• Mashg’ulot turi
  • Mashg’ulot vaqti
  • Guruh: bot 22-5 guruh




    Download 45,39 Kb.
    bet1/2
    Sana14.05.2024
    Hajmi45,39 Kb.
    #232947
      1   2
    Bog'liq
    Z.Sh.Sadriddinova ochiq dars


    Sana: 10.11.2023 y
    Guruh: BOT 22-5 guruh
    Fan: Tarbiyaviy ishlar metodikasi
    Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari.
    Maqsad: Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari bilan ishlash metodikasini shakllantirish
    Mashg’ulot turi: amaliy
    Mashg’ulot metodi: FSMU, BBB, aqliy hujum, suhbat, savol-javob, tushuntirish, klaster, muzyorar, zinama zina
    Mashg’ulotda foydalanilagan pedagogik texnologiyalar: “Swot” “Keys study”, “Loyiha”, “modulli va integral ta’lim”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim”, “Klaster”
    Mashg’ulot jihozi: elektron doska, slaydlar, videoqo’llanma, rag’batlantiruvchi kartochkalar, tarqatmalar, testlar.
    Mashg’ulot vaqti: 80 daqiqa


    Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari.
    Reja:

    1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari.

    2. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari.

    Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.


    O‘zbekiston birinchi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan.
    Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
    Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg‘armalar, qo‘mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
    Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
    Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini tahminlagan holda, uni shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish.
    Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
    Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
    Buning uchun: – yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
    – o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
    – har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
    – insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunadigan, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‘lanishi lozim.
    – vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat-muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga, bayrog‘iga, gerbiga, madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
    – qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mashuliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;
    – mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirmoq kerak;
    – turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondoshish fazilatlarini shakllantirish;
    – sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;
    – yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
    Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim :
    – tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigit-qizning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;
    – yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror toptirish;
    – milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
    – shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish,
    Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi, bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
    O‘smir yigit va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
    Fuqarolik faoliyati o‘z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
    – islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi;
    – siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish;
    – xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini, o‘zining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qathiy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bo‘lish;
    Maktabning o‘quvchilar bilan olib boradigan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari xilmag‘xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfdan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini yo‘lga qo‘yish formalaridan biridir.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi. O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
    Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi lozim:
    – pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o‘ziga xos anhana vositalariga tayanish;
    ulg‘atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.
    Sinfdan tashqari ishlarni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha xilda bo‘lishi mumkin:
    a) fan to‘garaklari;
    b) mohir qo‘llar to‘garaklari;
    v) duradgorlik to‘garaklari;
    g) sport to‘garagi;
    d) badiiy xavaskorlik to‘garagi.
    O‘rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak rahbarlarig yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka ahzo bo‘lishga chorlaydi.
    Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularni dunyo qarashini to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
    – darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
    – o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish;
    – sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
    – umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
    – o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
    Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va mahmuriy.
    Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi.
    Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
    – tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;
    – tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
    – tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
    – sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
    Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko‘zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
    Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada o‘quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o‘quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo‘lga qo‘yishga bog‘liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o‘quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
    Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o‘tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va
    suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
    O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
    O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar, jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo‘lsa-da, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
    1. Og‘zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig‘inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og‘zaki gazetalar, radiojurnallar.
    2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to‘garaklari, shanbaliklar.
    3. Ko‘rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko‘rgazmalari.
    Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishlari lozim.
    Jamoat tashkilotlari o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma xil mashg‘ulotlarni o‘qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari bo‘ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to‘garak va individual formalarda tashkil qilinadi.
    Ommaviy formalar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko‘riklar, quvnoqlar va topqirlar to‘garagi, sayr, sinf ki maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko‘rgazmalari v hokazolar.
    To‘garak ishlari: maktabdagi har bir to‘garak o‘zining doimiy ish kunlari va soatlarig ega bo‘lishi lozim. To‘garakda qathiy intizom bo‘lishi: to‘garak ahzolari mashg‘ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to‘garak topshiriqlarini batrtib bajarishlari, to‘garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
    Sinfdan tashqari individual ish: har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o‘qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. O‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan nrsalarini qandy idrok qilayotganini o‘qituvchi bilishi juda muhim. SHuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o‘quvchilarda o‘qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
    Individual topshiriqlarning turlari juda ko‘p bo‘lib, o‘simliklar o‘stirish, gullar, svzvotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, istehdodlarini o‘stirishga yordam beradi.
    O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va kamolot darajalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim o‘qituvchilar, gruppa yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish.

    Maktabdan tashqari ishlar


    Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi.
    Tuman, shahar, o‘lka va respublika hamda maktab o‘quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq maorifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
    Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
    Ko‘pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar bilan olib boriladigan thlim-tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga yo‘llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo‘lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning forma va metodlarini, ularni oqilona yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.

    Test savollari :


    1.Tarbiyaning asosiy vazifasi –
    *A) – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir
    B) – erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi
    S) - qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir
    D)- shaxsning aqliy rivojlanishi
    2.Og‘zaki ish usullari...
    A) Turli axborotlar
    *B) Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig‘inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radiojurnallar.
    S) Munozaralar, uchrashuvlar
    D) Ertalabki yig‘inlar


    Download 45,39 Kb.
      1   2




    Download 45,39 Kb.