Qadimgi Yunon mumtoz falsafasi haqida gap ketganda shu paytgacha e'lon
qilangan adabiyotlarda uni go'yo Yunonistonda o'z-o'zidan paydo bo'lib qolgan
aqliy yuksaklik, ya'ni, yunonlarning (ovro'poliklarning) boshqa irqlarga nisbatan
buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi
Yunoniston fani va madaniyati Eron, Bobilon, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston
singari Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga
ko'tarilgan. qadimgi Sharq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o'tagan.
Chunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, Hyeraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar
ana shu maktab ta'limotidan bahramand bo'lib, buyuklikka erishganlar. Buning
isbotini deyarli barcha qadimgi manbalarda, hususan, yunonlardan qolgan falsafiy,
adabiy, tarixiy manbalarda ko'rish mumkin.
Qadimgi yunon mumtoz nafosatshunosligi deganda biz, asosan, bir qator
buyuk siymoni nazarda tutamiz. Bular - Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar.
Suqrot (m.a. 469-399 yillar) jahon falsafasida birinchi bo'lib antropologik
yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik
yondoshuv hukmron edi. U diqqatni kosmos-fazoga emas, balki insonga qaratdi,
insonni amaliy hatti-harakati, axloqiyligi nuqtai nazaridan o'rganishga kirishdi.
Suqrot axloqshunoslik va nafosatshunoslikning, axloq va go'zallikning uzviy
aloqasini ta'kidlab ko'rsatadi. Uning ideali-ma'nan va jisman go'zal inson. U
insonni san'atning asosiy obyekti sifatida olib qaraydi, san'atning nafosatli va
axloqiy me'zonlari masalasini o'rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy
jarayonni ochib berishga urinadi.
San'at Suqrotning fikriga ko'ra, taqlid orqali hayotni in'ikos ettirishdir. Lekin
bunday taqlid aslo nusxa ko'chirish emas. Haykaltarosh Porrasiy bilan suhbatida
mutafakkir san'atkor insonni, tabiatni, voqyelikni umumlashtirish orqali qaytadan
jonlantiradi. Haykal ham, ya'ni, tosh ham, boshqa san'at turlaridagi kabi «qalbning
xolatini», insonning ruhiy-ma'naviy qiyofasini aks ettirishi kerak. Axloqiy
idealargina in'kor etilishga loyiq.
Qadimgi Yunon nafosatshunosligida Aflotunning (m.a. 427-347) qarashlari
diqqatga sazovordir. Uning nafosat borasidagi fikr-mulohazalari asosan «Ion»,
«Fedr», «Bazm», qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o'z ifodasini topgan.
Aflotun Suqrotdan farqli o'laroq, g'oyalar muammosini o'rtaga tashlaydi.
Uning nazdida asl borliq ana shu g'oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha
bo'lsa, g'oyalar ham shuncha. g'oyalarning o'rni narsalarga nisbatan birlamchi;
avvalo g'oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi xis etiluvchi narsalar
hissiyotdan yuksak turuvchi g'oyalarning in'ikosidir. Aflotunning fikriga ko'ra, asl
go'zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo'lmaydi, u g'oyalar olamiga taalluqli.
«Davlat» asarida faylasuf g'or haqidagi mashhur masal-afsonani keltirar ekan,
bizga ko'rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor-yo'g'i soyalar o'yini haqiqiy
dunyoni ko'rish uchun esa inson ojizlik qiladi. Inson g'or devoriga kishanband
qilingan tutqunga o'xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning soyasini kuzata oladi,
holos, haqiqiy borliq esa ana shu soya ortida ko'rinmay qolaveradi. Go'zallik ham
haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida yetishish mumkin emas,
faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o'zgarmas, zamon va makondan
tashqarida. Bu o'rinda Aflotunning haqiqiy go'zallik sifatida Xudoni nazarda
tutayotganini ilg'ash qiyin emas.
Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, Aflotun, san'atkorni o'ziga xos
nus'ha ko'chiruvchi sifatida talqin etadi; u his etiladigan narsalar olamini aks ettiradi,
bu olam esa o'z navbatida, g'oyalarning nus'halaridir. Demak, san'at asari-nus'hadan
olingan nusxa, taqlidga taqliq, soyaning soyasi. Shu bois in'ikosning in'ikosi sifatida
san'at, birinchidan, bilish quroli bo'la olmaydi, aksincha, u aldamchi ro'yo, asl
olamning mohiyatiga yetib borish yo'lidagi to'siqdir. Ikkinchidin, u axloqqa nisbatan
betaraf turadi, hatto axloqning buzilishiga ham sabab bo'lishi mumkin. Uchinchidan,
tomoshabinni ma'naviy yuksaklikka emas, balki ruhiy kasallikka olib keladi.
Aflotun san'atning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi.
Uning nazdida shoir «faqat ilhomlangan va jazavaga tushgan paytida, unda es-hush
yo'qolganida ijod qiladi; toki es-hushi joyida ekan, u ijod va karomat qobiliyatidan
mahrum». Shoir o'zi anglamagan xolda, telbavor, savdoyi bir xolatda ijod qiladi.
Shu bois san'at qonun-qoidalarini bilishning o'zigina yetarli emas: san'atkor bo'lib
tug'ilishi lozim.
Qadimgi Yunon nafosatshunosligining yuksak cho'qqisi Arastu (m.a. 384-
322) ijodidir. Uning «Hitob» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «She'riyat san'ati»
(«Poetika») asarlarida nafosatshunoslik muammolari o'rtaga tashlangan.
Arastu go'zallik masalasini o'z tadqiqotlari markaziga qo'yadi. U go'zallikni
tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko'radi. Go'zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa,
tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo'ladi. Go'zallikning yana bir belgisi,
Arastu fikriga ko'ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli
mavjudotlar ham hajman oson ilg'ab olinadigan bo'lishlari kerak, deydi faylasuf-
Shunga o'hshash fabula ham oson esda qoladigan cho'ziqlikka ega bo'lishi shart».
Go'zallikning eng muhim belgisini esa, Arastu uzviy yaxlitlik deb ataydi. Uning
talqiniga ko'ra, yaxlitlik ibtido, markaz va intihodan iborat bo'ladi. Arastugacha
go'zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo'lib ularni farqlaydi;
ezgulik faqat harakat orqali, go'zallik harakatsiz ham voqye bo'ladi, degan fikrni
o'rtaga tashlaydi.
San'at tabiatga taqlid qiladi deganida, Arastu, san'at tabiatnig faoliyat usulini
in'ikos ettirishini nazarda tutadi. San'at ana shu taqlid natijasida, tabiatga o'xshab
organizm yaratadi. Mazkur organizm yaratgan san'atkor faoliyati san'at qonun-
qoidalariga bo'ysinadi, u haqiqiy aql-idrokka e'tiqod qilguvchi «ijodiy odatdir».
Umuman olib qaraganda, san'atning taqlid obyekti odamlarning hatti-harakati,
hatti-harakat bo'lganda ham, shunchaki emas, balki ularning axloqiy tabiati aks
etadigan qilmishlaridir. qisqacha qilib aytganda, nafis san'atning vazifasi insoniy
tabiatni ifodalash, ya'ni unga taqlid qilish. Lekin bu taqliq, bu in'ikos voqyelikdan
shunchaki nusxa ko'chirish emas, balki ijodiy yondoshuv asosidagi in'ikosdir. Shu
munosabat bilan Arastu she'riyat va tarixan solishtirib, shunday deydi; «Shoirning
vazifasi haqiqatan bo'lib o'tgan voqyea haqida emas, balki ehtimol yoki zaruriyat
yuzasidan ro'y berishi mumkin bo'lgan voqyea haqida so'zlashdir.
Ma'lumki, Pifagor birinchi bo'lib «forig'lanish» - «katarsis» tushunchasini
mohiyatan diniy ma'noda qo'llagan edi. Arastu esa uni san'atga nisbatan ishlatadi.
Forig'lanish Arastu talqiniga ko'ra, san'at o'z oldiga qo'ygan maqsad, hususan,
fojeaning (tragediyaning) maqsadi. U mohiyatan qo'rquv yo achinish tufayli inson
qalbini salbiy hissiyotlardan forig'lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir
ko'rgiliklariga hotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga
tushganlarga o'zida hamdardlik tuyadi. Ya'ni, san'at insonni olijanoblashtirish,
yaxshilash hususiyatiga ega Masalan, sizdan oshnangiz tez kunda qaytib beraman
deb qarz oldi-yu, lekin bir oy bo'lsa ham qaytargani yo'q. Siz g'azabdasiz.
Oshnangizni endi bir boplab sharmanda qilmoqchi bo'lib yuribsiz. Shu orada
teatrga tushdingiz. «qirol Lir» spektakli ketayotgan ekan. Lirning fojiasi, otasini
joni dilidan sevgan Kordeliyaning fojeasi-bo'g'ib o'ldirilgan go'zal qiz egilgan,
lekin sinmagan haqiqat, adolat sizni larzaga soladi. Sizda pokizalik, halollik,
timsoli bo'lmish bu odamlar qismatiga achinish, ularga hamdardlik hissi uyg'onadi,
odatiy turmushning ikir-chikirlari, tashvishlari sizga sahnadagi buyuk insonlar
jasorati va fojiasi oldida juda mayda ko'rinadi; qarz olgan oshnangiz haqidagi
o'ylaringiz e'tiborsiz bir narsa bo'lib tuyuladi, kechagi hayollaringizdan o'zingiz
uyalasiz, qisqasi siz san'at asarini idrok etganinigizdan so'ng mayda hislardan
forig'lanasiz, ma'naviy jihatdan kechagiga qaraganda bir bosh yuksakka
ko'tarilasiz. Arastu aytgan katarsis-forig'lanish mana shu. San'at ana shu
forig'lanish vositasida insonni tarbiyalaydi.
Shunday qilib, antik davr nafosatshunosligining yuksak nuqtasi sifatida
Arastu ijodi hanuzgacha kishilik tafakkurida o'z ahamiyatini yo'qotgan emas.
Qadimgi
dunyoning
mumtoz
nafosatshunosligida
Qadimgi
Rum
mutafakkirlarining ham o'z o'rni bor. Chunonchi Tit Lukresiy Kar (milodgacha 99-
55 yillar), Kvint Horasiy Flakk (milodgacha 165-8 yillar)qarashlari diqqatga
sazovor. Tit Lukresiy Kar o'zining «Narsalarning tabiati» asarida san'atning kelib
chiqishini tabiatga taqlid deb izohlaydi. Ya'ni, san'at insonlarning real
ehtiyojlaridan kelib chiqqn. Uning nazdida san'at faqat lazzat, orom bermaydi,
balki, foydalilik hususiyatiga ham ega: u chunonchi, narsalarning tabiati haqida
bilim beradi.
Qadimgi Rum shoiri Horasiy esa nafosatshunoslik borasidagi o'z
qarashlarini «Pizonlarga maktub» yoki keyinchalik «She'riyat san'ati» deb atalgan
asarida bayon etadi. U ham Lukresiy Kar asari kabi she'riy shaklda yozilgan. U
me'yoriy tabiatga ega. Shoir uchun u izchillik, yaxlitlik, birlik, qamrovlilik
kerakligini ta'kidlaydi. Asarda mazmun xal qiluvchi ahamiyatga molik deb
hisoblanadi. Horasiy shoirdan, avvalo, falsafiy bilim egasi bo'lishni, ikkinchidan
samimiyatni talab qiladi. Bundan tashqari Horasiy she'riyatning xil va turlariga
ta'rif beradi, asosiy diqqatni bunda u fojeaga (tragediyaga qaratadi. Rangtasvirni
she'riyat bilan ko'p jihatdan o'xshashligini alohida ta'kidlab o'tadi. Har qanday
nomutanosiblikni, uyg'unlikning buzilishini, sohtalikni qoralaydi.
Umuman olganda, qadimgi dunyo nafosatshunosligi, hususan, uning
mumtoz davri keyingi davrlar nafosatli tafakkur taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatdi
va bu ta'sirni hozir ham ma'lum ma'noda his qilish mumkin.
Musulmon olami ilmiy tafakkuriga taqlidan Ovrupo Uyg'onish davri
boshlandi. Italiyalik va ispaniyalik insonpavarlar zimdan cherkov bilan olishdilar
va insonni ilohiy mavjudot sifatida yuksakka ko'tardilar. Undan keyingi
mumtozchilik va ma'rifatparvarlik davrlarida Ovrupo o'z «ustozi» Sharqni ancha
ortda qoldirib ketdi. Ilmiy-falsafiy tafakkur, hususan, nafosatshunoslik katta
taraqqiyot yo'liga chiqdi; Xatcheson, Sheftsberi, Hyum, Didro, Russo,
Baumgarten, Lessing, Byork singari buyuk ma'rifatparvarlar katta yutuqlarga
erishdilar. Biz umumiy tasavvur hosil bo'lishi uchun ana shunday mutafakkirlardan
faqat biri - Edmund Byork (1729-1997) haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Byork nimaiki, qandaydir darajada dahshatli bo'lsa yoki dahshat uyg'otsa, o'sha
narsa-hodisa ulug'vorlikning asosiy, manbai hisoblanadi, deya ta'kidlaydi. Boshqa
hissiyotlarni esa aloqaga nisbat beradi. Aloqaning asosida muhabbat yotadi. Tor
ma'noda-inson zotini davom ettirishga qaratilgan jinsiy aloqa, keng ma'noda butun
borliq bilgan aloqa. Shunday qilib, Byorkning fikriga ko'ra insonda ikki xil asosiy
intilish bor; o'zini asrashga va aloqaga intilish. Shunga ko'ra, birinchisi, ulug'vorlikning,
ikkinchisi esa-go'zallikning manbai hisoblanadi.
Go'zallikni bo'lsa, Byork ijtimoiylik bilan bog'laydi; go'zallik hissi,
yoqimlilik tuyg'usiga bog'liq holda, odamlarning birlashuviga, ularda ijtimoiy-
ahloqiy fazilatlarning shakllanishiga olib keladi. Byorkning fojiaviylik hamda fojia
so'z san'ati bilan tasviriy san'at orasidagi farqi borasidagi fikrlari ham alohidat
diqqatga sazovor.
Olmon mumtoz nafosatshunosligi ibtidosida buyuk faylasuf Immanuil Kant
(1724-1804) turadi. U «Go'zallik va ulug'vorlik tuyg'ulari ustidan kuzatishlar»
(1764), «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788),
«Muhokama
qobiliyatining
tanqidi»
(1796)
asarlarida
nafosatshunoslik
muammolariga mahsus to'xtaladi.
Kantning fikriga ko'ra, nafosatli hissiyot manfaatsiz, beg'araz, narsa-
hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning
obyekti esa shakldan boshqa narsa emas. Xullas, go'zallik manfaatsiz
maftunlikning, muhabbatning obyekti. Bu-go'zallikning birinchi belgisi esa
shundaki, u tushunchalar yordamisiz, ya'ni, aql kategoriyasiz, bizga umumiy
maftunlikning narsa hodisasi sifatida namoyon bo'ladi. Nafosatli muhokama hyech
qachon mantiqiy asoslanishi mumkin emas. Go'zallikning uchinchi belgisi
shundaki, u maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi ya'ni, qandaydir aniq maqsad
haqida tasavvur hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni
idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak, go'zallik-narsa-hodisaning
maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo'lmasdan
turib, idrok etiladi. To'rtinchi belgi shundaki, go'zallik bizga tushunchasiz, zaruriy
maftunlikning obyekti narsa-hodisasi sifatida yoqimlidir. Shunday qilib, go'zallik
hammaga hyech qanday manfaatsiz, shundayligicha, o'zining sof shakli bilan
yoqishi zarur bo'lmagan narsa-hodisadir.
Go'zallik bilan bir qatorda Kant ulug'vorlikni ham diqqat bilan tadqiq etadi.
Uning fikriga ko'ra, go'zallikdan olinadigan lazzat-sifatning, ulug'vorlikdan
olinadigan lazzat-miqdorning namoyon bo'lishi bilan bog'liq. Ulug'vorlikni
mutafakkir ikkiga ajratadi; matematik va dinamik ulug'vorlik. Matematik
ulug'vorlik ekstensiv miqdorni, makon va zamondagi ko'lamli miqdorni, ikkinchisi
kuch va qudrat miqdorini o'z ichiga oladi. Birinchi xil ulug'vorlikka yulduzli
osmonni,
okeanni,
ikkinchisiga-yong'in,
suv
toshqini,
dovul,
zilzila,
momaqaldiroqni o'z ichiga oladi. Har ikkala holatda ham ulug'vorlik bizning hissiy
tasavvurimizdan ustun keladi, uni uzib qo'yadi. Keyin ezilganlik hissi
faoliyatimizning jonlanishi bilan almashinadi, chunki bunda bizning faqat
hissiyotimiz tang qoladi, ma'naviy jihatimiz, aksincha, yuksaladi. Aql hissiyot
olamidagi barcha ulug'liklardanda yuksak bo'lgan ulug'likni fikrlay bilishga qodir.
Chunki biz o'zimizni hissiyotli mavjudot sifatida buyuk va qudratli sezamiz.
Haqiqiy ulug'vorlik-bu aql, insonning ahloqiy tabiati, hissiy anglash chegarasidan
narigi tomondagi nimagadir intilishi. Shu bois Kant, haqiqiy ulug'vorlikni
muhokama qilayotgan kishining qalbidan qidirish kerak, deydi.
Bu davrning eng zabardast va o'ziga xos nafosatshunoslaridan biri buyuk
olmon shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller (1759-1805)dir.
Shiller jamiyatni o'zgartirishni istaydi, lekin inqilobiy o'zgarishlarga qarshi.
Shillerning nazdida inqilob, avvalo, ahloqsizlik, u asrlar mobaynida qaror topgan
ahloqiy tamoyillarni ag'dar-to'ntar qilib tashlaydi; ikkinchidan, u nafosatga qarshi-
inson tabiati uyg'unligini buzadi, narsaning mavjudligi tabiiy tartibining
muqaddasligi va go'zalligini parchalab yuboradi. Shu bois jamiyatni qayta qurishdan
avval insonni qayta qurmoq lozim. Buni esa shaxsning uyg'un rivojlanishi go'zallik
vositasidagi tarbiya orqali amalga oshirish mumkin. Shiller uchun go'zallik-hodisaga
aylangan erkinlik.
Shiller shakl va mazmun masalasini o'ziga xos talqin etadi. «Hissiy go'zallik,
— deydi Shiller, — ma'naviylikka, ma'naviylik esa-moddiylikka olib boradi.
Go'zallik zo'riqqan insonda uyg'unlikni tiklaydi, bo'shashgan odamda esa faollik
uyg'otadi. Shakl insonga bog'lanishiga, mazmun uning muayyan qilishigagina ta'sir
o'tkazadi. Go'zallik insonning oqillashuvi yo'lidagi zaruriy shartdir. Faoliyatning
barcha boshqa turlari insonning alohida-alohida kuchlarini rivojlantiradi, faqatgina
go'zallik uni bir butun yaxlitlik sifatida shakllantiradi.
Asosiy nafosatshunoslik asari bo'lmish «Insonning nafosat tarbiyasi
to'g'risida maktublar»-ida Shiller, yuqoridagi fikridan tashqari, san'atning o'ziga
xosligi masalasiga ham alohida to'htaladi. Shu munosabat bilan u «o'yin» va
«nafosatli ko'rinish» tushunchalarini qo'llaydi. Ulardan ikkinchisini Shiller
san'atning belgilari deb ataydi. Yovvoyilikdan qutilgan har bir halq ko'rinishdan
zavq olishga, bezakka va o'yinga moyil bo'ladi. O'yin majburiyatdan kelib
chiqadigan, manfaatli va bir tomonlamalikka ega faoliyatdan farqli o'laroq,
erkindir. O'yinda insondagi barcha kuchlar mutanosib tarzda kelishib harakat
qiladi. «Inson, - deb yozadi Shiller-faqat tom ma'noda inson bo'lgandagina
o'ynaydi va o'ynagan paytidagina to'liq insonga aylanadi». San'at o'yinli faoliyat
sifatida quvonchli. O'yinning mahsuli-ko'rinish. Narsalarning realligi ularning ishi,
narsalarning ko'rinishi-insonning ishi, deydi, Shiller. Uning fikriga ko'ra, san'at
voqyelikdan butunlay ajralib, sof ideallik darajasiga yetgandagina haqiqatga
erishadi. Tabiat hissiy idrok etilmaydigan ruhning g'oyasi. U hodisa ostida yotadi,
biroq o'zi hyech qachon hodisada namyon bo'lmaydi. Faqat ideal san'atigina bu
haqiqat ruhiga yetishadi va uni seziladigan shakl bilan ta'minlaydi.
Olmon mumtoz faylasuflari orasida Shellingning nafosatdor qarashlari ham
diqqatga sazovor. Uning «San'at falsafasi», «Tasviriy san'atning tabiatga
munosabati» singari asarlarida nafosatshunoslik muammolari ko'tarilgan.
Shellingning
fikriga
ko'ra,
san'at
asarining
o'ziga
xos
belgisi
«onglanmaganlikning cheksizligi» hisoblanadi. San'atkor o'z tabiatidangina kelib
chiqib ijod etar ekan, badiiy asar u aytishni hohlagandan ortiq narsani o'z ichiga
oladi. Zero san'atkor o'z asariga asar g'oyasiga kirmagan yana «qandaydir
cheksizlikni» ixtiyorsiz ravishda singdiradi. Bu cheksizlikni «cheklangan aql»
qamrab ololmaydi. Ana shu onglanmaganlikning cheksizligidan Shelling go'zallik
tushunchasini
keltirib
chiqaradi:
go'zallik
cheksizlikning cheklanganlikdagi
ifodasi. Go'zallik san'atning asosiy xususiyati. Go'zalliksiz san'atning mavjud
bo'lishi mumkin emas. San'atkor a'lo hissiy go'zallik g'oyasini anglashni shu
g'oyani sezilarli qiluvchi narsa bilan biriktiradi. Dahoning vazifasi olam
uyg'unligida Xudodagi oliy go'zallikni ko'ra bilishdir.
Olmon mumtoz nafosatshunosligida eng e'tiborli o'rinni Hyegel (1770-1831)
egallaydi. Nafosatshunoslik borasida uning «Estetika»deb nomlangan ko'p jildlik
ma'ruzalari mashhur Hyegel o'z falsafiy tizimini mutlaq g'oya asosiga quradi;
uning uchun barcha mavjudlikning asosida qandaydir qiyofasiz, nosubyektiv ruhiy
ibtidoda yotadi-ana o'sha mutlaq g'oya. Mutlaq g'oya esa tabiat, ijtimoiy hayot va
uning barcha ko'rinishlarining mohiyatini tashkil etadi. Nafosat ham muayyan
taraqqiyot bosqichidagi g'oyaning o'zi. Mutlaq g'oya to tabiatga kirib borguniga
qadar sof mantiqiy shaklda rivojlanadi. So'ng u o'zini tabiat sari begonalashtiradi,
keyin yana o'ziga, ruhiy olamiga qaytadi. Biroq, bu qaytish shu lahzagacha bo'lgan
barcha taraqqiyot hodisalari bilan boyish vositasida ro'y beradi. Taraqqiyotning ana
shu uchinchi bosqichida mutlaq g'oya zaruriy muayyanlikka ega bo'ladi.
Muayyanlashtirish shaklini g'oya subyektiv, obyektiv va, nihoyat mutlaq ruh
qiyofasida qo'lga kiritadi. Muayyan ruhning bu uch shakli nafaqat inson ongini,
balki turli insoniy faoliyatlar hamda insoniy aloqalar va munosabatlar mohiyatini
ham tashkil etadi. G'oya taraqqiyotining oliy bosqichi mutlaq ruh hisoblanadi.
Mutlaq ruh o'zi uchun o'zini predmet qilib, o'zi uchun o'z mohiyatini ifodalashdan
boshqa hyech qanday maqsadga ham faoliyatga ham ega bo'lmagan erkin, haqiqiy
cheksiz ruh. U tashqi va hissiy mushohadada tasavvurga, tasavvurdan tushunchalar
asosidagi tafakkurga qarab rivojlanib boradi.
Hyegelning fikriga ko'ra, o'zini to'liq erkinlikda mushohada qiluvchi ruh -
san'at; o'zini ixlos sifatida namoyon qiluvchi ruh-din; o'z mohiyatini tushunchalar
orqali fikrlab, uni biluvchi ruh-falsafa. San'at, din va falsafaning mazmuni shunday
qilib, bitta, farq faqat o'sha mazmunni ochish va anglab yetishda. G'oyaning o'z-
o'zini ochishning birinchi va eng nomukammal shakli, nafosatli bichish yoxud
san'at. Uning maqsadi mutlaq ruhning hissiy tasvirini berish. San'at, ahloq, davlat
tuzumi, boshqarish shakli va h. hammasi bitta umumiy ildizga borib taqaladi. Uni
Hyegel zamon ruhi deb ataydi.
Hyegelning fikriga ko'ra, san'atning ibtidosi-me'morlik; u ramziy shaklga
kiradi, zero his etiluvchi material g'oyadan ustun turadi, shakl va mazmun
muvofiqligi yo'q. Bunda me'mor foydalanadigan noorganik material ma'naviy
mazmunga bir shior, holos. Haykaltaroshlikda, nisbatan san'atning yuksak turi
sifatida, inson vujudiga erkin ma'naviylik o'z aksini topadi. Bunda g'oya ruhga
munosib ifoda bilan singishib ketadi, his etiluvchi qiyofa va g'oyaning to'liq
uyg'unligi kuzatiladi. Haykaltaroshlik san'atning mumtoz shakli bo'lib, unga
nisbatan yaqini-rangtasvirdir. Uning vositasi moddiy substrat (tosh, yog'och va h.
k.) emas, balki rangin yuza, jiloning jonli tovlanishi. Rangtasvir moddiy jismning
his etiladigan makondagi to'laligidan qutiladi, zero u birgina yassilik bilan
o'lchanadi. Makondan to'liq qutilish musiqada ro'y beradi. Uning materiali tovush,
tovushli jismning tebranishi. Material bu yerda makoniy emas, zamoniy ideallik
tarzida namoyon bo'ladi. Musiqa hissiy mushohada chegarasidan chiqib, faqatgina
ichki kechinmalar doirasini qamrab oladi.
|