§
a) ta’limiy: o`quvchilarga tiriklikka xos bo`lgan kimyoviy moddalar va ularning doimiyligi haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Tirik organizmlarning asosiy xossalaridan biri kimyoviy tarkibining birligidir. O‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning barcha hujayralari kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydi, bu esa organik olamning birligidan dalolat beradi. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar biogen elementlar deyiladi.
Tirik organizmlardagi miqdoriga ko‘ra hujayra tarkibiga elementlar makroelement va mikroelementlarga ajratiladi. Makroelementlarni 2 guruhga birlashtiriladi.Birinchi guruhga elementlarning 98% ini tashkil etuvchi C, O, H, N kiradi.Bu elementlar tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi.Ikkinchi guruhga S, P, Ca, Na, K, Cl, Mg, Fe kiradi. Bu elementlar 1,9% ni tashkil etadi. Miqdori 0,001% dan kam elementlar mikroelementlar deyiladi. Ular biologik faol moddalar ferment, gormon va vitaminlar tarkibiga kiradi
Kimyoviy elementlarning biologik ahamiyati
|
|
Elementlar
|
Biologik ahamiyati
|
Makroelementlar
|
Kislorod (O)
|
Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Hujayrada nafas olish jarayonining aerob bosqichida ishtirok etadi
|
Uglerod (C)
|
Barcha organik birikmalar tarkibiga kiradi
|
Vodorod (H)
|
Suv va organik birikmalar tarkibiga kiradi. Energiyaning bir turdan boshqa turga o‘tishida ishtirok etadi
|
Azot (N)
|
Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, ATF, xlorofill, vitaminlar tarkibiga kiradi
|
Fosfor (P)
|
Nuklein kislotalar, ATF, fermentlar, suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi
|
|
|
Kalsiy (Ca)
|
Suyak to‘qimasi tarkibiga kiradi, qonning ivishi, muskullar qisqarishi- ni ta’minlaydi
|
Magniy (Mg)
|
Xlorofillmolekulasitarkibigakiradi, energiyaalmashinuvivaDNKsintezinifaollashtirishdakofermentsifatidaishtiroketadi
|
Natriy (Na)
|
Nervimpulslarinio‘tkazishdaishtiroketadivahujayraningosmotikbosiminita’minlaydi
|
Hujayratarkibigakiruvchibirikmalar.Hujayratarkibigakiruvchibirikmalarniikkiguruhga: anorganikmoddalarvaorganikmoddalargabirlashtirishmumkin (1-sxema).
Hujayraning anorganik birikmalari.Hujayraning hayot faoliyatida mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar (K+, Na+, Ca+2, Mg+2), anionlar (Cl-, HCO3-, HPO42-, H2PO4- ) yoki kristall holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi.
Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi.
K+, Na+, Ca2+ kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarini ta’minlaydi;
Mg2+, Mn2+, Zn2+, Ca2+ kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;
fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofill tarkibiga kiruvchi Mg2+ ga bog‘liq;
kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini - buferlikni ta’minlaydi.
Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p. Ko‘p hujayrali organizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miqdori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘- ladi. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga moslashganligi, dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.
Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan moddalarni gidrofil moddalar deyiladi (5-rasm). Ularga osh tuzi, monosaxaridlar, disaxaridlar, od- diy spirtlar, aminokislotalar misol bo‘ladi. Suvda yomon eriydigan va umuman erimaydigan mod- dalarni gidrofob moddalar deyiladi. Ularga poli- saxaridlar (kraxmal, glikogen, kletchatka), ATF, lipidlar, ba’zi oqsillar, nuklein kislotalar kiradi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
1. Hujayra tarkibiga kiruvchi elementlarning ahamiyatini izohlang.
2. Suvning hujayradagi funksiyalarini aytib bering.
3. Mineral tuzlarning hujayra faoliyatidagi ahamiyatini izohlang.
4.Hujayraning buferlik xususiyatini ta’minlovchi sistemalarni ayting.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish_____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
5- Mavzu: Hujayra tarkibiga kiruvchiorganik birikmalar.
Uglevodlar va lipidlar.5 -§
a) ta’limiy: o`quvchilarga uglevodlar va lipidlar haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Hayotning molekula darajasi biologik molekulalar - DNK, RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar, lipidlar faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bu moddalar qaysi turga mansubligidan qat’i nazar barcha tirik organizmlar hujayralari uchun umumiy tuzilishga ega.Yuqori molekular moddalar - oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar biopolimerlar hisoblanadi. Biopolimerlar monomerlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Polimerlar ikki guruhga bo‘linadi. Bir xil tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (glikogen, kraxmal, selluloza) gomopolimerlar, har xil tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (oqsillar, nuklein kislotalar) geteropolimerlar deyiladi.
Uglevodlar.Uglevodlar hujayraning eng muhim organik birikmalari hisoblanadi. Uglevodlarning umumiy formulasi Cn( H2O)n.
O‘simliklar quruq moddasi massasining 80% ga yaqini, hayvonlar quruq moddasi massasining 2% ga yaqinini uglevodlar tashkil etadi. Tarkibiga ko‘ra uglevodlar uchta guruhga bo‘linadi: monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlar (2-sxema).
Monosaxaridlar kichik tarkibiy qismlarga gidrolizlanmaydigan biomo- lekulalardir.Ularning nomi tarkibidagi uglerod atomi soniga bog‘liq. Triozalarda uglerod atomining soni 3 ta (C3H6O3), tetrozalarda 4 ta (C4H8O4), pentozalarda 5 ta (C5H10O5), geksozalarda 6 ta (C6H12O6).Monosaxaridlarning hammasi suvda yaxshi eriydigan shirin ta’mga ega rangsiz moddalardir.
Triozalarga moddalar almashinuvining mahsulotlari bo‘lgan sut kislota (C3H6O3), pirouzum kislota (C3H4O3) kiradi. Eng ko‘p tarqalgan monosaxaridlarga besh uglerod atomli pentozalar - riboza va dezoksiriboza va olti uglerod atomli geksozalar - glukoza, fruktoza misol bo‘ladi. Riboza bilan dezoksiriboza nuklein kislotalar va ATF tarkibiga kiradi. Turli mevalar, shuningdek, asalning shirin bo‘lishi ularning tarkibidagi glukoza va fruktozaga bog‘liq. Glukoza C6H12O6, molekular massasi 180 ga teng. Erkin holda hujayralarda to‘qima suyuqliklarida, plazmada bo‘ladi. Qon tarkibida glukoza doimo ma’lum konsentratsiyada mavjud bo‘lib, to‘qimalarning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlab turadi. Odamlar qonida glukoza miqdori 4,5-5,5 millimol (80-120 mg%)ga teng. U qon qandi deb yuritiladi.Qonda glukoza miqdori ortib ketishi yoki kamayishi moddalar almashinishining buzilganligidan darak beradi.
Polisaxaridlar yuqori molekular birikmalar bo‘lib, molekular massasi bir necha mingga, hatto milliongacha yetadi. Ular ta’msiz bo‘lib, suvda erimaydi. Polisaxaridlar monomeri monosaxaridlardan tashkil topgan gomopolimer moddalardir. Ularningmonomerlario‘zaroglikozidbog‘larorqalibirikkan.
С6Н 06 + С6Н 06 + С6Н 06 + С6Н 06 = (С6Н,,О5) + (Н2О)
6 12 6 6 12 6 6 12 6 6 12 6 v 6 11 57n v 2 7 n
Polisaxaridlarga kraxmal, kletchatka, selluloza, glikogen, xitin va pektin kiradi. Kraxmal, kletchatka, sellulozaning monomerlari glukozadir.
Ba’zi uglevodlar oqsillar bilan glikoproteinlar, lipidlar bilan esa glikolipidlarni hosil qiladi.
Kraxmal o‘simliklar tanasida ko‘p to‘planadigan muhim polisaxaridlardan hisoblanadi. U o‘simlik donida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Masalan, sholi va makkajo‘xori donida 80% gacha, bug‘doy donida 60-70% gacha, kartoshka tuganagida 20% gacha kraxmal bo‘ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
1. Gomopolimer va geteropolimer tushunchalarini izohlang.
Uglevodlar va ularning guruhlarini aytib bering.
Uglevodlarning funksiyalarini aytib bering.
Lipidlar va ularning guruhlarini aytib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Uglevodlarning xususiyatlariga mos ravishda tegishli raqamlarni yozing. 1) riboza; 2) dezoksiriboza; 3) glukoza; 4) fruktoza; 5) saxaroza; 6) maltoza; 7) laktoza; 8) kraxmal; 9) glikogen; 10) kletchatka.
Uglevodlarning xususiyatlari
|
Raqam
|
Uglevodlarning xususiyatlari
|
Raqam
|
RNK nukleotidlarning tarkibida bo‘ladi
|
|
DNK nukleotidlarining tarkibida bo‘ladi
|
|
Mevalarda, nektarlarda, asalda bo‘ladi
|
|
Meva shakari
|
|
Hayvon kraxmali
|
|
Miqdor jihatdan organik moddalar orasida birinchi o‘rinda turadi
|
|
Sut shakari
|
|
Don shakari
|
|
Jigarda zaxira sifatida to‘planadi
|
|
Hujayralarning asosiy energiya manbayi
|
|
Ptialin, amilaza fermentlari ta’sirida parchalanadi
|
|
Kraxmal, glikogen, sellulozaning monomeri
|
|
Uzum shakari, qon qandi
|
|
Tamaki mozaikasi virusida bo‘ladi
|
|
Saxaroza, maltoza va laktoza tarkibida bo‘ladi
|
|
ATF tarkibida bo‘ladi
|
|
Yod ta’sirida ko‘k rangga kiradi
|
|
Qand lavlagi shakari
|
|
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
6- Mavzu: Oqsillar va nuklein kislotalar. 6 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga oqsillar va nukein kislotalar haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xaritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» - birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq.
Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir.
Aminokislotalar.Aminokislotalar kichik molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta’minlanadi.
Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan ikki qismdan, aminoguruh (- NH2) va karboksil guruh (- COOH) va har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan qism- radikaldan iborat. O‘simliklar va ko‘pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokislotalar tabiatda uchraydigan boshqa mod- dalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari) mavjud emas. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyiladi.
Oqsillarning tuzilishi. Oqsillar tarkibida aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib birikadi (2-rasm). Shuning uchun oqsillar polipeptidlar deb ham yuritiladi.Bunda qo‘shni aminokislotalarning birikishidan bir molekula suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsiltarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga tengdeb olish mumkin
2-rasm.Aminokislotalarningo`zarobirikishi
Oqsilmolekulasidaaminokislotalarningjoylashishtartibi, turningo‘zgarmasxossasibo‘lib, oqsilsintezivaqtidaDNKdagiirsiyaxborotasosidatuziladi. Harbiroqsilmolekulasio‘zigaxostuzilishgaega.Organizmninghujayralaridagioqsillar (fermentlar, gormonlar) birxilfunksiyanibajarishigaqaramayaminokislotalartarkibibo‘yichao‘zarofarqqiladi. Turlarbir-biridankelibchiqishijihatidanqanchauzoqbo‘lsa, ularningoqsillariorasidagifarqhamshunchalikkattabo‘ladi.
Oqsil molekulasining tuzilish darajalari
Oqsillarning
tuzilmasi
|
Strukturani tutib turuvchi bog‘lar
|
Xususiyati
|
Misollar
|
Birlamchi
tuzilma
|
Qo‘shni aminokislotalarning amino va karboksil guruhlari orasidagi peptid bog‘lar
|
Oqsil molekulasida aminokislotalarning birin- ketin joylashish tartibi bilan belgilanadi
|
Insulin
|
Ikkilamchi
tuzilma
|
Spiral qo‘shni o‘ramlari orasidagi vodorod bog‘lar
|
Polipeptid zanjirining spiral shakli bilan belgilanadi
|
Kollagen,
keratin
|
Uchlamchi
tuzilma
|
Vodorod, ion, disulfid, gidrofob bog‘lar
|
Spiral shakldagi polipeptid globula shaklini hosil qilishi bilan belgilanadi
|
Mioglobin,
fermentlar
|
To‘rtlamchi
tuzilma
|
Vodorod, ion, disulfid, gidrofob bog‘lar
|
Bir necha globula shaklidagi polipeptid molekulalarining (subbirlik) birikishi bilan belgilanadi
|
Gemoglobin
|
Fermentativ funksiya. Fermentlar plastik va energetik almashinuv reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Barcha fermentlar oqsil tabiatiga ega. Har bir ferment ma’lum bir modda (substrat)ga ta’sir ko‘rsatadi va ma’lum tipdagi reaksiyalarni tezlashtiradi.
Transport funksiyasi. Umurtqali hayvonlar qonida gemoglobin, umurtqasiz hayvonlar qonida gemosianin, muskul to‘qimasida mioglobin O2 va CO2ning transportini, qon plazmasi oqsili - albumin lipidlar, yog‘ kislotalari va boshqa biologik faol moddalar transportini ta’minlaydi. Hujayra membranasi oqsillari esa membrana orqali moddalarni o‘tkazish vazifasini bajaradi.
Himoya funksiyasi.Antitana, antitoksin, interferon oqsillari organizmni yot moddalardan himoya qiladi. Qon tarkibidagi immunnoglobulin oqsili qonga kirgan virus va bakteriyalarni taniydi, zararsizlantiradi. Qon plazmasi tarkibidagi fibrinogen, trombin oqsillari qonning ivishini ta’minlaydi.
Toksin (zahar) funksiyasi.Ayrim hayvonlar o‘zini dushmandan himoya qilish uchun maxsus zaharlar ishlab chiqaradilar. Botulizm, vabo va difteriya kasalligini chaqiruvchi mikroblarning zaharlari ham oqsil tabiatga ega
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?
Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering.
Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang.
Oqsil molekulalarining tuzilish darajalarini tushuntirib bering.
Oqsillarning funksiyalari nimalardan iborat?
Dezoksiribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibi haqida nimalarni bilasiz.
Ribonuklein kislotaning tuzilishi, tarkibini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq.DNK va RNKning umumiy jihatlari va farqlarini aniqlab, diagrammada aks ettiring
2-topshiriq.Jadvalni to‘ldiring.
Xususiyatlari
|
DNK
|
RNK
|
Hujayrada uchrashi
|
|
|
Funksiyasi
|
|
|
Polipeptid zanjiri
|
|
|
Uglevodlari
|
|
|
Purin asoslari
|
|
|
Pirimidin asoslari
|
|
|
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
7- Mavzu: Umumlashtiruvchi dars. Nazorat ishi-1
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilar olgan bilimlarini nazorat qilish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Mavzu:Hayotning molekula darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar
Nazorat shakli:Test topshiriqlari.
1.”Biologiya” atamasini qaysi olimlar fanga kiritgan?
1.K.Timeryazyev 2.J.Lamark 3.I.Ivanov 4.G. Trivinarus 5.S. Karpechenko
A.2,4 B. 1,3, C.3,5 D.4,5
2.Mikroorganizmlarni o`rganuvchi biologiya fanining tarmog`i.
A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya
3.Suv hayvonlari va o`simliklari ularning muhitga moslanuvchanlik belgilarini biologiyaning qaysi tarmog`I o`rganadi? A.botanika B. agronomiya C.gidrobiologiya D.mikrobiologiya
4.Hujayra nazariyasi, biogenetic qonun kabi qonunlar qaysi metod yordamida kashf etilgan?
A.kuzatish metodi B. taqqoslash metodi C.tarixiy metod D.modellashtirish
5. Biologiya fani oldida turgan muommolardan biri.
A.dunyo aholisi sonini tartibga solish. B. qizilcha kasalligiga vaksina yaratish
C.aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash D.hayvonlar va o`simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish
6.Tirik organizmga xos bo`lgan hayotiy jarayonlar qayerda sodir bo`ladi8?
A.to`qimalarda B. hujayralarda C.organlarda C. organism darajasida
7.Morfofiziologiyk, genetic, ekologik jihatdan o`xshash individlar yig`indisi…
A.biogeo sinoz B. ekologik tizim C.populatsiya D.ekosistema
8.Hayotning yerdagi barcha tiriklikning darajasi nima?
A.biosfera B. evolyutsiya C.ekosistema D.ekotizim
9. Makromolekulalarning noyob tuzilishi xususiyati, ularning bajaradigan qanday vazifalari bor?
A.ekologik B. biologik C.kimyoviy D.fiziologik
10.Oqsillarning monomeri:
A.aminokislota B. nukleotid C.monosaxarid D.lipid
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _______________________
Foydalanilgan adabiyotlar: 10-sinf darsligi vaqo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
8- Mavzu: Hayotning hujayra darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. 7 -§
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarga hayotning hujayra dajasi va uning o`ziga xos jihatlari haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: .Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop, kompyuter, flepchat doska.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:
Darsning texnologik xqritasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
|
Yangi mavzuni yoritish
|
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
|
Darsni yakunlash
|
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v)tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi.Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan, hayotiy jarayonlar hujayrada amalga oshadi. Shuning uchun ham hujayra hayotning tuzilish, funksional, rivojlanish va irsiy birligidir. Shu bilan birga hujayra o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ma’lum qonuniyatlar asosida mavjud bo‘lgan biologik sistemadir.
Hayotning tuzilish birligi sifatida hujayra biomolekulalardan tashkil topgan tizim sanaladi. Hujayraning tizim sifatidagi xususiyatlari ko‘p jihatdan molekula darajasiga, ya’ni uning komponentlari va shu komponentlarning faoliyatida aks etadi. DNK molekulasi hujayra oqsillari sintezi jarayonlarining boshqarilishini belgilovchi genetik kodni saqlaydi. Hujayraning asosiy membranali tuzilmalari lipid va oqsil molekulalardan tashkil topgan (3-rasm).
Molekular darajada DNK reduplikatsiya jarayoni mexanizmlari aks etsa, hayotning hujayra darajasida bu jarayon hujayraning faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi.Hayotning hujayra darajasi kimyoviy birikmalarning komplekslari, plazmatik membrana, organoidlar, yadro kabi tarkibiy qism (komponent)lardan iborat. Hujayraning yaxlit tizim sifatidagi xususiyatlarini bu komponentlarning o‘zaro munosabatlari belgilaydi.
Evolutsiya jarayonida ilk bor hujayra darajasiga xos xususiyatlar - hujayra metabolizmi, genetik axborotning hujayradan hujayraga berilishi kabi xususiyatlar paydo bo`ladi.
HayotninghujayradarajasidaDNKvaRNKningbiologikfunksiyalari, matritsalisintezreaksiyalari, hujayrahayotiyjarayonlariningfermentativboshqarilishikabimuhimhodisalarsodirbo‘ladi. Hujayradarajasidanboshlabgenetikaxborotninasldannaslgao‘tkazishorqaliavlodlardavomiyligivahayotninguzluksizligita’minlanadi.
Evolutsiyanatijasidahujayralarningixtisoslashuvitufaylibir-biridanshakli, jarayonlari, funksiyalaribilanfarqlanadiganxilma-xilhujayralarkelibchiqqan.Buesao‘znavbatidato‘qimavaorganlarningpaydobo‘lishivapirovardidamustaqilhayotkechiradiganyaxlittizim, ya’niko‘phujayraliorganizmlarningkelibchiqishigaolibkeldi. Shuning uchun ham hujayra tiriklikning eng kichik tuzilish va funksional birligi hisoblanadi.(4-rasm)
Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra haqida to‘plangan ma’- lumotlarga asoslanib hujayra nazariyasini yaratdilar (1838-1839-yillar). O‘simlik va hayvon organizmlari uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini ko‘rsatib berdilar.
Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi ko‘pgina kashfiyotlarga bog‘liq. Rudolf Virxov hujayrasiz hayot yo‘qligi, hujayra faqat avval mavjud hujayralarning bo‘linishidan paydo bo‘lishi, hujayra hayotning hamma xossalariga ega bo‘lgan eng kichik morfologik element ekanligi va hujayraning asosiy struktura elementi protoplazmasi bilan yadrosi ekanligini isbot qilib berdi. Karl Ber barcha ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanishini isbotladi.
4-rasm. 1 - hayvon hujayrasi; 2 - o‘simlik hujayrasi; 3 - bakteriya hujayrasi.
Hozirgi vaqtda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligidir.
Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi.
Bir va ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari tuzilishi va fiziologik jarayonlari jihatidan o‘xshash.
Ko‘p hujayrali organizmlarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birgalikda to‘qimalarni hosil etadi.
Hujayraviy tuzilish irsiy axborotning saqlanishi va nasllarga berilishini ta’minlaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional, rivojlanish birligi deganda nimani tushunasiz?
Hayotning hujayra darajasining o‘ziga xos jihatlarini izohlang.
Hujayra nazariyasining mohiyatini va ahamiyatini tushuntirib bering.
Tirik organizmlar hujayralariga qiyosiy xarakteristika bering.
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish_________________________
Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi______________________________________________
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Sana:________“___” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
9- Mavzu: Moddalar almashinuvi – hujayra hayotiy faoliyatining asosi.
Energetik almashinuv. 8 -
|