Samarqand – 2015




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/57
Sana22.01.2024
Hajmi1,42 Mb.
#143422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Bog'liq
estetika a. i. safarov azimov sh

 
Qadimgi Xitoy nafosatshunosligi deganda, biz odatda, miloddan avvalgi YII 
asrda milodning Y asrigacha bo'lgan davrni nazarda tutamiz. Mana shu davrda 
Xitoyda garchand nafosatli tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo'lmasa-da, lekin 
asosiy falsafiy-nafosatli tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga 
doir tasavvurlar, g'oyalar, tushunchalar bundan ancha avval, «Shu-szin»(«Tarixlar 
kitobi»-miloddan avvalgi XII asr), «Shu-szin («qo'shiqlar kitobi»-miloddan avvalgi 
XI-YI), «I-szin» («O'zgarishlar kitobi»-YIII-YII) miloddan avvalgi asrlar) deb 
nomlangan yodgorliklarida uchraydi. Ularni eng avvalo mazkur kitoblardan joy 
olgan asotirlar-miflarda va she'riy eposlarda ko'rish mumkin. 
Qadimgi Xitoy nafosatshunosligida ikki yo'nalish alohida ajralib turadi. 
Bular-daochilik va konfusiychilik. Daochilik yo'nalishining muhim belgisi, bu-fazo 
(kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go'zalligi; jamiyat va inson go'zalligi 
darajasi esa ana shu borliq go'zalligiga qanchalik o'xshash, yaqin ekanligi bilan 
belgilanadi. Konfusiychilik xulqiy go'zallik muammosini o'rtaga tashlaydi; 
axloqiy-nafosatli ideal uning eng muhim belgisi sanaladi. 
 
Daochilikning («dao» - yo'l degani) asoschisi Lao-szi (miloddan avvalgi VI-
V asrlar) fikriga ko'ra «uyg'unlik» (xe), «tinchlik», «kelishuv», «yumshoqlik», 
«kelishtirish» ma'nolarini anglatadi. «Me'yor» so'zini esa u yetarlilik ma'nosida 
qo'llaydi. Chjuanszo' (IV-III asrlar) uyg'unlikning ta'sir doirasini Laosziga nisbatan 
kengaytiradi; u nafaqat ibtidoni vujudga keltiruvchi hodisa, balki butun 
kosmosning asosidir; u olamning bir butun yaxlitligini tashkil etgan unsurlar va 
qismlarning jo'r bo'lib chiqargan uyg'unlik tarzida tushuniladi. Bu anglash 
Chjuansizo'da badiiy shaklda ro'y beradi: Koinotni u har bir parchasi alohida ohang 
chiqaruvchi va birgalikda hamroz kuyni tashkil etuvchi nayga o'xshatadi. 
Chjuanszo'ning go'zallik haqidagi tasavvuri tabiatga uyg'un va mukammal yaxlitlik 
tarzidagi munosabat bilan bog'liq: «Osmon va Yer ulug' go'zallikka ega», deydi u. 
Donishmand asl go'zallik bo'lib tuyuluvchi hodisalarni farqlaydi. 
Qadimgi Xitoy mualliflari san'at texnika bilan, mahorat qurolini egallash 
bilan bog'liqligini alohida ta'kidlaydilar, san'at va uning vositasini qat'iy 
farqlaydilar. Mahorat umuman olganda, daochilar fikriga ko'ra, botiniy ma'naviy 


ma'noni moddiy shakl orqali ifodalash qobiliyatidan iborat. Ayni paytda faqat 
«shakl deb atalgan xojani bo'ysindirmay turib», birgina tashqi shaklga shunchaki 
taqlid qilish odamlarda istehzo uyg'otadi. Har bir san'at asari ruh bilan sug'orilgani 
va u orqali san'atkor qalbi tilga kirgani uchun go'zaldir. Ana shu ruh mazmundan 
xoli bo'lgan shakl o'likdir, o'likning esa go'zal bo'lishi mumkin emas. 
Daochilar uchun ibtido nuqtasi olam (kosmos) bo'lsa, Konfusiy (m. a. 551-
479 yillar) 
va 
uning 
izdoshlari 
nafosatli 
munosabatlarini 
ijtimoiy-siyosiy 
qarashlardan kelib chiqib shakllantiradilar. Konfusiy «jo'mard o'g'lon» 
tushunchasini kiritadi. Jo'mard o'g'il eng avvalo axloqiy va fuqarolik burchlarini 
chin dildan namunali bajaruvchi jamiyatning ideal a'zosi. Jo'mard o'g'lon 
tarbiyasining asosini Konfusiy uch narsada-«qo'shiq», «udum» va «musiqa»da 
ko'radi. Demak, donishmand nuqtai nazaridan tarbiya nafosatli asosda olib 
borilishi lozim. 
Qo'shiq va musiqada Konfusiy hammadan avval ezgu fikrlilikni qadrlaydi. 
Qo'shiqchilar haqida, «ularning fikrida kufr yo'q», deydi. Musiqa to'g'risida ham 
shunaqa fikrlar bildiradi. Van'van musiqasini «go'zal va ezgu» deb ataydi. Hamma 
narsada, hususan, musiqa va qo'shiqda u mo'tadillikni yoqlaydi. «Go'zal» (mey) 
atamasi Konfusiy tomonidan «ezgu» (shan) so'zining sinonimi tarzida qo'llaniladi. 
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, qadimgi Xitoy estetikasi o'rta asrlarga 
kelib na faqat Xitoyning yuksak pog'onaga ko'tarilgan, balki Yaponiya, koreya, 
Vetnam kabi mintaqalarning nafosatshunosligiga ham asos bo'ldi. 

Download 1,42 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish