• «Rigveda»
  • Samarqand – 2015




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/57
    Sana22.01.2024
    Hajmi1.42 Mb.
    #143422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    estetika a. i. safarov azimov sh
    3 mavzu, Педагоглар таътили, 9. Ишлаб чиқариш омиллари бозори Меҳнат бозори, 7-амалиёт(MAX, Min) (690-739) (1), O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi
     
    Misrdagi eng qadimgi badiiy ijod yodgorliklari Y-IY ming yilliklarga borib 
    taqaladi. Ular sopol idishlardir. Ularning qo'lda ishlanganligini sezish qiyin emas; 
    shakllari va yuzasi notekis. Ba'zan oddiy handasaviy naqsh bilan bezatilgan. 
    Keyinchalik ular kulolchilik dastgohida ishlanib murakkab su'ratlar va chizmalar 
    bilan bezalgan. 
    Qadimgi Misrda me'morlik yuksak taraqqiyot va texnik mukammallikka 
    erishgan. qadimgi podsholar davrida Misr me'morchiligining o'ziga xos ajralib 
    turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada ehromlar alohida o'rin 
    tutadi. Ular orasida Xufu ehromi o'zining mahobati bilan ajralib turadi; balandligi 
    146,6 to'rt tomoni enining uzunligi (asosi) 233 metr. Ehrom deyarli yaxlit tosh 
    inshoot sifatida shunday aniq hisob-kitoblar bilan qurilganki, u qadimgi Misrda 
    matematika yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. 
    Qadimgi Misr haykaltaroshlari ham huddi me'morchiligidek, badiiy ijodning 
    haqiqiy noyob asarlari hisoblanadi. Ayniqsa, Luvr muzeyida saqlanayotgan mirza 
    Kanning haykali o'zining realizmi bilan kishini hayratga soladi. Mirza chordana 
    qurib o'tiribdi. U tizzalarida yozish uchun tayyorlangan papirus varag'i, o'ng qo'lida 
    qamish qalam. Uning katta quloqlari ding, u eshitib bajo keltirishga o'rgangan. 
    Ko'zlari alohida diqqatga sazovor-ular bir necha xil materialdan yasalgan; kosasi-
    birinch, unga ko'z oqini anglatuvchi ganch bo'lagi va tagiga silliqlangan yog'och 
    qo'yilgan, billur qorachiq joylashtirilgan. Natijada ular tamomila tirik odam 
    ko'zlaridek tasavvur uyg'otadi. Me'mor Raxotep va uning xotini Nefret haykali ham 
    o'zining yumshoq tasviri, ranglari, inja nafosati bilan har bir tomoshabinga nafosat 
    zavqini beradi.
    Yana bir ajoyib haykal, bu-Axatetondagi xaykaltarosh Tutmosning 
    ustaxonasidan topilgan Nefertiti boshining tasviri. Shohoyim qiyofasida nazokat
    shohona g'urur va nafislik beqiyos. Neferteti boshi huddi noyob gulga o'xshaydi, u 
    nozik bandga-bo'yinga nisbatan bir oz og'irroqday tuyuladi. Shohoyim qiyofasida 
    tengsiz bir ayollik latofatini ko'rish mumkin. 
    Qadimgi Misr madaniyati taraqqiyotida faqat nafosatli g'oyalargina emas, 
    balki nafosat mezonlari ham muhim o'rin egallaganligi shubhasiz. Bu qonun-
    qoidalar yig'indisini biz ma'lum ma'noda nafosatshunoslik risolalar deb atashimiz 
    mumkin. Afsuski, ular bizgacha yetib kelmagan. Faqat bir risolaning nomigina 
    saqlanib qolgan: ibodatxona kutubxonasi ro'yhatida «Devoriy rangtasvir va 
    mutanosiblik qonuni bo'yicha tavsiya» degan nom uchraydi. 
    Qadimgi Misrda yaratilgan qissalar va ertaklar o'zining badiiy puxtaligi bilan 
    kishining diqqatini tortadi. «Sinuxe qissasi», «Shirinsuhan dehqon haqida ertak», 
    «Kema halokatiga uchragan kishi haqida ertak», «Nefertitining karomati», «Aka-
    uka haqida ertak» singari asarlar shular jumlasidandir. «Kema halokatiga uchragan 
    kishi» ertagida qahramonning sehrli orolda ko'rgan-kechirganlari Sindbod 


    dengizchi haqidagi ertakni va «Odisseya»ning ba'zi epizodlarini eslatadi. 
    Shuningdek, qadimgi Misrda masal janri ham rasmona rivojlangan. «Unamunaning 
    sargardonligi» qissasi esa qadimgi Misr realistik nasrining ajoyib namunasidir. 
    Qadimgi Misr she'riyati shakllarining turli-tumanligi, qabul qilingan 
    muayyan uslub, she'r tuzilishi san'ati, ba'zan ma'lum darajadagi balandparvozlik 
    undagi bizning nigohimizdan yiroq bo'lgan uzoq taraqqiyot yo'lini ko'rsatib turadi. 
    qadimgi Misr muhabbat lirikasi orasida birinchi shoir ayol hisoblangan, qadimgi 
    Yunon shoirasi Sapfoda juda ko'p asrlar avval yaratilgan ayol shoir qalamiga 
    mansub she'rlar bor. 
    Qadimgi Misrda teatr tomoshalarining mavjud bo'lganligiga hozir hyech 
    qanday shubha bo'lishi mumkin emas. qadimgi Misr teatri dastlab dafn 
    marosimidagi ma'budlarning o'zaro dialoglari, shuningdek, turli ma'budlar 
    sharafiga o'tkaziladigan xalq sayllari va bayramlarida o'sha ma'budlar hayotidan 
    olingan lavhalarni sahnalashtirish natijasida bunyodga kelgan. Ma'budlar rolini 
    kohinlar o'ynagan. Bunday sahnalar qadimgi podsholik davridayoq, ya'ni bundan 
    4,5-4 ming yillar avval ijro etilgan. O'shanday sahna-pesalardan bizgacha birginasi 
    saqlanib qolgan. Uni fanda «Memfis ilohiyoti yodgorligi» deb atashadi. Kohinlar 
    tasavvuridagi kosmologiya bayoni bo'lmish bu matnda Memfis ma'budi Pta 
    tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o'g'li ma'bud Gor haqidagi 
    juda qadimgi mifologik syujetlar, parchalar keltirilgan. Keyingi davrlardagi 
    matnlar ham mifologik mazmunda bo'lib, ularda ko'proq ma'bud Gor ishtirok etadi. 
    Bu tasodifiy emas. qadimgi Misrda hukmron bo'lgan tasavvurga ko'ra, Gor taxtda 
    o'tirgan har bir fir'avnning timsoli sifatida qabul qilingan, u har bir hukmdor uchun 
    namuna, ideal hisoblangan. 
    Gerodot yunoniylarning Dionisiy misteriyalarini Misr xalq diniy bayramlari 
    bilan solishtirib, ular orasida shunchalik ko'p umumiylik topadiki, natijada 
    yunonlar misrliklarning bayramlari va urf-odatlarini qabul qilganlar, degan 
    xulosaga keladi. Dramatik matnlarni o'rganish misrshunoslarni qadimgi Misr teatri 
    o'zining diniy-ilohiy mohiyatiga qaramay, faqat tor doiradagi diniy mavzular bilan 
    cheklanib qolgan emas. Chunonchi, «Tobutlar matnlari»da, undan keyin 
    »Mayyitlar kitobi»ning 78-bobida Gor va boshqa mifologik personajlar ishtirok 
    etgan komediyadan parchalar saqlanib qolgan. Unda ma'bud Gorning elchisi qator 
    xolatlarda kulgili ahvolga tushib qoladi. «Mayyitlar kitobi»ning 39-bobida ham 
    Misr iblisi-ilon Appop ishtirok etgan kulgili ssenariydan parcha berilgan. 
    Mazmunan dunyoviy bo'lgan teatrni qadimgi Misrda mavjud ekani g'oyatda 
    qiziqarli. Undagi rollarni kohinlar emas mutahassis aktyorlar bajargan. Edfulik Enxeb 
    degan kimsaning tarjimai xoli yozilgan bitikdan uning sayyor artist va musiqachi 
    bo'lganligini anglash mumkin. Hozirgacha bu bizga yetib kelgan shu xildagi yagona 
    matndir. U qadimgi Misrda professional tayetrlarning, ya'ni dunyoviy teatrlarning 


    mavjudligini isbotlashi bilan qimmatli. Demak, Qadimgi Yunon va qadimgi Hind 
    teatridan ancha avval ham Sharqda mavjud bo'lgan ekan. 
    Qadimgi Misrda musiqa va musiqachilar hurmat-e'tiborga sazovor 
    bo'lishgan. Qadimgi misrliklarning musiqaga katta qiziqishi bilan qaraganliklarini 
    bizgacha yetib kelgan yodgorliklar to'la isbotlab beradi. qadimgi cholg'u 
    asboblaridan tashqari, bizgacha cholg'u chalayotgan musiqachilarning nomlari ham 
    saqlanib qolgan. Mirza-hattotga nasihatlardan birida uning nay va sibirg'a chalishi 
    chiltorga jo'r bo'lishni bilish, next deb atalgan musiqiy asbob yordamida qo'shiq 
    ayta olishi kerak, deyiladi. Unda qo'shiqchilar va musiqachilar ham erkaklardan, 
    ham ayollardan bo'lgan. Demak, musiqa Qadimgi Misr maktablari dasturidan o'rin 
    olgan. Etnografik ma'lumotlar, shuncha uzoq tarixiy davr o'tishiga qaramay, Yuqori 
    Misr fallohlari, qadimgi Misrdagi musiqiy unsurlar saqlanib qolganliklarini 
    ko'rsatadi. Mushuk va sichqon haqidagi qo'shiq buning dalilidir. 
    Shunday qilib, Qadimgi Misrda vujudga kelgan nafosatli g'oyalar, ijodiy 
    tamoyillar, janrlar keyingi davrlar nafosat ilmi rivojiga harakatlantiruvchi ma'naviy 
    kuch sifatida ta'sir ko'rsatganiga shubha yo'q. 
    Sharqda vujudga kelgan boshqa qadimgi davlatlarda yashagan xalqlar ilgari 
    surgan nafosatli g'oyalar ham katta ahamiyatga ega. Chunonchi, muqaddas 
    «Bibliya» kitobining avvalgi qismi bo'lmish «Ahd ul-qadim»ni qadimgi yaxudiylar 
    dini bilan bog'liq Falastin so'z san'atining ulkan yodgorligi deb atash mumkin. 
    Unda va keyinchalik qo'shilgan boshqa qismlarda qadimgi adabiyotning diniy 
    asotirlar, tarixiy afsonalar, qahramonlik eposi shakllarida aks etganini ko'rish 
    mumkin. Ularda go'zallik haqidagi tasavvur o'z o'zini diniy-mifologik shaklda 
    namoyon qiladi. Bibliyadan o'rin olgan asarlarning ko'pchiligida Shumer-Bobil va 
    Misrda ilgari surilgan g'oyalar ta'sirini ko'rish mumkin. 
    Tahminan milodgacha bo'lgan II ming yillik o'rtalarida shimoliy g'arbiy 
    Hindistonga, hozirgi Panjob mintaqasiga g'arbdan Hindukush dovonlari orqali 
    o'zlarini oriylar deb atagan jangovar qabilalar kirib kela boshladilar. Ular na faqat 
    harbiy iste'dodga, balki shoirlik qobiliyatiga, dunyoning qandayligi-uning qanday 
    bo'lishi kerakligi haqidagi o'z qarashlariga ham ega edilar. Ularning alqovlari, 
    sharqiyalari eng qadimgi xind yodgorligi «Rigveda»ga asos bo'ldi. «Veda»-
    muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir.
    «Rigveda»dagi qator mifologik personajlarning «Avesto»da o'xshashi 
    mavjudligini ham aytib o'tish lozim; nomlar o'xshashligidan tortib syujetlar 
    o'xshashligigacha uchratish mumkin. Bundan tashqari har ikki diniy tizimda 
    sig'inish obyekti umumiy; «Rigveda»da ham, «Avesto»da ham olovga sig'inish 
    e'tiqodiy asos sifatida namoyon bo'ladi. Bunday o'xshashliklar juda ko'p. 
    «Rigveda»da so'zning ahamiyati alohida o'rin tutadi. Ma'budlarni 
    e'zozlashda so'z-ibodat qurbonliqdan kam hisoblangan emas. So'z-poklovchi, 


    muqaddas omil hisoblangan, «Rigveda»da u ma'buda Voch («voc»–«so'z», «nutq» 
    degani) timsolida jonlantirilgan. 
    Sharqiya-alqovlarni shoir-kohinlar rishilar yaratganlar. Rishilar san'ati 
    bizning hozirgi baxshi-shoirlarimiz san'atiga o'xshash otadan o'g'ilga o'tgan. 
    Oriylarning Hindiston ichkarisiga kirib boraverishi bilan tabaqaviy to'siqlar yo'qola 
    borgan; rishilar uchun zot emas, iste'dod birinchi o'ringa chiqqan. 
    «Rigveda» - she'riy matn. Uning she'riy o'lchovi xijolarning muayyan 
    soniga asoslangan. Ayni paytda uzun va qisqa xijolar farqlanadi. «Rigveda»da 
    1028 sharqiya-alqovlar mavjud. Uzoq zamonlardan buyon Hindistonda bu 
    sharqiyalar musiqa jo'rligida ijro etilishi odat tusiga kirgan. Chunonchi, 
    «Samaveda»-butunasicha musiqaga solingan «Rigveda» sharqiyalaridan iborat. 
    «Avesto»dagi kabi «Rigveda»da ham nur nafosati alohida o'rin tutadi. Juda 
    ko'p sharqiya-alqovlar muqaddas olov ma'budi Agniga bag'ishlangan. qadimiy 
    yodgorlikning birinchi alqovi-sharqiyasidayoq Agni «shoirona zakiy, haqiqiy 
    charaqlagan sharaf sohibi» deb ta'riflanadi. Agniga nisbatan «go'zal yoqilgan», 
    «go'zal qiyofali» «charaqlagan» singari sifatlashlar qo'llaniladi; go'zallik haqidagi 
    tasavvur nur bilan bog'liq tarzda namoyon bo'ladi.  
    Qadimgi 
    Hindiston 
    falsafiy-nafosatli, 
    diniy-axloqiy 
    tafakkurida 

    Download 1.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish