• ESTETIKA FANINING PREDMETI
  • MAVZU: ESTETIK QARAShLAR TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQIChLARI REJA
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/57
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #143422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    estetika a. i. safarov azimov sh

    Takrorlash uchun savollar: 
     
    1. «Estetika» tushunchasi nimani anglatadi? 
    2. Nega biz bu fanni «nafosatshunoslik» deb ataymiz? 
    3. Go'zallik falsafasi deganda nimani tushunamiz? 
    4. Nima uchun nafosatshunoslikni san'at falsafasi deb atashadi? 
    5. Nafosatshunoslikning 
    axloqshunoslikka 
    aloqadorligi va undan farqi 
    nimalarda ko'rinadi? 
    6. Nafosatshunoslik yana boshqa qaysi fanlar bilan o'zaro aloqador? 
    7. Nafosatshunoslikning amaliy ahamiyati qay tarzda namoyon bo'ladi? 
    ESTETIKA FANINING PREDMETI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    ЭСТЕТИКА 
    Нафосатнинг моҳиятини ўрганувчи 
    қадимий фан 
    Эстетиканинг 
    предмети
    Гўзаллик 
    фалсафаси
     
    Ҳиссий идрок этиш 
    Санъат фалсафаси 
    Бадиий ижод фалсафаси 


    MAVZU: ESTETIK QARAShLAR TARAQQIYOTINING ASOSIY 
    BOSQIChLARI
    REJA: 
    1. Qadimgi Sharq (Shumer, Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy)-da estetik qarashlar va 
    san'at taraqqiyotining o'ziga xos jihatlari. 
    2. Yunon faylasuflari Suqrot va Aflotunning estetik qarashlari. Arastuning estetik 
    ta'limoti. «Mimesis» va «katarsis» tushunchalari. 
    3. Evropada estetik qarashlar taraqqiyoti: Ma'rifatparvarlik davri (Didro, Volter), 
    Olmon mumtoz estetikasi (Kant, Shelling, Gegel), norasional estetik yo'nalish. 
    (Shopengauer, Nitsshe), rus estetikasi (V.Solovyev, N.Berdyayev), eng yangi davr 
    estetikasi («ruhiy tahlil», ekzistensializm va b.) 
     
    Tayanch iboralar: go'zallik, ezgulik, san'at, g'oya, in'ikos, poetika, fojea, 
    kulgi, nafosatli masofa, forig'lanish, go'zallik, ulug'vorlik, fojeaviylik, kulgililik, 
    musiqa, badiiy adabiyot, teatr, me'morlik, haykaltaroshlik, g'oya, ixtiyor, dekadans, 
    go'zal san'atlar, ruhiy tahlil, ekzistensiyachilik
    Inson tabiatan bo'sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo'sh vaqt mobaynida 
    inson jisman va ruhan dam olishi, kundalik mehnat-qorin to'ydirish tashvishidan 
    forig' bo'lish imkoniga ega. Bo'sh vaqt insonda o'yin hissi o'yg'onishining asosiy 
    omilidir. San'atning vujudga kelishida o'yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga 
    ma'lum. Demak, nafosatli anglash va nafosatli faoliyatning tadrijiy rivojida mehnat 
    bilan birga bo'sh vaqt ham asosiy omil hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va 
    bo'sh vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko'tarish esa 
    davlat paydo bo'lganda ro'y berishi mumkin. Davlat qanchalik o'z vazifasini 
    adolatli va mukammal bajarsa, bu jamiyat farovonligiga olib keladi.
    Davlatchilik 
    tizimi 
    paydo 
    bo'lishi 
    bilan 
    insonning 
    badiiy-nafosatli 
    taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Ana shu davr ibtidosini biz Mesopotamiya - 
    Qo'sh daryo (Dajla va Frot daryolari) mintaqasida, hususan, Shumer davlatida 
    ko'rishimiz mumkin. 

    Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 1,42 Mb.
    Pdf ko'rish