• «Estetika» atamasini birinchi bolib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten
  • Samarqand – 2015




    Download 1,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/57
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #143422
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    estetika a. i. safarov azimov sh

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    MAVZU: ESTETIKA FANI VA UNING VAZIFALARI.
    Reja 
    1. Estetika (nafosatshunoslik) – falsafiy fan. Estetika tuzilmasi: san'at, badiiy ijod
    dizayn, turmush guzalligi, muxit guzalligi, estetik tarbiya.
    2. Estetikaning boshka gumanitar fanlar bilan alokasi. 
    3. San'at – estetikaning asosiy predmeti. 
    4. Estetikaning shaxs va jamiyat hayotini ma'naviy boyitishdagi o'rni. 
     
    Tayanch iboralar: estetika, nafosatshunoslik, nafosat, go'zallik, san'at, 
    go'zallik falsafasi, san'at falsafasi, nafosat tarbiyasi. 
    Nafosatshunoslik yoxud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi 
    ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o'z ichiga oladi. Biroq u o'zining hozirgi nomini 
    XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo'lmish go'zallik va 
    san'at haqidagi mulohazalar har xil san'at turlariga bag'ishlangan risolalarda, 
    falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o'z aksini topgan edi. «Estetika» 
    atamasini birinchi bo'lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—
    1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Baumgartengacha aqlni o'rganadigan fan – 
    mantiq, ixtiyorni o'rganuvchi fan esa-axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko'pdan 
    buyon o'z o'rni bor edi. Biroq hissiyotni o'rganadigan fan falsafiy maqomdagi o'z 
    nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», 
    «sezish», «his etiladigan» singari ma'nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos–
    «oyestetikos» so'zidan «estetika» (olmoncha «yestetik»- «eshtetik») iborasini olib, 
    ana shu bo'shliqni to'ldirdi. 
    A.Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari 
    surdi. Lekin, ko'p o'tmay, u goh «go'zallik falsafasi», goh «san'at falsafasi» sifatida 
    talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan 
    biri Hyegel esa, o'z ma'ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom 
    muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo'llashga 
    urinishlar bo'ldi. So'zning o'z-o'zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz 
    «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa 
    singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan 
    ibora, bu - «san'at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda-«badiiy ijod 
    falsafasi». 
    Hegelning «estetika» atamasidan ko'ngli to'lmaganligiga jiddiy sabablar bor. 
    Bulardan biri – yuqorida uning o'zi aytib o'tgan fikrlari bo'lsa, ikkinchisi–mazkur 
    so'zning barcha his-tuyg'ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his 
    tuyg'ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga 
    ko'ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga 


    allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san'at hududidan chiqib, inson hayotining 
    deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz «nafosatshunoslik» 
    atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Zero 
    mazkur atamaga asos bo'lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so'zlari o'z qamrovi 
    bilan fanimiz talabiga to'la javob bera oladi. «Nafis» so'zi «O'zbek tilining izohli 
    lug'ati»da - go'zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma'nolarida 
    izohlanadi. Bundan tashqari «estetika» («eshtetik») so'zi olmonlardagi yoki 
    ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas. 
    Endi fanimizning mohiyatini anglatadigan «san'at falsafasi» va «go'zallik 
    falsafasi» iboralariga to'xtalamiz. Nafosatshunoslik tarixida birinchi ibora 
    tarafdorlari ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o'tganimizdek, san'at 
    fanimizning 
    yagona 
    tadqiqot 
    obyekti 
    emas. 
    Hozirgi 
    paytda 
    texnika 
    nafosatshunosligi 
    va 
    uning 
    amaliyotdagi 
    sohasi 
    dizayn, 
    atrof-muhitni 
    go'zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham bizning 
    fanimiz shug'ullanadi. Shu bois uning qamrovini san'atning o'zi bilangina 
    chegaralab qo'yishga haqqimiz yo'q. Zero bugungi kunda inson o'zini o' rab turgan 
    barcha narsa-hodisalarning go'zal bo'lishini, har qadamda nafosatni his etishni 
    istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz 
    uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz 
    yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog'lar–
    hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. 
    Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, demak, «go'zallik falsafasi» degan 
    ibora fanimizga ko'proq mos keladi. Negaki, fanimiz faqat san'atdagi go'zallikni 
    emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ham o'rganadi. 
    Shuningdek, go'zallikdan boshqa ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo'jizaviylik, 
    uyg'unlik, noziklik singari ko'pdan-ko'p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish 
    ham nafosatshunoslik fanining zimmasida. Lekin, bu o'rinda, shuni unutmaslik 
    kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go'zallik, bir tomondan, unsur sifatida 
    ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o'zi go'zallikka nisbatan unsur vazifasini 
    o'taydi. Ana shu xususiyatlarning voqyelikda namoyon bo'lishini biz nafosat deb 
    ataymiz. 
    Go'zallik, 
    ko'rganimizdek, 
    nafosatning 
    bosh, 
    yetakchi 
    xususiyati 
    hisoblanadi. Shu bois u nafosatshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalaridan biri 
    sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go'zallikning ishtirokisiz yuqoridagi 
    xususiyatlarning birortasi nafosatdorlik tabiatiga ega bo'lolmaydi. Masalan, 
    ulug'vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqdorga asoslanadi. Buxorodagi 
    Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug'vorligi bilan kishini hayratga 
    soladi, unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi 
    shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo'risidan zavqlanolmaysiz. Yoki 


    yonbag'irdan turib, toqqa tikilsangiz nafosat zavqini tuyasiz, ammo xuddi shunday 
    balandlikdagi shahar chetida o'sib chiqqan axlat «tog'i»ga qarab zavqlanmaysiz. 
    Chunki Arslonxon minorasi me'morlik san'ati asari sifatida go'zallik qonuniyatlari 
    asosida bunyod etilgan; tog' esa tabiat yaratgan ulug'vor go'zallik. Zavod mo'risida 
    ham, axlat «tog'»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa–go'zallik yetishmaydi. 
    Minora bilan tog'dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu–go'zallik. 
    Fojeaviylik xususiyatida ham go'zallikning ishtirokini ko'rish mumkin. Misol 
    sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austerlisda bo'lib o'tgan 
    rus va fransuz qo'shinlari to'qnashuvidan so'ng, jang maydonida yarador bo'lib 
    yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo'lida bayroq dastasini 
    ushlagancha ko'm-ko'k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli 
    botir yigit–bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o'lgan deb o'ylab, bu 
    manzaradan hayratlanib: «Mana bu–go'zal o'lim!», deydi. Bu o'rinda asar 
    qahramonining o'limi- fojeaviylik, o'limning qahramonlikka aylanishi–ulug'vorlik; 
    fojeaviylik bilan ulug'vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go'zal 
    manzara, qayg'uli va ulug'vor go'zallik vujudga kelgan. 
    San'at nafosatshunoslikning obyekti sifatida o'ziga xos olam. Unda 
    nafosatning xususiyatlari bo'rtib ko'zga tashlanadi. Shunga ko'ra uni nafosatga 
    burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San'at hayotni in'ikos ettirar ekan, 
    insonning o'zini o'ziga ko'rsatuvchi ulkan ko'zgu vazifasini o'taydi. U insonni 
    o'rgatadi, da'vat etadi, go'zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda nafosatshunoslik 
    san'atning ko'makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Nafosatshunoslik bir tomondan, 
    san'atning paydo bo'lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san'at asarining 
    ichki murvatlaridan tortib, san'atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo'lgan barcha 
    jarayonlarni o'rganadi. Ikkinchi tomondan, san'at uchun umumiy qonun-qoidalarni 
    ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san'at asarini idrok 
    etayotgan kishi ruhidagi o'zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. 
    Shunday qilib, nafosatshunoslik san'atni to'la qamrab oladi va uning ich-
    ichiga kirib boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, 
    to u bunyodga kelib, asl egasi-idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo'lgan va 
    undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. 
    Zotan «San'at falsafasi» iborasining siri ana shunda. 
    Nafosatshunoslik - falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi mahsus soha. Falsafani 
    esa, o'zingizga ma'lumki, fanlar podshosi deb atashadi. Darhaqiqat, u fanlar 
    podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o'z qamroviga 
    olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon 
    yetaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning tadqiqot obyekti deb atash maqsadga 
    muvofiq bo'ladi. Nafosatshunoslik - falsafiy fan sifatida, barcha san'atshunoslik 
    fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida 


    insonni go'zallik orqali haqiqatga yetishtirishga hizmat qiladi. Bundan tashqari 
    nafosatshunoslik ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san'atshunoslik fanlari 
    uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozisiya v. h. 
    borasidagi qonuniyatlar barcha san'at turlariga taalluqli. Hyech bir alohida san'at 
    turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab 
    chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me'morlik san'atiga tadbiq etib bo'lmaydi. 
    Ma'lumki, san'at asarining mavjud bo'lishi uchun to'rt shart-unsur albatta 
    zarur. Bular: ijodkor-badiiy asar-badiiy asarni idrok etuvchi-vositachi. Yuqoridagi 
    misol nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak: yozuvchi–roman–kitobxon–tanqidchi. 
    Adabiyotshunoslik bularning har birini odatda alohida-alohida o'rganadi. Deylik, 
    yozuvchi Odil Yoqubov ijodiy faoliyati haqida adabiy portret-alohida, uning 
    «Ulug'bek xazinasi» romani to'g'risida tadqiqiy maqola alohida, zamonaviy 
    kitobxonning didi, saviyasi va talablariga bag'ishlangan mulohaza-maqola alohida
    «Ulug'bek xazinasi» romaniga taqriz esa alohida yozilishi mumkin. 
    Nafosatshunoslik fani hammasini biryo'la, muayyan tizim sifatida tadqiq etadi va 
    bu tadqiqot umumlashtiruvchilik, nazariylik xususiyatiga ega bo'ladi. Shunday 
    qilib, nafosatshunoslikning falsafiy mohiyatini ko'rib o'tdik. Endi uning boshqa 
    fanlar bilan o'zaro munosabatlariga to'xtalamiz. 
    Nafosatshunoslik qadim-qadimlardan ko'pgina fanlar bilan mustahkam 
    aloqada rivojlanib kelgan. Shulardan biri bo'lgan falsafa haqida, ular orasidagi 
    bog'liqlik to'g'risida yuqorida aytib o'tdik. Nafosatshunoslik uchun yana bir 
    aloqador, «qadrdon» fan axloqshunoslikdir. Bu ikkala fan shu qadar bir-biriga 
    yaqinki, hatto ba'zi davrlarda ular yetarli darajada o'zaro chegaralanmagan. Chunki 
    insonning xatti-harakati va niyati ko'pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga 
    tegishli bo'ladi, Ya'ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat 
    xususiyatlarini o'zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli «Avesto», «Bibliya» 
    va «Qur'on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi 
    faylasuflar ta'limotlarida axloqiylikni-ichki go'zallik, nafosatni-tashqi go'zallik 
    tarzida 
    talqin 
    etganlar. 
    Bundan 
    tashqari, 
    ko'rib 
    o'tganimizdek, 
    san'at 
    nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir san'at 
    asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko'tariladi va ijodkor eng yuksak 
    axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in'ikos ettiradi. Bu in'ikos bevosita ijobiy 
    qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqyea-hodisalarga muallif 
    nuqtai nazari orqali ro'y berishi mumkin. Ya'ni biror bir badiiy asarda ijobiy 
    qahramonlar, umuman, bo'lmaydi, lekin undagi voqyea-hodisalarga ijodkor o'z 
    zamonasi erishgan axloqiy yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois mutlaqo 
    axloqsiz tarzdagi badiiy asarning bo'lishi mumkin emas. Demak, nafosatshunoslik 
    o'rganayotgan har bir badiiy asar ma'lum ma'noda axloqshunoslik nuqtai nazaridan 
    ham tadqiq etilayotgan bo'ladi. Biroq, bunday yaqinlik, yuqorida aytganimizdek, 


    aslo aynanlikni anglatmaydi. Bu ikkala fanning tadqiqot obyektlari orasidagi farqni 
    birinchi bo'lib buyuk Arastu nazariy jihatdan isbotlab bergan edi; u, ezgulik faqat 
    harakatda, go'zallik esa, harakatsiz ham namoyon bo'ladi, degan fikrni bildiradi. 
    Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning xatti-harakati, qilmishi orqali yuzaga 
    keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini 
    bilamiz; muayayn xatti-harakat sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo 
    yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. Go'zallik esa, o'zini 
    harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko'kaldosh madrasasi. U hyech 
    qachon harakat qilmaydi, lekin go'zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning 
    go'zalligiga putur yetmaydi. Bundan tashqari, axloqning qonun-qoidalari, 
    nasihatlar, hikmatlar umumiylikka, barchaga bir xilda taalluqlik xususiyatiga ega. 
    Nafosat esa muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, axloqshunoslikdagi 
    «yaxshi odam» tushunchasi hammaga–ayolga ham, erkakka ham, yoshu-qariga 
    ham tegishli bo'lishi mumkin. Nafosatshunoslikda esa, «go'zal odam» tushunchasi 
    yo'q; yo «go'zal yigit», yo «go'zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Chunki, 
    erkak kishidagi chiroyli mo'ylov faqat erkakning yuzida, ayol kishidagi husnlardan 
    biri-ko'krak faqat ayol kishi vujudida go'zallikka ega. Endi mo'ylov burab 
    so'zlayotgan ayolni-yu, siynaband taqib yurgan erkakni tasavvur qiling! Boyagi 
    go'zalliklar xunuklikka aylanadi-qoladi. Shuningdek, go'zallik bir vujudda ham 
    faqat o'z o'rnini talab qiladigan «o'ta injiqlik» xususiyatiga ega. Shu joyda olmon 
    nafosatshunosi Fexner qo'llagan misolni keltirish o'rinlidir. Uning fikricha qiz 
    bolaning yuzidagi qizillik uning go'zalligidan dalolat beradi. Biroq, qizillik uning 
    burun ustiga ko'chsa–xunuklikka aylanadi. Demak, axloq uchun–umumiylik, 
    nafosat uchun esa–muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi. Nafosatshunoslik 
    ruhshunoslik (psixologiya) bilan ham mustahkam aloqada. Ma'lumki, insonning 
    ruhiy hayotini o'rganar ekan, ruhshunoslik, hissiyotlar masalasiga katta o'rin 
    beradi. Go'zallikni, san'at asarini yaratish va idrok etish ham, ma'lum ma'noda 
    hissiyotlar bilan bog'liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy 
    taassurot uyg'otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo'l urganidan so'ng, undan 
    hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufurib turadi. Gap bunda toshga odam qiyofasi 
    berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg'ularning 
    jamlanganidadir; boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o'zi tomoshabinga 
    yetkazishni maqsad qilib qo'ygan hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni 
    haqiqiy san'at asariga aylantiradi. Agar ijodkor-haykaltarosh ana shu hissiyotlarni 
    o'zi mo'ljallagan darajada tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o'sha 
    hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg'ular uyg'ota olsa, mazkur haykal haqiqiy 
    san'at asri hisoblanadi. Nafosatshunoslik haykaltaroshdan haykalga, haykaldan 
    tomoshabinga o'sha hissiyotlarning qay darajada o'tgan-o'tmaganligini, ya'ni, 
    badiiy qiyofa qanchalik puxta yaratilganligini o'rganadi va shu asosda asarni 


    baholaydi. Ruhshunoslik esa ana shu xissiyotlarning o'zini o'rganadi. Bundan 
    tashqari ruhshunoslik asar g'oyasidan tortib, to badiiy asar–nafosatli qadriyat 
    vujudga kelgunga qadar bo'lgan ijodkorning hissiyotlar olamini o'rganadi. Albatta, 
    bu o'rganishlar alohida-alohida, muxtor holda emas, balki ikkala fanning bir-biri 
    bilan hamkorligi, birining ikkinchisi hududiga o'tib turishi vositasida ro'y beradi. 
    Shu bois ruhshunoslikka ham, nafosatshunoslikka ham teng aloqador bo'lgan san'at 
    ruhshunosligi va badiiy ijod ruhshunosligi deb atalgan yo'nalishlar mavjud. 
    Shuningdek, nafosatshunoslikning sosiologiya (ijtimoiyshunoslik) bilan 
    aloqadorligi ham muhim. Ma'lumki, har bir san'at asari alohida inson shaxsiga 
    e'tibor qilgani xolda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq 
    qiladi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham, 
    ijtimoiylik jamiyat a'zosi–muallif qarashlarining bilvosita in'ikosi bo'lmish uslubda 
    o'zini ko'rsatadi. Zero asar muallifi hyech qachon o'zi mansub jamiyatdan chetda 
    «tomoshabin» bo'lib turolmaydi. Chunonchi, yirik asarlar sosiologik tadqiqotlar 
    uchun o'ziga xos material bo'lib hizmat qiladi. Bundan tashqari, sosiologiya 
    jamiyat bilan san'atning o'zaro aloqalarini, san'atning ijtimoiy vazifalarini 
    o'rganadi; san'atkorning jamiyatdagi o'rni, mavqyei, o'quvchi va tomoshabinlarning 
    ijtimoiy demografik holatlarini tadqiq etadi; shaxs ijtimoiylashuvida san'atkor va 
    san'at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Bu muammolarni atroflicha o'rganish 
    uchun mahsus san'at sosiologiyasi sohasi ham mavjud. U ham ijtimoiyshunoslikka, 
    ham nafosatshunoslikka birday tegishlidir. Ayni zamonda, muayyan san'at asarlari, 
    janrlari va turlarining jamiyatdagi mavqyeini aniqlab beruvchi mahsus sosiologik 
    so'rov 
    usullari 
    ham 
    mavjudki, 
    ular 
    shubhasiz, 
    san'at 
    taraqqiyotiga, 
    nafosatshunoslikning san'at sohasida to'g'ri yo'nalish tanlashiga ko'maklashadi. 
    Nafosatshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. 
    Chunki din va san'at doimo bir-birini to'ldirib keladi va ko'p hollarda biri boshqasi 
    uchun yashash sharti bo'lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir 
    umumjahoniy dinning «o'z tasarrufidagi» san'at turlari bor: buddhachilik uchun-
    haykaltaroshlik, nasroniylik uchun-tasviriy san'at, musulmonchilik uchun-badiiy 
    adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o'z ibodatxonalarini taqazo 
    etadi. Ibodatxonalarning esa me'morlik san'ati bilan bog'liqligi hammamizga 
    ma'lum. Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san'at turlari bilan aloqadorlikda 
    ish ko'radi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi o'laroq, san'at asarining 
    o'ziga xos ko'rinishi–diniy-badiiy asar vujudga keldi. «Abu Muslim jangnomasi», 
    Shohi Zinda me'morlik majmuidagi inshootlar, Kyoln jomesi, Rembrandtning 
    «Muqaddas oila» asari, Hindi-Xitoy mintaqasidagi Buddha ibodatxonalari ana 
    shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy g'oyalar badiiyat orqali ifoda topgan. 
    Nafosatshunoslik bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan 
    hamkorlik qilmay iloji yo'q: u o'sha diniy g'oyalarning mohiyatini, har bir 


    umumjahoniy dinning san'at oldiga qo'ygan talablarini yaxshi bilmog'i va hisobga 
    olmog'i lozim. 
    Nafosatshunoslikning pedagogika bilan aloqasini biz tarbiya muammolarini 
    hal qilishda ko'ramiz. Chunki pedagogika ham ma'lum ma'noda nafosat tarbiyasi 
    bilan shug'ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, mustaqil qismlarga bo'lingan 
    holda, turli yosh va sohalar uchun mahsus belgilangan tarbiya tarzida, ya'ni 
    muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, 
    o'quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu soha va yoshlar 
    bo'yicha 
    olib 
    borilayotgan 
    nafosatli 
    tarbiya 
    muammolarini 
    o'rganadi. 
    Nafosatshunoslik esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab 
    chiqadi, ya'ni, inson tug'ilganidan boshlab to o'lgunigacha bosib o'tadigan 
    bosqichlar uchun umumiy bo'lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko'radi. Demak, rus 
    nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga 
    ega bo'lsa, nafosatshunoslik uning strategiyasidir. 
    Shuningdek, nafosatshunoslik semiotika – belgilar va belgilar tizimi haqidagi 
    fan bilan ham aloqador. Chunki san'at asari belgilar orqali namoyon bo'ladi. 
    Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash 
    faoliyati natijalarini, ya'ni semantik va pragmatik axborotni o'zida mujassam qilgan 
    san'at asari o'sha axborotni yetkazib berishga ham mo'ljallangan. Ana shu san'atning 
    belgi bilan bog'liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o'rganadi. 
    Ayni paytda, fanimizda tuzilmali-semiotik nafosatshunoslik deb atalgan nazariya 
    ham mavjud. Unda san'at mahsus til yoki belgilar tizimi, alohida san'at as ari esa ana 
    shu tizim belgisi yoki o'sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero 
    bunda belgi san'at asarini idrok etuvchiga yetkazib beruvchi hodisa tarzida 
    o'rganiladi. 
    Bundan tashqari, nafosatshunoslik kibernetika, ekologiya va yuqorida aytib 
    o'tganimizdek, barcha san'atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish 
    olib boradi. 
    Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o'ziga xos amaliy ahamiyati bor. 
    Nafosatshunoslik ham bundan mustasno emas. Fanimiz, avvalo, kundalik 
    hayotimizda nafosat tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish borasida katta ahamiyatga ega. 
    Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a'zosi go'zallikni chuqur his etadigan, uni 
    asraydigan nafis did egalari bo'lishlari lozim; haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past 
    asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san'ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu 
    nuqtai nazardan qaraganda, nafosatshunoslik jamiyatning barcha a'zolari uchun 
    muhim ahamiyatga ega. 
    Nafosatshunoslikning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy 
    ahamiyati katta. Chunonchi, biror bir san'at turida ijod qilayotgan san'atkor birinchi 
    galda, ma'lum ma'noda, o'z sohasining bilimdoni bo'lishi kerak. Deylik, bastakor 


    notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini, shu jumladan, 
    musiqaga ham taalluqli bo'lgan nafosatshunoslikning umumiy qonuniyatlaridan 
    behabar xolda tuzukroq asar yaratishi dargumon. Ba'zilar daho san'atkorlar qonun-
    qoidalarsiz ham ijod qilaveradilar, degan noto'g'ri tasavvurga egalar. Vaholangki, 
    daholarning o'zlari ko'p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug'ullanganlar. Misol 
    tariqasida, Jomiy, Navoiy, Leonardo da Vinchi, Shiller, Shopen kabi buyuklarning 
    nomlarini eslash kifoya. 
    Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar, tanqidchilar-san'atshunoslar va 
    adabiyotshunoslar uchun ham nafosatshunoslikni bilish zarur. Deylik, «sof teatr» - 
    faqat sahna san'atinigina yaxshi bilgan san'atshunos u qanchalik iste'dodli 
    bo'lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e'tiborga molik 
    maqola ham yoza olmaydi. Chunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va 
    kompozisiya qonun-qoidalaridan, bir so'z bilan aytganda, nafosatshunoslik 
    qonuniyatlaridan habardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi 
    biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, jo'n va sayoz jumlalar yig'indisidan 
    iborat bo'lib qoladi. 
    Nafosatshunoslikning san'atni xalq orasida yoyadigan, targ'ib etadigan 
    tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati, ayniqsa, muhim. Bordiyu ma'naviyat va 
    mafkura sohalariga matasaddi rahbarlar nafosatshunoslikdan behabar bo'lsalar, 
    Xudo urdi deyavering. O'sha viloyat, tuman, shahar yoki tashkilotlarda yuzaki 
    qaraganda kulgili, latifanamo, aslida esa san'at uchun fojiali holatlar yuzaga keladi. 
    Diqqatingizni totalitar tuzum davrida bo'lib o'tgan kulgili bir voqyeaga 
    qaratmoqchimiz. 
    Voqyeaning tafsiloti qo'yidagicha; viloyat teatrlaridan birida yosh iste'dodli 
    rejissyor ishlay boshlaydi. Dastlab hamma ish yaxshi boradi. Lekin nima bo'ladi-
    yu, viloyat ichki ishlar boshqarmasining boshlig'i ishdan bo'shatiladi. Sho'rolar 
    tuzumi odatiga ko'ra, nomenklatura odami ishsiz qolishi mumkin emas, kichik 
    bo'lsa ham rahbarlik lavozimiga o'tkazilishi kerak. Oqibatda uni teatrga direktor 
    qilib yuborishadi. Yangi rahbarga teatrda o'rnatilgan ish tartibi yoqmaydi-bunday 
    xolat unga intizomsizlik bo'lib tuyuladi: qarasa, aktyorlar peshinga yaqin goh 
    peshindan keyin repitisiyaga kelishar ekan. U rejissyordan hamma yo soat 
    to'qqizdan oltigacha, yoki o'ndan yettigacha ishlashini, sho'rolar davlatida hamma 
    uchun ish soatlari bir xil ekanini uqtirmoqchi bo'ladi. Rejissyor esa, aktyorlar 
    ertalabdan uyda, oyna qarshisida o'z rollarida mashq qilishlarini, bu yerga faqat 
    repitisiya va spektakl uchun kelishlarini tushuntirishga harakat qiladi. Lekin yangi 
    direktor bu hatti-harakat va gaplarni o'ziga qarshi atayin uyushtirilgan isyon deb 
    tushunadi: teatrda, san'at dargohida o'ziga hos qonun-qoidalar borligini hayoliga 
    ham keltirmaydi. Natijada ikki oydan ortiq vaqt mobaynida aktyorlar 
    «intizomsizligi» uchun maosh olmaydilir, ish orqaga qarab ketadi. Nihoyat, 


    yuqoridagilarga bu gap yetib borgach direktor almashtiriladi. Agar sobiq milisiya 
    rahbari ozgina nafosatshunoslikdan habardor bo'lganida, teatrda buncha asab 
    buzarliklar ro'y bermagan, o'zi ham hammaga kulgi bo'lmas edi. Bunday misollar, 
    afsuski, boshqacharoq shakllarda hozir ham jamiyatimizda uchrab turadi. 
    Dizaynchi-injenerlar, atrof-muhitni obodonlashtirish bilan shug'ullanadigan 
    mutahasislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta'siri mavjud. Shuningdek, 
    korxona rahbarlari, sex boshliqlari mazkur korxona yoki sexda dastgohlar 
    dizaynidan tortib, devorlar ranglari-yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha 
    nafosat qonun-qoidalari asosida bo'lishini ta'minlashlari lozim. Zero o'shandagina 
    ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa mazkur 
    rahbarlar nafosatshunoslikdan albatta habardor bo'lishlari shart. 
    Umuman olganda, nafosatshunoslik hamma uchun ham zarur. Chunki inson 
    zoti bari-bir, hayotda tez-tez san'at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. 
    Deylik, 
    siz 
    Samarqandga 
    «sayohat 
    qilib 
    kelgani» 
    bordingiz. Agar 
    nafosatshunoslikdan behabar bo'lsangiz, Go'ri Mir maqbarasinig gumbaziga
    Registondagi madrasalar yonida qad ko'targan minoralarga, peshtoqlaridagi ko'hna 
    arabiy yozuvlarga qiziqib qaraymiz, chiroyli ekan deb mamnuniyat hosil qilasiz. 
    Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan habardor bo'lsangiz, u xolda na faqat ularning 
    chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go'zalligining ramzi 
    ekanini, «jamol» deb atalishini, minoralar–Tangri qudratining timsoli o'laroq 
    «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go'zal yozuvlar-oyatlar, Xudoning belgisi 
    «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar 
    kuchayadi. Zero nafosatshunoslik orqali biz faqatgina ko'rganlarimizning shakliy 
    go'zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham 
    idrok etamiz. Shu sababli, fermerga yoki temir yo'l ishchisiga, yoki tijoratchi-
    tadbirkorga nafosatshunoslik haqida bosh qotirib o'tirish zarur kelibdimi, degan 
    gaplar xato va zararlidir. 
    Yuqorida ko'rib o'tganlarimizdan shu narsa ma'lum bo'ladiki, bugungi kun 
    nafosatshunoslik fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik 
    jamiyati a'zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo'lmog'i lozim. 
    Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy 
    dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika 
    nafosatshunosligining ahamiyati katta. Bunlardan tashqari, ayniqsa yoshlarning 
    nafosat tarbiyasiga alohida e'tibor berish–zamonning dolzarb talabi bo'lib 
    bormoqda. Shu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta'limni tashkil 
    etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: «Ta'limning ijtimoiylashuvi-ta'lim 
    oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, 
    madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq belgilab qo'yilgani bejiz 
    emas. 



    Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 1,42 Mb.
    Pdf ko'rish