qarsak yanglishmagan bo'lamiz, chunki uning komediyalaridagi hazil va masxara
uyg'unligi aslida asoratdan bo'shatilgan ijodiy kuchlarning mavj urish o'yinining
ifodasidir.
Shekspir komediyalarining markazida insonni ulug'laydigan, tabiiy va
sog'lom tuyg'u bilan to'lgan sevgi turadi. Ularning ko'pchiligidagi kulgililik inson
tabiatini buzadigan shartlilik, rasm-odatlar ustidan sevgi g'alabasi mavzui asosiga
qurilgandir. Mana shu munosabat bilan istiqlol yo'lida amal qilayotgan o'zbek
komediya san'ati uchun Shekspir badiiy an'analarining ahamiyati beqiyosdir. Haqli
ravishda kulgining fosh etuvchi rolini ta'kidlar ekanmiz, uning kam ahamiyatli
bo'lmagan boshqa qirralari tarbiyalovchi kulgi, ko'ngilni yumshatadigan va
bo'shatadigan kulgi, achinish va mehr-shafqat ko'rsatish kulgisi, hayotbaxsh va
do'stona kulgi ko'rinishlari mavjud ekanligini unutmasligimiz kerak. Kulgililikning
barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo'lish imkoniyatlariga ega bo'lib
borsalar, shunchalik ko'p ahamiyat kasb etadilar. Rivojlangan hazil tuyg'usi,
hayotning kulgili tomonlarini nozik ilg'ab olish va fahmlash qobiliyati rivoji
borgan sari shaxsning ma'naviy-ruhiy sog'lomligi hamda barkamolligi ko'rsatkichi
bo'lib boraveradi.