2.4 – rasm. Elektromagnit qutblarining gorizontal kesimi.
2.5 – rasm. Kompensatsiya g’altaklaridan o’tayotgan tok kuchi bilan bo’sh tigelning maydondagi holatiga bog’liqligi.
Vakuum kamerasi. Magnit tarozi va isitgich suv bilan sovitiladigan vakuum kamerasi ichida joylashtirilgan. Kamera quyidagi qismlardan iborat (2.1 – rasm). 1-qalpoq darchali, 3-darchasi organik shisha (ko’zguga tushgan va qaytgan nur o’tadigan) bilan yopilgan bo’lib, u 8 – taglikka asosga mahkamlanadi. Ichidan suv oquvchi 9-sovutgich (emeyevik) taglik ostiga o’ralgan. Kameraning 10 – nay orqali kameradan havo so’rib olinadi, yoki unga geliy gazi kiritiladi. 14 – suv kuylagi, 18 – flanes, 19 – taglik, 17 – qizdirgich va 20 – tok ulagichlar suv yordamida sovutiladi.
Kameradagi vakuum BH – 2 MГ rusumli forvakuum nasosi va BA–01–1 rusumli vakuum agregat yordamida hosil qilinadi. Kamerada vakuum (10-4 mm simob ustuni) hosil qilingandan so’ng, tekshirilayotgan namunaning bug’lanishini oldini olish uchun, unga 0,1 – 0,2 atm ortiqcha bosimidagi spektral jihatdagi sof geliy solinadi.
2.3. Magnit qabul qiluvchanlikni o’lchash xatoliklari
Tajriba asosida magnit qabul qiluvchanlikni ( 2.5 ) ifoda yordamida hisoblanadi. Bu ifoda asosida yo’l qo’yiladigan o’lchash xatoligini topish uchun uni logarifmlash va differensiallashdan so’ng nisbiy xatoni topish uchun quyidagi ifodani topamiz:
, ( 2.7 )
Bundagi har bir xatolikni baholaymiz : -analitik tarozining tortish aniqligi bilan aniqlanadi va xatolik 0.02 – 0.03 % dan oshmaydi; -etalonning xona temperaturasidagi magnit qabul qiluvchanligini aniqlanishi darajasiga bog’liq bo’lib, 0,2 % dan oshmaydi;
Etalon qarshilikda kuchlanish tushishini o’lchashdan xatolik “BK 2-20” voltmetrning aniqlik sinfi va kompensatsiya vaqtida shkaladagi shu’la chizig’ini ko’z bilan kuzatishdagi noaniqlik ( mm ) bilan bog’liq bo’lib,   -larning maksimal qiymati mos ravishda 0,3 %, 0,4 % va 0,6 % dan oshmaydi. Shunday qilib, ( 2.7 ) bo’yicha nisbiy xatolik 2% dan oshmaydi.
Ikkinchi tomondan quyidagi sabablar ham o’lchash xatoligini oshiradi.
Konteynerning har safar elektromagnit qutblari orasidagi, aynan bo’lgan sohaga aniq tushmasligi ( 0,2 mm ); Bunda χ ni o’lchashdagi maksimal xatolig 0.1 % dan oshmaydi.
Elektromagnit orqali bir xil tok berishdagi xatolik; Bu sabab tufayli xatolik 0.05 % ni tashkil qiladi.
Namunalarning yuqori temperaturadagi bug’lanishi; Bu tufayli xatolik 0.3 % dan oshmaydi.
Namuna temperaturasini o’lchashdagi xatolik ( 0,5 0 C ) . Bu tufayli xatolik 0.01 % ni tashkil qiladi.
Kuzatuv shkalasidagi sho’la ichidagi vizir chizig’ini kompensatsiya paytida shkalaning no’l holatida joylashganligini ko’z bilan payqashdagi xatolik (± 0.2 mm). Bu tufayli xatolik 0.4 % ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, umumiy nisbiy xatolik 2,5 – 3 % dan oshmaydi.
|