|
Aqliy hujum (breynstorming – miyalar bo‘roni)
|
bet | 18/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 324,65 Kb. | | #230150 |
Bog'liq Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta (1)Aqliy hujum (breynstorming – miyalar bo‘roni) – amaliy yoki ilmiy muammolarni hal etish fikrlarni jamoali generatsiya qilish usuli.
Metodning maqsadi: aqliy hujum vaqtida tinglovchilar murakkab muammoni birgalikda hal etishga intilishadi: ularni hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi (generatsiya qiladi) va bu fikrlar tanqid qilinmasdan ular orasidan eng muvofiqi, samaralisi, maqbuli va shu kabi fikrlar tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi va ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
Aqliy hujumning asosiy vazifasi – o‘qib-o‘rganish faoliyatini faollashtirish, muammoni mustaqil tushunish va hal etishga motivlashtirishni rivojlantirish, muloqot madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, fikrlash inersiyasidan qutilish va ijodiy masalani hal etishda fikrlashning oddiy borishini engish.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri jamoali aqliy hujum – iloji boricha ko‘proq fikrlar yig‘ilishini ta’minlaydi. Butun o‘quv guruhi (20 kishidan ortiq bo‘lmagan) bitta muammoni hal etadi.
Ommaviy aqliy hujum – mikro guruhlarga bo‘lingan va katta auditoriyada fikrlar generatsiyasi samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.
Har bir guruh ichida umumiy muammoning bir jihati hal etiladi.
Namuna: Guruxga muammoli vaziyat beriladi, misol uchun harbiy qism yoki harbiy muassasa kollektividagi psixologik vaziyat yomonlashib, konflikt chiqadigan darajaga etib kelgan. Muammoni xal qilish bo‘yicha jamoada aqliy hujum щtkazilib, iloji boricha ko‘proq fikrlar yig‘ilishi tashkillashtiriladi.
Bu fikrlar tanqid qilinmasdan, ular orasidan eng samaralilari, maqbullari, yani vaziyatni normallashuvga olib kelishi mumkin bo‘lganlari va shu kabilari tanlab olinib, muhokama qilinadi, rivojlantiriladi va ushbu fikrlarni asoslash va rad etish imkoniyatlari baholanadi.
O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5 – 10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida engillashtiriladi.
Asosiy qoidalari qo‘yidagilar.
Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir – biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqidning mavjud emasligi. Masalan, qaysidir talaba o‘zbek davlatchiligi IX-XI asrlarda shakllandi degan fikrni bildirdi. Ammo ushbu fikr ham tanqid qilinmaydi.
G‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik. Masalan, biron – bir talaba hatto noto‘g‘ri fikr bildirayotgan bo‘lsa ham uning gapini bo‘lmaslik talab etiladi.
So‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.
|
| |