Kulgililik tushunchasi talqinining har biri odatdagidek o'zining aniq, oqil
mag'ziga ega bo'ladi, kulgililikka haqiqatda ham xos bo'lgan ba'zi tomonlarini ochib
beradi, lekin shu bilan birga bir tomonlamalik kasaliga uchrab, kulgililikning qandaydir
bir tomoninni bo'rttirib, haddan tashqari oshirib yuboradida keyin uni kulgililikning
mutloqqoidasiga aylantirishadi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar sngari faqat obyektiv tomonga ega
bo'lmay, subyektiv tomonlarni ham o'zida birlashtiradi. Kulgililikning s ubyektiv
tomoni-keng ma'nodagi hazil (yumor) tuyg'usidir. (Molyer hazil tuyg'usini
insonni
hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Kulgililikning subyektiv
tomoni bo'lgan hazil tuyg'usi shaxsning tabiiy va erkin, bevosita
idrok etish
natijasida xilma-xil kulgili beo'xshovliklarni ko'rib, anglab, ularga kulgi bilan
javob berish qobiliyati ifodasidir. Hazil tuyg'usi juda murakkab aqliy tuyg'u bo'lib,
unda shaxs o'zining butun borlig'i bilan namoyon bo'ladi, uning his -tuyg'u va aql
madaniyati, orzu-umidlari matni va tabiati namoyish etiladi.
Xalq orasida keng
tarqalgan: «Do'stlaring kimligini menga aytsang, sening kimligingni men aytib
beraman» naqliga qiyos qilib, bu yerda biz ham: «nima haqda kulayotganingni
menga aytsang, sening kimligingni men aytaman» deyishimiz mumkin bo'lar edi.
Kulgi u yoki bu darajada o'z manbai va o'z namoyondasi bilan birga yaxlit
birlikni tashkil etadi. Insonning turli sabalarga ko'ra kulgisi qistaydi. Masalan,
to'yimli va mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham uchraydi:
chunki bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik-jismoniy idrok etish
ifodasi bo'lib xizmat qiladi. Bevosita kulgililik bilan bog'liq bo'lgan kulgi masalasiga
shuni aytishimiz kerakki, u biror bir hodisaning, birinchi navbatda, insonning tashqi
ko'rinishi bilan uning asl mohiyati o'rtasidagi nomuvofiqlik ziddiyati, boshqacha
aytganda, amaldagi voqyelik bilan yuksak estetik orzularga mos kelishi kerak
bo'lgan voqyelik o'rtasidagi muhim tafovutlar, beo'xshovliklar, kelishmovchiliklarni
tabiiy anglash natijasida vujudga keladi.
Ba'zi-bir odamlar o'zining pastkash, johil, loqayd,
xudbin mohiyatini tashqi
viqor, oliftalik, takabburlik bilan «bezab» ko'rsatmoqchi bo'ladi. Bunday odamlarni
uchratganda ham kulish, ham quvonish mumkin. Kulishimiz manbai bo'lib bu
odamlagi mohiyat bilan ko'rinish o'rtasidagi beo'xshovlik bo'lsa, quvonishimiz
sababi
mazkur
haqiqatni
anglashimizdan,
haqiqatni
yolg'ondan
ajratish
qobiliyatimiz mavjudligini kelib chiqadi. Bu nisbatning yana bir (o'ziga xos
kulgili) tomoni shundaki, bizning quvonchimizga «sog'lom» xudbinlik hissi ham
qo'shilib
ketishi mumkin, chunki biz mazkur odamning asl mohiyatini anglash
qobiliyatimiz bilan ma'naviy-insoniy jihatdan u odamdan yuqori turish o'yiga ham
kelishimiz bizga yoqadi. Kulgi shu tariqa insonni ruhan ko'taradi, unga insoniy
g'urur tuyg'usi bag'ishlaydi. qo'rquv bilan kulgi bir-biriga o'ta qarama-qarshi
tushunchalar bo'lib, agar inson yaramas va hunuk hodisalar ustidan kulishga
o'rganib olsa, u bu illatlardan qo'rqishni tark etadi va ular bilan kurashga bel
bog'laydi.
Kulgi o'z tabiati jihatidan demokratik mazmunga ega bo'lib, barcha odamlarni
bir-biriga qovushtirib baravarlashtiradi, chunki kulishayotgan odamlar o'zaro
tenglashadilar. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina bo'lib qolmay,
balki insonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir.
Kulgi beqiyos rango-
ranglik, xilma-xil qirralarga ega bo'lib, mayin, rag'batlantiruvchi, hushfe'l hazil
tuyg'usidan tortib, to ayovsiz achchiq istehzogacha bo'lgan keng doirada amal qiladi.
Kulgililik o'zining barcha xilma-xil ko'rinishlari boyligi bilan san'atning
me'morchilikdan boshqa deyarli hamma turlarida namoyon bo'ladi, lekin o'zining
eng to'la bo'lgan estetik ifodasini komediyada topadi.