ysundirishga qarshi kurashish ruhida vujudga keladi. Bu hol Oskar 
Uayld, Edgar Po, Bodler kabi ijodkorlar asarlarida aks ettirilgan. XIXasr 


oxirlaridan boshlab oshkora estetik ahloqsizlik keng targ'ib qilina boshlandi. 
Masalan, olmon faylasufi F. Nitsshe ahloqiylik ruhi san'at erkinligini bo'g'adi, 
san'at ezgulikdan ham, yozuvlikdan ham mustasno bo'lishi kerak, deb uqtirgan edi. 
Uchinchi 
yondoshuv-san'atda 
ahloqiylik bilan «ahloqsiz»likni birlashtirish 
uslubidir. Bu uslubni ilk bor Arastu nazariy jihatdan asoslagan. Keyinchalik u 
inqilobiy demokratik oqim tarzida qaror topdi. Mazkur badiiy ijod uslubi 
mohiyatida san'atning ahloqiy-tarbiyaviy ahamiyatini yuksak baholash mavjud 
bo'lib, unda ahloqiy ibtido estetik orzuga nisbatan tashqi qobiq vazifasini emas, 
balki uning ichki tarkibiy mag'zini ifoda etadi. Bu uslubdagi yondos huvga ko'ra, 
san'at ahloqiylikning estetik maktabi bo'lib xizmat qiladi, san'at asarlarida badiiylik 
bo'lmasa, u ahloqiylikdan mahrum bo'ladi. Boshqacha aytganda, badiiylik hamma 
vaqt ahloqiylikni, ahloqiylik esa yuksak darajadagi nafosatli didni taqozo etadi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish