Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10




Download 5,73 Mb.
bet13/16
Sana28.12.2019
Hajmi5,73 Mb.
#5865
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga tabiiy tanlanish turlari haqida tushunchalar berish

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Yashash uchun kurash ko‘pchilik organizmlarning halok bo‘lishi, ba’zilarining esa yashab qolishi bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. Individual o‘zgaruvchanlik organizmda uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ularning bir xillari organizm uchun foydali, ikkinchi xillari organizmlar uchun befarq, uchinchilari esa zararli bo‘ladi. Odatda zararli o‘zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida halok bo‘ladilar. Organizm uchun befarq o‘zgaruvchanlik ularning yashovchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Foydali o‘zgaruvchanlikka ega individlar tur ichidagi, turlararo yoki abiotik muhitning noqulay sharoitlariga qarshi kurashda birmuncha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli yashab qoladi. Yashash uchun kurashda foydali belgi, xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, shunday belgi, xossalarga ega bo‘lmaganlarining nobud bo‘lishi tabiiy tanlanish deb ataladi.

Tabiiy tanlanish - organizmlar evolutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Ch. Darvin fikricha, tabiiy tanlanish - yashash uchun kurashning natijasi bo‘lib, foydali individual o‘zgarishlarga ega bo‘lgan organizmlarning yashab, nasl qoldirishi, ya’ni moslashgan formalarning yashab qolishi, foydasiz o‘zgarishlarga ega bo‘lgan organizmlarning qirilib ketishi, ya’ni moslashmagan formalarning nobud bo‘lishidan iborat biologik jarayon. Irsiy o‘zgaruvchanlik tabiiy tanlanish uchun asos hisoblanadi. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilma-xilligi ortadi, evolutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi murakkablashadi, muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud bo‘ladi.

Yashash uchun kurashga moslashgan organizmlar moslashmagan organizmlarga nisbatan kamroq nobud bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tabiiy tanlanish, organizmning muhitga moslashishida yangi populatsiya, turlarning kelib chiqishida asosiy omil ekanligidan dalolat beradi.

Hozirgi vaqtda tabiiy tanlanishning 3 turi farqlanadi: 1) harakatlantiruvchi; 2) stabillashtiruvchi; 3) dizruptiv.

Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruv- chanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda populatsiya - yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘z- garuvchanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi moslashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud bo‘ladi.


40-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish. 95-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish:

A - latimeriya; B - gatteriya.


Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2-3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi.Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish stabillashtiruvchi tanlanish
deyiladi (40-rasm).Gatteriya, gingko biloba, latimeriya kabi organizmlar o‘zgarmas muhit sha- roitida saqlanib qolganligi stabillashtiruvchi tanlanishning natijasidir (41-rasm).

Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabi­iy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini kengay- tiradi. Harakatlantiruvchi tanlanish o‘z- gargan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustah- kamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘- g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning norma- dagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.


96-rasm.Harakatlantiruvchi tanlanish.




41-rasm. Ot evolutsiyasi - harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir.




Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

1.Yashash uchun kurashni qanday izohlaysiz?

2.Tabiiy tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.

3.Harakatlantiruvchi tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.

4.Stabillashtiruvchi tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.

5.Dizruptiv tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirb bering

Stabillashtiruvchi

tanlanish

Harakatlantiruvchi

tanlanish

Dizruptiv

tanlanish












Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
50- Mavzu: Organik olamdagi moslanishlar – evolyutsiya natijasi43 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga organic olamdagi moslanishlar, evolyutsiya nazariyasi haqida umumiy ma`lumotlar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Moslanish bu - organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi, organlar funksiyasi, xulq-atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga mos kelishidir. Barcha tirik organizmlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos moslanish belgilari ularning o‘zi yashab turgan muhitda yashab qolishi, yashash uchun kurashda g‘olib chiqishi, normal nasl qoldirib o‘z belgilarini kelgusi avlodlariga uzatishlari uchun imkon tug‘diradi. Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir. Yashov- chanlik deganda organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin o‘zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi. Raqobatchanlik organizm­larning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shi- lish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Nasl qoldirish esa organizmlar urchishining normal kechishi bilan bog‘liq. Moslanishning bu uch komponenti o‘zaro bog‘liq bo‘lib, tabiiy tanlanish orqali tarkib topgan evolutsion natija hisoblanadi. Tashqi muhit sharoitlari turli-tuman bo‘lganligi sababli, organizmlardagi moslanish belgilari ham xilma-xil bo‘ladi.

Morfologik moslanishlar. Tashqi muhit omillari ta’siri natijasida organizmlar tana tuzilishida shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, qushlarda tana shakli havo muhitida, baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam beradi. Hayvonlardagi morfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka, mimikriya, ogohlantiruvchi rang, chalg‘ituvchi rang misol bo‘ladi.

Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi ya- shayotgan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi (41-rasm). Odatdacho‘ldayashaydigantoshbaqa, kaltakesak, ilonlarqumrangida, shimoliyo‘lkahayvonlari - ayiq, kuropatka, tulkilaroqrangda, kvaksha, be- shiktervatar, ninachilaryashilbarglarorasidayashagani, karamkapalagiqurtiuningbarglaribilanoziqlanganisababliyashilrangdabo‘ladi. Agar muhit rangi fasllarga qarab o‘zgarsa, u holda hayvonlar rangi ham o‘zgaradi.

Masalan, Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi.

Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o‘simliklarga o‘xshash bo‘ladi. Chunonchi, chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichka novdani, ninabaliq suvo‘tlarini, dengiz paxmoq otchasi

41-rasm. Hayvonlarda himoya rangi:

  1. - yashil chigirtka;

  2. - odimchi qurt;

  3. - kvaksha baqasi;

  4. - kuropatkaning

yozgi qiyofasi;

  1. - kuropatkaning

qishki qiyofasi;

  1. - tentakqush;

  2. - gornostayning

yozgi qiyofasi;

8- qishki qiyofasi.

deb ataluvchi baliq suv o‘simliklarini eslatadi (42-rasm). Ayrim ikki pallali molluskalar shakli suv o‘simliklarining kurtak- lariga o‘xshash bo‘ladi. Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘ladi.

Ogohlantiruvchi rang. Ba’zi hayvonlarning tashqi ko‘rinishi rang-barang bo‘lib, ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tillaqo‘ng‘iz, tugmachaqo‘ng‘iz, qovog‘ari, tukli ari, ko‘pgina kapalaklar, «do‘st-dushman» ko‘ziga yaqqol tashlanib, o‘z ranglari bilan ularni «ogohlantiradilar». Odatda bunday ogohlantiruvchi rangga ega hayvonlarning dushmanlardan himoya qiladigan qo‘shimcha vositalari mavjud. Ularning xususiy himoya vositalariga tanada ishlab chiqariladigan qo‘lansa hidlar, zaharli suyuqliklar, tananing tuklar bilan qoplanganligi,nayzalar va hokazolar kiradi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izi zaharli suyuqlik ajrat- gani uchun qushlar ularni cho‘qimaydilar.

Mimikriya.Ba’zihollardadushmanlaritomonidanko‘pqiriladiganhayvon­lartanasiningrangi, shaklibilan «ogohlantiruvchirangli» organizmlargataqlidqiladi.

Kushandalaritomonidanko‘pqiriladiganhimoyasizhayvonlarning «ogoh­lantiruvchirangli» kamqiriladiganorganizmlargataqlidqilishimimikriyahodisasidebataladi

Ba’zi bir pashshalarning va ayrim kapalak turlarining rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo‘ng‘izlarga o‘xshashligi, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo‘lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (101- rasm).

42-rasm.Hayvonlardamaskirovka.

  1. - beshiktervatar;

  2. - chupchik;

  3. - ko‘lbuqa;

  4. - dengiz toychasi;

5- lattachi baliq;6- dengizmasxarabozi;

7-ninabaliq.

Yangi mavzuni mustahkamlash:

Savol va topshiriqlar:

  1. Morfologik moslanishlar haqida gapirib bering.

  2. O‘simliklar olamidagi moslanishlarning ahamiyati.

  3. Organizmdagi moslanishlarning nisbiyligini qanday izohlaysiz.

  4. Zoologiyadan o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida sutemizuvchilardagi etologik moslanishlarga misollar keltiring

Mustaqil bajarish uchun topshiriq; Jadvalni to`ldiring

O‘simlik nomi

Tarqalish usuli

Meva turi

Moslanish













Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
51- Mavzu: 4-Laboratoriya mashg‘uloti.Organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarini o‘rganish.
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga organizmlarning yashash muhitiga moslanishlarini kuzatishni o`rgatish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-2,Xk-3
4-LABORATORIYA MASHG`ULOTI

Mavzu: Tirik organizmlarning muhitiga moslashganligini o‘rganish.
Mаqsаd: оrgаnizmlаrning yashаsh muhitigа moslanish turlarini o`rganish, qushlarning havo, baliqlarning suv, toshbaqalarning cho‘l muhitiga moslanish belgilarini aniqlash.

Jihоzlаr: akvаriumdаgi bаliqlаr, qаfаsdаgi to`ti, kаnаrеykа yoki qushning tulumi, tirik burchаkdаgi tоshbаqа yoki ularning rangli rasmlari

Ishni bajarish tartibi:

1. Qаfаsdаgi to`ti, kаnаrеykа yoki qushning tulumini ko`rib chiqing.

2. Qushlаrning tashqi tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаrini аniqlаng.

3. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida qushlаrning ichki tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаrini аniqlаng.

4. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to`ldiring.


Qushlarning belgilari

Moslanish belgilari

Qushlаrning tashqi tuzilishidagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаri

Oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi

Tanasi pat bilan qoplanganligi va patlarning ixtisoslashganligi



Qushlаrning skeletidagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаri

Suyagi havo bilan to`lgan, yengil

Toj (kil) suyagining borligi



Qushlаrning nafas olish organlaridagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаri

Havo xaltachalarining borligi

Qushlаrning hazm qilish organlaridagi uchishgа mоslаshgаnlik bеlgilаri

Murakkab oshqazonning borligi (muskulli va bezli)

Siydik pufagining yo`qligi.

Siydik yo`li va anal teshigining bitta ekanligi.


Qushlardagi moslanishlarning nisbiyligi

yuqoridagi belgilar barcha qushlar uchun nisbiydir.

5. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida baliqlarning tashqi va ichki tuzilishidagi suv muhitiga moslanish belgilarini аniqlаng.

6. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to`ldiring.



Baliqlarning belgilari

Moslanish belgilari

Baliqlarning tashqi tuzilishidagi suv muhitiga moslanish belgilari

1.Tanasining suyri shakli

2.Tanachalar bilan qoplanganligi

3.Suzgich qanotining borligi va ixtisoslashganligi

4.Yon chiziqlarining borligi



Baliqlarning ichki tuzilishidagi suv muhitiga moslanish belgilari

1.Suzgich pufagining borligi

2.Jabra bilan nafas olishi

3.Qon aylanishining o`ziga xosligi


Baliqlardagi moslanishlarning nisbiyligi

Bu belgilar barcha baliqlar uchun nisbiydir.

7. Zoologiya darslarida olgan bilimlaringiz asosida toshbaqalarning tashqi tuzilishidagi va xulq atvoridagi cho‘l muhitiga moslanish belgilarini аniqlаng.

8. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to`ldiring.



Toshbaqalarning jihatlari

Moslanish belgilari

Toshbaqalarning tashqi tuzilishidagi cho`l muhitiga moslanish belgilari

1.Tanasining muguz bilan qoplanganligi.

2.Oziqlanishi.

3.Terisi suvni kam bug`latishi


Toshbaqalarning xulq atvoridagi cho`l muhitiga moslanish belgilari

1.Biror bir xavfni sezganda, boshi va oyoqlarini kosasi ichiga tortib oladi.

2.Kundizi inida yotadi, tunda faol bo`ladi.



Toshbaqalardagi moslanishlarning nisbiyligi

Yuqoridagi belgilar barcha toshbaqalar uchun nisbiydir.

9. Berilgan rasmlar ostiga hayvonot olamidagi moslanish turlarining mosini yozing. (Ogohlantiruvchi rang, mimikriya, himoya rangi, maskirovka, fiziologik moslanish (issiqqonlilik), nasl qoldirish bilan bog`liq moslanish, morfologik moslanish, biokimyoviy moslanish (zaharli moddalar), himoya rangi)


Hayvonot olamidagi moslanishlar:







1.

2.

3.







4.

5.

6.







7.

8.

9.

10. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi bilimlaringiz asosida moslanishlarning paydo bo`lish mexanizmi haqida xulosa chiqaring.


Mashg’ulot natijalari va yakuniy xulosa.

XULOSA: Biz bugungi laboratoriya mashg`ulatida tirik organizmlarning turli yashash muhitga moslanish belgilarini o`rgandik. Bunda biz qushlarning havoda uchishga moslashganligini va toshbaqalarning cho`l hayotida moslashganligini o`rgandik. Moslanish belgilari tirik organizmlar uchun nisbiyligini aniqladik.

Uygavazifa:Mavzunio`qibo`rganibkelish ________________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
52- Mavzu: Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi.Nazorat ishi-6.44 -
Download 5,73 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 5,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

Download 5,73 Mb.