|
Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot
|
bet | 7/81 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #261130 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar3.Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot
texnologiyalarning roli
Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni oʻz ichiga oladi:
1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish.
2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.
3. Ma’lumotlarni kodlashtirish.
4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash.
5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
7. Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish. Ma’lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba’zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil boʻladi. SHu oʻrinda ba’zi jarayonlar qaytarilishi mumkin.
O’arayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati koʻp jihatdan iqtisodiy ob’ektga bogʻliq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini koʻrib chiqamiz:
1. Axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish; axborotlarni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xoʻjaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlangʻich iqtisodiy hisobotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.
Shu oʻrinda boshlangʻich ma’lumotning ishonchli, toʻliq va zamonaviy boʻlishiga katta e’tibor beriladi. Korxonada axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish har xil xoʻjalik operaöiyalarini bajarish vaqtida sodir boʻladi. (Masalan: tayyor mahsulotlarni qabul qilish, materiallarni qabul qilish, yuborish va boshqalar). Avval axborot yigʻiladi, keyin mustaxkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish joylarining oʻzida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar hisoblash natijasida kelib chiqadi. Haqiqatdan axborotni yigʻish uchun oʻlchash ishlari, hisob-kitob, material ob’ektlarini taqqoslash, alohida bajaruvchilarning vaqtinchalik va sonli harakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga oshiriladi.
Axborotni yigʻish uni roʻyxatdan oʻtkazish bilan birga olib boriladi. Boshlangʻich hujjatlarga yozish asosan qoʻlda bajariladi, shuning uchun yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etadigan ishligicha qolmoqda. Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan sharoitida asosiy e’tibor axborotlarni roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosidan foydalanishga qaratiladi. Axborotlarni roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosi oʻz ichiga quyidagilarni oladi: sonli oʻlchov operaöiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, EHM aloqa kanallari orqali axborotlarni yigʻish, uzatish va boshqalar.
Iqtisodiy axborotlarni uzatish har xil iqtisodiy ob’ektlarda turlicha amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish koʻpincha uni qayta ishlashdan ajratilgan holda olib boriladi. Ma’lumki, axborotlarni yigʻish va uzatish ish joylarining oʻzida amalga oshiriladi, uni qayta ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi.
2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan etkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.
Uzoq masofaga axborotni aloqa kanallari orqali uzatish vaqtni va harajatni qisqartiradi. Uni amalga oshirish uchun esa turli maxsus texnik vositalar kerak boʻladi. Ba’zi axborotlarni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazishning texnik vositalari ish joylariga oʻrnatilgan datchiklardan olinayotgan axborotlarni yigʻib, EHMga uzatadi. Boshlangʻich axborot paydo boʻlgan joyidan uzatilgani kabi natijaviy axborot ham teskari yoʻnalishda uzoq, masofaga (distanöion) uzatilishi mumkin. Bu holda natijaviy ma’lumot har xil asboblarda aks etadi.
Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali etib kelishi asosan ikki usulda amalga oshiriladi:
elektron tashuvchilarda
2) bevosita kompyuter maxsus dasturli va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga oshiriladi.
Axborotni uzoq masofaga uzatish usuli doim oʻsib, rivojlanib bormoqda. Bu usul koʻp qirrali tarmoqlararo tizimda katta ahamiyatga ega. CHunki masofadan uzatish bir boshqaruv bosqichidan ikkinchisiga axborotning oʻtishini tezlashtiradi va ma’lumotlarni qayta ishlashga ketadigan umumiy vaqtni tejaydi.
3. Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish - bu mashina tashuvchilariga axborotni EHMda qabul qilingan kodlarda yozish jarayonidir.
Bunday axborotlarni kodlashtirish berilgan boshlangʻich hujjatlarni magnit disklarga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi, sungra EHMga qayta ishlash uchun kiritiladi.
4. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yigʻish. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yigʻish - axborotlardan koʻp marta foydalanish, axborotlarni doimiy qoʻllash, boshlangʻich ma’lumotlarni qayta ishlashgacha ularni toʻplash kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi.
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot - ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida toʻplagan tajribalari majmuyi demak inson axborot oqimi ichida yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, oʻzaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushoxada va mulohaza qilib koʻrish, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab etish maqsadida koʻpdan koʻp soʻzlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborotlar oqimini bamisoli bahor sellari oqimi kabi koʻpaytirib yubordi. Axborot oqimining tobora koʻpaya borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, asrimizning 70 - yillar oʻrtalariga kelibok ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1011 arifmetik amalni bajarish kerak boʻladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni choʻt qoqib amalga oshirib boʻlmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni echa olishi mumkin.
Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni oʻz vaqtida toʻplab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga etkazish kerak boʻladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilgʻor axborot texnologiyalarni joriy etish zarur.
Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash jaayonlarini bajaradi.
Axborot texnologiyalarini oʻrganish uch qismdan iborat:
1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari oʻrganiladi, bunda asosiy e’tibor axborot tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.
2. Axborot texnologiyalari vositalari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik va dasturiy ta’minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik erganomik va umumiy ta’minotlarni oʻrganadi.
3. Boshqarish sub’ekti faoliyatiga taalluqli boʻlgan iqtisodiy masalalarni echish yoʻllari oʻrganiladi.
|
| |