• 3.2. Tajriba natijalaridan foydalanib magnetit va xromitning asosiy magnit xarakteristikalarini aniqlash
  • 3.1-jadval Magnetit va xromitning asosiy magnit xarakteristikalari
  • 3.3. Magnetit va xromitni differensial termik tahlil qilish natijalari
  • Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti




    Download 1.88 Mb.
    bet14/15
    Sana10.11.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #12383
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    3.2-rasm. Xomitning χ-1(T) –bog’lanishi.

    20-450 ºC temperaturalar oralig’ida chiziqli tabiatga ega; taxminan 570ºC temperaturada bu bog’lanishning qiyaligi (dχ-1/dT) keskin oshadi, 630ºC temperaturada esa kamayadi; so’ngra bu bog’lanish 660-900 ºC temperaturalar oralig’ida yana chiziqli tabiatga ega.

    Xromit uchun χ-1(T)-bog’lanishning, yuqorida qayd qilingan temperaturalar oralig’larida chiziqli tabiatga ega bo’lishi, bu mineral uchun tajribaviy χ(T)-bog’lanishning shu temperaturalar oralig’larida (1.12) ko’rinishdagi, yoki (3.1) ko’rinishdagi Kyuri-Veyss qonuniga bo’ysinishidan dalolat beradi.

    Xromitning tajribaviy χ-1(T)-bog’lanishidagi 570ºC temperaturada yuz beradigan anomal o’zgarishni(sakrab kamayishni) (3.2-rasm) bu mineralning temir kristall panjarasida yuz beradigan strukturaviy (polimorf) o’tish bilan tushuntirish mumkin.



    3.2. Tajriba natijalaridan foydalanib magnetit va xromitning asosiy magnit xarakteristikalarini aniqlash

    O’rganilgan minerallarning §3.1da keltirilgan tajribaviy bog’lanishlariga (3.1 va 3.2-rasmlar) eng kichik kvadratlar usulini (EKKU) qo’llab[37], ularning asosiy magnit xarakteristkalari-Kyuri-Veyss doimiysi (C), paramagnet Kyuri temperaturasi (θp), minerllarning kiyoviy formulasiga to’g’ri keladigan magnit moment (µf) va birikmalarda bitta temir atomiga to’g’ri keladigan effektiv magnit moment (µeff) aniqlandi(hisoblandi). Bu [33,34]-ishlarda bayon qilingan tavsiyaga asoslanib quyidagicha amalga oshirildi. O’rganilgan namunalarning χ-1(T)-tajribaviy bog’lanishlariga EKKUni qo’lash maqsadida, dastlab Kyuri-Veyss qonuning (1.12) yoki (3.1) ifodasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:



    . (3.2)

    Bu ifodada y= χ-1, A=1/C, B= - belgilashlar kiritib undan quyidagi chiziqli tenglamani olamiz:

    y . (3.3)

    Bu tenglamaning A va B koeffisientlarini, EKKU ning normal tenglamalarini yechishdan kelib chiqadigan, quyidagi ifodalar yordamida hisoblanadi [37]:



    , (3.4)

    (3.5)


    Bu ifodalardagi n-y kattalikni ga bog`liq ravishda o`lchashlar soni, A va B - koeffisientlarni (3.4) va (3.5) ifodalar bo`yicha EHM da hisoblash dasturini tuzish uchun quyidagi algoritm tuzildi:

    1. O`lchashlar soni (n) va tajriba o`lchangan va kattaliklarni mashina xotirasiga kiritish;


    2. - yig`indilarni EHM da hisoblash;

    3. A va B koeffisientlarni (3.4) va (3.5) ifodalar bo`yicha hisoblash;

    4. C va kattaliklarni C=1/A va ifodalar bo`yicha hisoblash;

    5. Hisoblangan kattaliklarni EHM xotirasidan chiqarish.



    Shu algoritmdan foydalanib hisoblash dasturini tuzishdan oldin (3.4) va (3.5) ifodalardga quyidagicha belgilashlar kiritildi:

    = = y=, 2=.

    (3.4) va (3.5) ifodalarni shu operatorlar bo`yicha yozamiz:



    , (3.6)

    . (3.7)

    Shunday algoritm yordamida Turbo Paskal tilida tuzilgan hisoblash dasturi III-bob oxirida ilova qilingan.

    Hisoblab topilgan Kyuri-Veyss doimiysining (C) qiymatidan foydalanib, namunalarning kinyoviy formulasiga to’g’ri keladigan magnit moment quyidagi ifoda bo’yicha hisoblandi:

    , (3.8)

    bundagi M-minerallning atomar massasi[masalan Fe3O4-magnetit uchun M=3MFe+4MO].



    Hisoblash natijalari ya’ni o’rganilgan minerallarning asosiy magnit xarateristikalari 3.1-jadvalda keltirilgan.

    3.1-jadval

    Magnetit va xromitning asosiy magnit xarakteristikalari

    Namuna

    Temperatura oralig’i, 0С







    FeFe2O4

    580-960

    105.2

    873

    4.41

    960-1250

    49.4

    1083

    3.03

    FeCr2O4

    20-450

    134.3

    63

    4.91

    660-900

    7.21

    523

    1.18

    3.1-jadvalni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, minerallarda yuz beradigan strukturaviy (polimorf) fazaviy o’tishda ularning paramagnit Kyuri temperaturasi (θp) oshadi, Kyuri-Veyss doimiysi (C) va minerllarning kimyoviy formulasiga to’g’ri keladigan magnit moment (µf) esa kamayadi. Jadavaldan yana shu narsa ko’rinib turibdiki o’rganilgan minerallarning paramagnit Kyuri temperaturasi toza temirning paramagnit Kyuri temperaturasiga (θP=1043K) nisbatan kichik. Bu minerallarning kimyoviy formulasi tarkibida nomagnit element kislorodning mavjud bo’lishi bilan tushuntiriladi. O’rganilgan minerallarining kristall panjarasida kislorodning mavjud bo’lishi, bu minerallarning magnit xossasini hosil qiladigan, temir ionlaridagi 3d - qobiq elektronlarining almashinuv o’zaro ta’sirini susayishiga sabab bo’ladi. Natijada bunday o’zaro ta’sirning energetik o’lchovi hisoblanadigan θP qiymati ham kamayadi.

    3.3. Magnetit va xromitni differensial termik tahlil qilish natijalari

    Magnetit va xromitning magnit termik tahlilida, ya’ni ularning χ-1(T) bog’lanishlarida kuzatilgan(magnetitda 960°C va xromitda 570°C temperaturalarda) anomal o’zgarishlarni §3.1da ularda strukturaviy (polimorf) fazaviy o’tish bilan bog’lab tushuntirildi. Bu farazni tajribada tasdiqlash maqsadida namunalarni DTT qilish zarur edi. O’rganilayotgan minerallarni differensial termik tahlili (DTT), odatda, §1.4da bayon qilingan tajriba usuli va asbobi yordamida bajariladi. Namuna bilan termoinert etalon modda (vol’fram) temperaturalari farqiga(∆T) to’gri proporsional bo’lgan, ular tomonidan yutiladigan(yoki ajratadigan) issiqlik miqdorlari farqining namuna massasiga nisbatini ) namuna temperaturasining(T) funksiyasi [] ko’rinishda avtomatik tarzda derivatograf deb ataladigan asbob yordamida yozib olindi. Ikkinchi tomondan tekshiriladigan temperatura intervalida tigel ichidagi namuna massasining uning dastlabki massasiga(m) nisbatan o’zgarish darajasini foizlarda xarakterlovchi (bunda Δm=m-mb, mb-bug’langan massa) nisbatning namuna temperaturasining funksiyasi[(T)] ko’rinishda avtomatik tarzda derivatograf yordamida yozib olindi. Ana shu (T) va (T) -bog’lanishlar magnetit va xromit uchun, mos ravishda, 3.3 va 3.4-rasmlarda keltirilgan.




    Download 1.88 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti

    Download 1.88 Mb.