vujudga kelishi
va rivojlanishida diniy, ahloqiy amallarning ta'sir kuchi darajasi
bilan belgilanadilar, baholanadilar, o'lchanadilar.
San'at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shu bilan izohlanadiki, jamiyat
badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy
taraqqiyoti darajasiga
mos kelavermaydi. San'atning taraqqiyoti yoki tanazzuli, uning u yoki bu turi,
ko'rinishining yorqin ifoda topishi aniq ijtimoiy munosabatlar tabiatiga, muayyan
guruhiy kuchlar nisbatiga, mafkuraviy
hayot xususiyatlariga, jamiyatda shaxs
egallab turgan maqomiga, albatta, bog'liqdir. Masalan, qadimgi dunyo san'atining
ravnaqi bir qator shart-sharoitlar va omillarning bir-biriga mos kelishi va o'ta qulay
vaziyatning vujudga kelishi orqasida qaror topdi. San'atning jamiyat hayotida nisbiy
mustaqil amal qilishi vorisiylik qonuniyatining namoyon bo'lishi bilan ham bog'liq.
Vorisiylik faqat san'atga xos bulgan hodisa emas. U ijtimoiy ongning hamma
shakllariga taalluqlidir. Vorisiylik jamiyat moddiy asosi bilan bog'liq bo'lgan siyosiy
va huquqiy ong sohalarida ko'proq namoyon bo'ladi.