Shumer insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma'lum bo'lgan ilk qudratli
davlat bo'lgan. Shubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning
qudrati uning madaniyatida, fuqarolarning badiiy nafosatli ongida hamda badiiy-
nafosatli faoliyatida namoyon bo'lgan. Shumerliklar birinchi bo'lib yozuvni kashf
etdilar va gil taxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni
yozib qoldirdilar. Qadimgi Shumer tasviriy san'ati asosan muhrlar, idish -
tovoqlardagi rasmlar va releflardagi tasvirlardan iborat. Bular orasidagi eng
qadimiysi va bizgacha ko'p miqdorda yetib kelgani muhrlardir. Ilk sulolar
davridayoq Shumerda tosh o'ymakorligining badiiy -nafosatli tamoyillari
ishlab
chiqilgan
va
mustahkamlangan,
sayqal
berish
texnikasi
mukammallasha boshlagan. Shuning uchun ularga faqat moddiy mada niyat
namunalari emas, balki san'at yodgorliklari sifatida ham qarash maqsadga
muvofiq.
Shuningdek, Shumer haykaltaroshligining eng qadimgi namunalari anchayin
qo'pol va ibtidoiy. Haykaltarosh hali tosh bo'lagiga inson qiyofasini singdirish
mahoratiga erishmagan, shu sababli odam harakatsiz, qotib qolgan qiyofada aks
ettiriladi. Faqat uning yuzidagina san'atkorning bir oz erkin harakat qilganini
sezish mumkin. Ayniqsa, bu doimo ifodaviylik bilan ajralib turadigan ko'zlar
tasvirida yaqqol seziladi. Releflarda aks ettirilgan odamlar va hayvonlarning
ifodasi ham ana shu harakatsiz va ibtidoiy tasvir usulida yaratilgan.
Shumerliklarda
va
umuman,
nafosatli
tafakkurning
kelib chiqishi
asotirnomaga (mifologiyaga) borib taqaladi. Ma'lumki, qadimgi odam oldida
turgan turli xil masalalardan biri nafosatli tabiatga ega bo'lish edi. Bu masalani
o'ziga xos hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. Shu bois
asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konsepsiyasi, umumlashma deb atash
mumkin; faqat u nazariy emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zero
asotirlardagi badiiy ong o'zi haqida, o'zining real borliq go'zalligi bilan bog'liqligi
haqida fikr yuritishga ilk bor intiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, asotir qadimgi
tarixda birinchi bor olamni badiiy borliq, sifatida taqdim etadi.
Shumer adabiyotidagi yana bir xususiyat, unda epik dostonlarning vujudga
kelishidir. Hozirgacha 100 misradan tortib 600 dan ortiq misrani o'z ichiga olgan
to'qqizta ana shunday doston mavjud. Ular xajmidan qat'iy nazar, muayyan bir
qahramonlik, muayyan bir xolatni o'z ichiga oladi. Biroq, bunday epizodlar bir-biri
bilan bog'lanmagan. Sababi Shumer shoirlari bu alohida epizodlarga birlashtirib
yaxlit asar haqida o'ylamaganlar. Buni esa birinchi marta Bobilon shoirlari amalga
oshirganlar. Zero, Gilgamesh haqidagi doston bunga misol bo'la oladi.
Shunday qilib, Shumer san'ati va adabiyoti insoniyat tarixidagi dastlabki
nafosatli g'oyalardan va iboralardan bizni habardor qiladi, bizga ba'zi adabiy
janrlarning kelib chiqishi bilan tanishish imkonini beradi. Shumerliklarning
shimoliy qo'shnisi bo'lmish akkadlar bilan asrlar mobaynida olib borgan janglari
oqibatida akkadlar podshosi Sergon 1 (m.a. 2369-2314 yillar) Shumerni Akkadga
bo'ysindirdi. Dastlab akkadlar somir tilini ham, yozuvini ham ham qabul qiladilar
va birgalikda somir-akkad madaniyatini yaratadilar. Keyinchalik bu ikki xalq
qo'shilib Bobil davlatini tashkil etadi, akkad tili esa asosiy tilga aylanadi. Shunda
ham somir tili maktablarda o'qitiladigan o'lik til, ovro'poliklar uchun lotin tili
qanday bo'lsa shunday til bo'lib qoladi. Umuman olganda, Qadimgi Sharq
madaniyati ko'ptillilik yohud ikki tillilik asosida bunyodga kelgan.
|