hamda nafosatiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, «Ramayana»da hilol, oy eng
yuksak go'zallik tarzida tasvirlanadi: oy so'zsiz go'zal nur to'kib,
tungi zaminni sirli
chiroyga burkaydi. Sitaning jamoli ham to'lin oyga o'xshatiladi, go'zalligi
yulduzlarni tong qoldiradi. Bunday «charaqlash», «porlash, shuningdek, oltin,
qimmatbaho toshlarga, saroylarning tasviriga ham xos.
Turlash va charaqlash
erkaklar chiroyiga ham nisbat beriladi: dovyurak bahodir Dasharatxa va uning
o'g'illari «ulug'vor porlaguvchi (charaqlaguvchi)» sifatlari bilan tasvirlanadi. Ram
haqida «uning yuzi to'lin oydan go'zal», deyiladi, dostonda. Uni ko'proq
«quyoshdek charaqlab turgan yaxshiligi» uchun sevishadi.