• 2.7 – rasm. Kaolinning oddiy qizitish egri chizig’i.
  • – rasm. Oddiy termoparali termik asbobning sxemasi




    Download 1.88 Mb.
    bet12/15
    Sana10.11.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #12383
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    2.6 – rasm. Oddiy termoparali termik asbobning sxemasi.

    1 – termopara; 2 – tekshiriladigan modda solingan tigl; 3 – elektr qizdirish pechi; 4 – temperaturaga darajalangan galvanometr.

    Namunadagi temperaturani Le–Shatele tomonidan ilk bor tavsiya etilgan oddiy termopara yordamida tez va aniq o’lchash mumkin [28,29]. Termopara bir xil qalinlikdagi turli metallardan (yoki metal qotishmalaridan) yasalgan simlardir. Ikki xil simning bir uchlari kavsharlanadi, ikkinchi uchlari esa ikki kanalli farfor trubkadan o’tkazilib temperature o’lchaydigan asbobga ulanadi. Termopara simlarining kavsharlangan uchi (joyi) qizitiladigan modda ichiga o’rnatiladi.

    Sanoatda qo’llaniladigan ko’pchilik termoparalardan (xromel – alyumel, nikel – nixrom, xromel – kopel) termik tahlil amalyotida ko’proq platinarodiy – platinali termopara ishlatiladi, uning bitta elektrodi platina va 10% rodiy qorishmasidan iborat, ikkinchisi faqat platinadan iborat. Bu termoparaning yutug’i u katta EYuKga ega.

    O’rganilayotgan modda temperaturasi o’lchovlari natijasi grafikka tushirilib abssissa o’qi bo’yicha qizdirilish vaqti va ordinata o’qi bo’yicha esa modda temperaturasi joylashtiriladi. Shu tartibda olingan T=f(t) bog’lanish egri chizig’i olinadi. Umumiy hollarida u to’g’ri chiziq (2.7–rasm) holatiga ega bo’lib ma’lum burchak ostida abssissaga qarab boradi. Namunaning temperaturasi





    2.7 – rasm. Kaolinning oddiy qizitish egri chizig’i.

    ko’tarilishini uzluksiz ifodalab turadi. Faqat alohida hollardagina oddiy qizdirish egri chizig’ning o’sishi to’g’ri chiziqli bog’lanishdan chetlashish hollari kuzatiladi. Bu hollar temperaturaning oshishi yoki kamayishidan dalolat beradi. Bu paytda moddada endotermik yoki ekzotermik o’zgarishlar va reaksiyalar sodir bo’ladi. Bitta mineralga bir necha o’zgarish va reaksiyalar xarakterli bo’lib bu issiqlik ajralish va yutilish bilan bog’liq bo’lib oddiy qizdirish egri chizig’ining shakliga tasir qiladi.

    Termik jarayonlar tabiiy moddalarda ko’p hollarda issiqlik o’zgarishining kamligi natijasida qizdirish egri chizig’idagi o’zgarishlar yetarlicha ifodalanmaydi. O’rganilayotgan obyektga aniq ifodani aks ettirish uchun DTT usuli qo’llaniladi. Bu holatda ekspriment quyidagicha o’tkaziladi. Pechda bir vaqtda simmetrik joylashgan ikkita tigl ichiga joylashtirilgan tekshiriladigan namuna modda va etalon modda qizdiriladi. Ikkala moddaning ham temperatura o’zgarishi differensial termoparalar yordamida o’lchab boriladi va ularning farqi vaqt (yoki namunaning temperaturasi) funksiyasi ko’rinishida ( ifodalanadi.

    R. Austen (1899y.) va A.A. Baykovlar (1910y.) tomonidan taklif etilgan termoparalar galvanometr orqali bir–biriga qarama-qarshi ulangan ikkita oddiy termopardan iborat [30]. Bitta oddiy termoparaning issiq kovshari umumiy holatda differensial termoparaning bir qismi bo’lib o’rganilayotgan moddaga, ikkinchi kovshari esa – etalon modda joylashgan muhitga o’rnatiladi. Etalon sifatida turli kimyoviy birikmala ishlatiladi. Etalon termoinert modda bo’lishi kerak (2.8 – rasm).






    Download 1.88 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Oddiy termoparali termik asbobning sxemasi

    Download 1.88 Mb.