Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10




Download 5,73 Mb.
bet11/16
Sana28.12.2019
Hajmi5,73 Mb.
#5865
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
§
I.Darsning maqsadi:

I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlar. Tabiatning tuzilishi, unda ro‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramiz- dan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari - Misr, Xitoy, Hindistonda paydo bo‘lgan. Xususan, qadimgi Misrda donli, sabzavot, mevali daraxtlar ekib o‘stirilgan. Bir o‘rkachli tuya, mushuk, g‘oz, o‘rdak, kaptar, oqqush turlari xonakilashtirilgan.

Qadimgi hindistonliklar olam 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efir)dan iborat deb hisoblaganlar. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish, yerlarni o‘g‘itlash joriy etilgan.

Markaziy Osiyoda yashagan odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi, atrofdagi o‘lik va tirik tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari «Avesto» kitobida o‘z ifodasini topgan. Avestoda dunyoning yaratilishi, tabiat va voqea-hodisalar, odamlarning hayot kechirish tarzi tasvirlangan. Avestoning tibbiyotga doir bo‘limida odam tanasining, uy-joylarning tozaligiga e’tibor berish, toza suvni ehtiyot qilish, nopok narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo‘lish lozimligi ta’kidlanadi. Shuningdek, tuproq, yer muqaddas sanalgan, dunyo va hayotning yaratilishi, tibbiyotga oid ma’lumotlardan tashqari, ekin yerlarini ko‘paytirish,shudgor qilish, ularga sara urug‘ ekish tavsiya etilgan, uy hayvonlarini ko‘paytirish, ularga ozor bermaslik, asrab-avaylash lozimligi uqtirilgan.Qadimgi Yunonistonda tabiat haqida qarashlar. Tabiat haqida qa- dimgi

Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar. Qadimgi Yunonistonda tabiat- shunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramiz- gacha bo‘lgan 384-322-yillar) hayvonlar klassifikatsiyasining asosini tuzgan, solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamda organlar korrelatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida ba’zi fikrlarni ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan rivojlanadi. Aristotel - hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni tasnif- lashda ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga - «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristo- telning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinflariga to‘g‘ri keladi. Olimning uqtirishicha, meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o‘simliklarga o‘xshash. Shuning uchun ularni Aristotel «zoofitlar» deb atagan. «Hayvonlarning paydo bo‘lishi» asarida uqtirilishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi. U oldin zoofitlar, keyin umuman hayvonlar, so‘ng o‘z turiga xos tuzilishga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo‘ladi. Uning fikricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o‘zaro o‘xshash va bir xil joylashgan.

Aristotelning shogirdlaridan biri Teofrast o‘simliklarning 400 dan ortiq turini o‘rgangan. Ularning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tas- virlab bergan. U bir o‘simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin degan fikrni quvvatlagan.

RimolimiLukretsiyKar (er.av. 99-55) olamo‘z-o‘zidanpaydobo‘lgan, hayvonlarnamyerdankelibchiqqan, dastlabularningmayib-majruhxillari, keyinchalikharakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandano‘zinihimoyaqiladigannormalhayvonlarpaydobo‘lgandebhisoblagan. KlavdiyGalen (130-200) tibbiyotasoschilaridanbiribo‘lgan. Uqo‘y, it, ayiqvaboshqaumurtqalihayvonlartuzilishinio‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof etgan.

Abu Nasr Farobiy (873-950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunoslikning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan (33-rasm).


33-rasm.

Abu Nasr Farobiy


Farobiyinsondastavvalhayvonotdunyosidanajralibchiqqanligi, shusababliodamda, hayvonlardaba’zio‘xshashliklarsaqlanibqolganligihaqidagifikrniilgarisurgan. U tabiiy tanlanish, sun’iy tanlashni e’tirof etgan.

O‘rta asrlardagi tabiat fani rivojiga Beruniy va ibn Sino katta hissa qo‘shganlar. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘shliq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olam- ning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyora- dir», - degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, u yumaloq shaklda, deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fikricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini o‘zgartiradi (34-rasm).


34-rasm.

Abu Rayhon Beruniy


Markaziy Osiyoning mashhur tabiatshunos olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning fikricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan.

Ibn Sino o‘z asarlarida o‘simliklar, hayvonlar va odam o‘zaro o‘xshash, chunki ularning barchasi oziqlanadi, ko‘payadi, o‘sadi deb uqtiradi. O‘simliklar rivojlanishning quyi bosqichida, hayvonlar o‘rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Farobiyning tabiat to‘g‘risidagi fikrlarini gapiring.

  2. Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfiyotlar qilgan?

  3. Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi nimalardan iborat?

  4. Zahiriddin Muhammad Boburning izlanishlari haqida gapirib bering.

Qadimgi Misr

Qadimgi Hindiston

Qadimgi Xitoy










Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Miloddan oldin yashagan tabiatshunos- larning tabiat to‘g‘risidagi tasavvurlarini yozing.

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
44- Mavzu: K.Linney, J.B.Lamarkning ilmiy ishlari, J. Kyuvening

evolyutsion g‘oyalari.38 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga biolog olimlar va ularning biologiya fani rivojiga qo`shgan hissasi haqida umumiy ma`lumotlar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

XV asr yarmiga kelib, Yevropa mamlakatlarida feodalizm o‘rniga burjuaziya hokimiyati o‘rnatildi. Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Boshqa yerlardan Yevropaga ko‘pgina o‘simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o‘simlik va hayvonlarni o‘rganishga katta qiziqish uyg‘otdi.

Buning oqibatida kishilarning o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707-1778) shug‘ullandi (35-rasm).U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsiflab beradi.Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni sinflarga birlashtiradi. Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o‘qiganingizda suvo‘tlari, sporali o‘simliklar, ochiq va yopiq urug‘lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning bir qancha sistematik guruhlari bilan tanishgansiz.K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali rivojlanmagan edi. Shu sababli K. Lin­ney o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoffaq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinflarga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fikr bildirgan. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atroflicha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi.

Organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744-1829) yaratdi (86-rasm). U «umurtqasizlar» va «biologiya» atamalarini fanga birinchi bo‘lib kiritdi. Lamarkning evolutsiyaga doir fikrlari «Zoologiyaga kirish», (1801) va «Zoologiya falsafasi», (1809) nomli asarlarida bayon etilgan.Lamark turlar o‘zgarmaydi, degan g‘oyaga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va evolutsion ta’limotni targ‘ib qilgan. Lamark fikricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar real deb hisoblagan.


35-rasm.

36-rasm. K. Linney.



Lamark hayvonot olamining tabiiy sistematikasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan klassifikatsiyani ilgari surgan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. Hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasiga qarab 6 bosqichga ajratdi.(36-rasm)

36-rasm.

J. B. Lamark


Biologiya fani rivojiga fransuz olimi Jorj Kyuve ham katta hissa qo‘shdi (87-rasm). U morfologiya, anatomiya, sistematika, paleontologiya sohalarida tadqiqot olib borgan. Kyuve mulohazasiga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, hayvonning bir organi, masalan, ovqat hazm qilish organining o‘zgarishi u bilan aloqador bo‘lgan boshqa organlarning ham o‘zgarishiga olib keladi.


J. Kyuve ilgari surgan mulohazaga binoan har bir hayvon turi o‘zi yashaydigan muhitga muvofiq ravishda yaratilgan va o‘zgarmasdir. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Kyuve o‘zi kashf qilgan korrelatsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tatbiq etdi. U K. Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarab olim barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar.

Qazilma holda saqlangan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi paleontologiya fani rivojlanishida Jorj Kyuvening xizmatlari nihoyatda katta bo‘ldi. Olim qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o‘rgandi. U korrelatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, qirilib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini qayta tiklash metodini kashf etdi va undan amaliyotda foydalandi. Olim turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligini aniqlagan. Vaqt o‘tishi bilan ular murakkablashganini ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, olim ularni halokatlar nazariyasi bilan tushuntirishga intildi.

XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asrdagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hu­jayra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odamlar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha orga­nizmlar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

1.K. Linney ta'limotini gapirib bering.

2.J. Kyuve ta’limotini tushuntirib bering.

3.J. B. Lamark ta’limoti haqida nimalar bilasiz?

4.Umurtqalilarning turli sinflariga mansub hayvonlar embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashligini qanday izohlaysi

5.J. Kyuvening paleontologiya sohasidagi ishlari haqida nimalar bilasiz?

Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Karl Linney, Jorj Kyuve,

Jan Batist Lamark ilgari surgan g‘oyalarni ajrating.


Karl Linney

Jorj Kyuve

Jan Batist Lamark











Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
45- Mavzu: Ch. Darvinning hayoti, faoliyati.39 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga Ch. Darvin hayoti va faoliyati haqida umumiy ma`lumotlar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

XIX asrga kelib Angliya sanoati, qishloq xo‘jaligi rivojlangan yirik kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi chorvachilik va qishloq xo‘jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko‘payishini talab qila boshladi. Xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ingliz seleksionerlari ko‘p mahsulot beradigan qo‘y, qoramol, parranda zotlarini, ko‘p hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya natijalari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan hayvon, o‘simlik organizmlari o‘zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi. Ch. Darvin o‘simlik va hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi.

Darvinni, ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 500 km uzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga soldi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqalar, chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir orolda o‘ziga xos tuzilishga ega turlarini uchratish mumkin. Vyuroklar boshqa xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizig‘i shundaki, har xil orolda tumshug‘i turlicha tuzilgan vyuroklar tarqalgan.

Umuman olganda, Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash, lekin ayrim belgi, xossalari bo‘yicha farq qiladi.

Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin professor Genslo uni butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi (88-rasm)



38-rasm. Ch. Darvin va «Bigl» kemasining safar marshruti.

Qirilib ketgan qadimgi oz tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayratlantirdi. Bu dalillar qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo‘ldi.

Hayvonlar geografik tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o‘zaro taqqoslab, ular o‘rtasida katta farq borligini qayd qildi. Chunonchi, Janubiy Amerikada keng burunli maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r,zirhli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Amerikada uchramaydi. Uning fikricha, o‘tmishda Amerikaning ikkala qismi bir bo‘lib, faunasi o‘xshash bo‘lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko‘tarilishi tufayli hayvonlarning bir qit’adan boshqa qit’aga o‘tishi uchun to‘siq hosil bo‘lgan. Oqibatda Shimoliy hamda Janubiy Amerika faunasi o‘rtasida hozirgi farq vujudga kelgan.

Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi.

Darvinning yirik asarlari. Darvin dunyo bo‘ylab uyushtirilgan safardan qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi. U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi.

Sun’iy tanlash. Dunyo bo‘ylab safardan Darvin tashqi muhit ta’sirida turlar o‘zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiyaga oid dalillar turlarning turg‘un emas, balki o‘zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi. Avvalo xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabablarini o‘rgandi.

Ongsiztanlash.Arxeologiyama’lumotlariningko‘rsatishicha, odampaydobo‘lmasdanilgariYeryuzidamadaniyo‘simliklar, xonakihayvonlarbo‘lmagan. Ibtidoiyodamlaryovvoyihayvonlarniovlash, tabiatdayovvoyiholdao‘suvchio‘simliklarningurug‘lari, mevalarivaboshqaqismlariniiste’molqilishbilanhayotkechirgan. Bundan 9-10 mingyiloldinyovvoyihayvonbolalariniqo‘lgao‘rgatish, yovvoyio‘simliklarorasidanoziqabopxillarinio‘zkulbalariatrofigaekishrasm-rusumtusiniolganvabutajribaavloddanavlodgao‘taboshlagan.

Yangimavzunimustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Ch. Darvinning evolutsion g‘oyalari Lamarkning g‘oyalaridan nimasi bilan farq qiladi?

  2. Ch. Darvin ta’limotining mazmun-mohiyatini izohlang.

  3. Ch. Darvin xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabab- larini qanday izohladi?

  4. Sun’iy tanlashning muvaffaqiyatli chiqishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?


Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
65- Mavzu: Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlari. 40-
Download 5,73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 5,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

Download 5,73 Mb.