Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10




Download 5,73 Mb.
bet6/16
Sana28.12.2019
Hajmi5,73 Mb.
#5865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga irsiyatning xromasoma nazariyasi haqida tushunchalar berish

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini chatishtirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi. Avlodlarda belgilarning mustaqil holda irsiylanishi va erkin kombinatsiyalanishi barcha belgilar uchun xos emasligi ma’lum bo‘ldi.

Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan genlar belgilarining avloddan avlodga o‘tishini o‘rgandilar. Agar G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat o‘simligida o‘tkazgan bo‘lsa, Morgan uchun meva pashshasi drozofila asosiy obyekt bo‘lib xizmat qildi. Drozofilalar tajriba o‘tkazish uchun juda qulay obyektdir. Chunki ular laboratoriya sharoitida tez ko‘payadi, xromosomalar soni 8 ga teng.

Genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni o‘rganilayotgan genlar nogomologik xromosomalarda joylashsagina o‘rinli bo‘ladi. Genlar soni xromosomalar sonidan ancha ko‘p bo‘lganligi sababli bitta xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi va birikkan holda irsiylanadi. Bir xromosomada joylashgan genlar majmuyi birikish guruhi deyiladi.

Organizmdagi genlarning birikish guruhi shu organizm xromosomalarining gaploid to‘plamiga teng bo‘ladi. Jumladan, makkajo‘xorida (Zea mays) xromosomaning gaploid to‘plami va birikish guruhi 10 ga, no‘xatda (Pisum sativum) 7 ga, drozofila meva pashshasida (Drosophila melanogaster) 4 ga, odamda (Homo sapiens) 23 ga teng.

Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofilalarda ikki juft belgilar­ning nasldan naslga o‘tishi bilan tanishamiz. Drozofilalarda tananing kulrangligini belgilovchi gen (A) qora rang geni (a) ustidan dominantlik qiladi. Normal qanot geni (B) esa kalta qanotni belgilovchi gen (b) dan ustunlik qiladi.Kulrang va normal qanotli pashsha- larni qora va kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirsak, birinchi avlod bir xilliligi yuzaga chiqadi, ya’ni kulrang tanali, normal qanotli pashshalar hosil bo‘ladi.F1 da hosil bo‘lgan kulrang tanali, normal qanotli erkak drozofilalarni qora tanali kalta qanotli urg‘ochi drozofilalar bilan o‘zaro chatishtirilsa, F, daolingan avlodning */2 qismini kulrang tanali, normal qanotli, / qismini qora tanali, kalta qanotli individlar tashkil etadi. Bunday birikishga to‘la birikish deyiladi.

Agar urg‘ochi digeterozigota pash- shani tahliliy duragaylash usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan boshqacharoq natijani kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega bo‘lgan avlod hosil bo‘ladi. Lekin G. Mendel tajribalarida kuzatilgan 1:1:1:1 nisbatdan farq qilib, ota-onalarinikiga o‘xshagan belgilar ko‘proq (kulrang tanali, uzun qanotli - 41,5%, qora tanali, kalta qanotli - 41,5%), yangi hosil bo‘lgan belgilar esa ancha kam (kulrang tanali, kalta qanotli - 8,5%, qora tanali, normal qanotli - 8,5%) uchraydi. Genlar birikishining bu xili chala birikish deb ataladi (15-rasm).

Genlar chala birikishining sababini tushunish uchun jinsiy hujayralarning yetilishida kuzatiladigan meyoz jarayonini eslash kerak. Meyoz I ning profazasida muhim jarayon - krossingover kuzatiladi. Gomologik xromosomalar konyugatsiyalashib allel genlarning almashinuvi sodir bo‘ladi.

Natijada gametalarning bir qismi yangi genlar kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun yangi avlodda ota-onalarnikidan farq qiluvchi yangi belgilar kombinatsiyasi vujudga keladi. Krossingover natijasida hosil bo‘lgan gametalar hamda shu gametalardan hosil bo‘lgan avlod bir xil nom bilan krossoverlar deb ataladi. Krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida hosil bo‘lgan avlod nokrossoverlar deb ataladi



15-rasm. Chala birikish.

Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar:

  1. Birikkan holda irsiylanish hodisasi dastlab kimlar tomonidan aniqlangan?

  2. T. Morgan o‘z tajribalarida qaysi obyektdan va nima uchun foydalanganligini izohlang.

  3. To‘liq va qisman birikish deb nimaga aytiladi?

  4. Krossingover nima? Uni isbotlovchi tajriba mohiyatini tushuntiring.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

1-masala. Makkajo‘xoriurug‘iningsilliqvarangliformasibilanburushganvarangsizformasichatishtirilganda 1-avloddasilliqvabo‘yalganurug‘larhosilbo‘ldi, birinchiavlodduragaylariikkalabelgisibo‘yicharetsessivorganizmbilanchatishtirilgandaavlodda 8304 taranglisilliq; 298 taburushganrangli; 304 tasilliqrangsiz; 8326 taburushganrangsizurug‘limakkajo‘xorio‘simligiolinganbo‘lsa, genotipiota-onagao‘xshasho‘simliklarnecha % nitashkiletadi?

2-masala. Makkajo‘xori maysalarining sariq yoki yaltiroq bo‘lishi yashil va xira bo‘lishiga nisbatan retsessiv belgidir. Bu genlar birikkan holda irsiylanadi. Digeterozigota o‘simlikdan tahliliy chatishtirish natijasida olingan 726 ta o‘simlik dan 128 tasi krossover formalar ekanligi aniqlandi. Hosil bo‘lgan o‘simliklardan nechtasining maysasi yashil rangga ega bo‘ladi?
Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.

Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
23- Mavzu: Jins genetikasi. 20 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid tushunchalar berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,ekologik, axloqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Fanga bo`lgan qiziqishini oshirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Jinsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti- harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo‘lishi va urug‘lanishni ta’minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta’sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning tashqi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko‘pgina hayvonlarda, odamda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va o‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bo‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar - autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar - jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofila pashsha- sining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.

Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi. Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg‘ochilari gomogametali, erkaklari geterogametali bo‘ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg‘ochisi geterogametali bo‘ladi.

Meyoz jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko‘payishdan keyin hosil bo‘lgan erkak va urg‘ochi individlar soni teng bo‘ladi. Masalan, erkaklari geterogametali bo‘lgan organizmlar (drozofila)da jinsning irsiylanishi 16- rasmda berilgan.

Ba’zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi. Qandalalar va ninachilarning urg‘ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg‘ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko‘ra qandala erkagida 48-rasm. Drozofila meva pashshasida 13 ta xromosoma, urg‘ochisida 14 ta xromosoma bo`ladi. Undan 12 tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.


16-rasm.Drozofila meva pashshasida jinsning irsiylanishi

Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniqlash- ning progam tipida jins urug‘languncha ma’lum bo‘ladi. Masalan, kolovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg‘o- chi, sitoplazmasi kam tuxum hujayradan erkak organizm rivojlanadi.

Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ayrim halqali chuvalchanglarning ota- langan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg‘ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo‘lib, jins urug‘lanish vaqtida ma’lum bo‘ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:

  1. Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan yozib tushuntiring.

  2. Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni misollar bilan izohlang.

  3. X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofila meva pashshasida qanday bo‘ladi?

  4. X xromosoma birikkan holatda bo‘lganda belgilarning irsiylanishiga oid misollar keltiring.

  5. Geterogametali va gomogametali organizmlar yozuvda qanday ifodalanadi?

Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalni to‘ldiring.

T/r

Urg`ochi gomogametali gomogametali

Erkaklari gomogametali organizmlar

1

2

3

4

5








Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________


Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
24- Mavzu: Jins bilan bog‘liq holda irsiylanish. Nazorat ishi-3.21 -§
I.Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: o`quvchilarga mavzuga oid umumiy tushunchalarni berish.

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.

v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

d)shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
II.Darsning turi:Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi:Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut:

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Genlar faqat autosomada emas, balki jinsiy xromosomalarda ham joylashgan. Autosomadagi genlar faoliyati erkak va urg‘ochi organizmlarda bir xil namoyon bo‘ladi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan bog‘liq holda nasldan naslga o‘tadi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan drozofilada o‘rganilgan. Morgan drozofilaning ko‘z rangini irsiylanishini o‘rgandi. Ko‘zning qizil rangi dominant, oq rangi esa retsessiv ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chatishtirish uchun olingan urg‘ochi qizil ko‘zli gomozigota drozofila genotipi XW+XW+, oq ko‘zli erkakniki XWY bo‘ladi. Ularni o‘zaro chatishtirish natijasida Fx dagi urg‘ochi va erkak drozofilalarning ko‘zi qizil bo‘ladi. F2 dagi urg‘ochi drozofilalarning hammasi qizil ko‘zli, lekin ularning */2 qismi gomozigota, */2 qismi geterozigota holatda, erkaklarining / qismi qizil ko‘zli, / qismi oq ko‘zli bo‘ladi.

Agar chatishtirish uchun oq ko‘zli urg‘ochi pashshalar bilan qizil ko‘zli erkak pashshalar olinsa (resiprok chatishtirish), Fx da hosil bo‘lgan erkak drozofilalar oq ko‘zli, urg‘ochi drozofilalar qizil ko‘zli bo‘ladi. F2dagiurg‘ochidrozofilalarning / qismiqizilko‘zli, / qismioqko‘zlibo‘ladi, erkaklarining / qismiqizilko‘zli, / qismioqko‘zlibo‘ladi (17-rasm)


17-rasm. Drozofi la meva pashshasida ko‘z rangining jinsga birikkan holda

irsiylanishi. W+ – ko‘z rangining qizilligini, W– ko‘z rangining oqligini ifodalaydi


Retsiprok chatishtirishda, ya’ni chipor tovuq bilan qora xo‘rozchatishishidan olingan F1 parrandalarning tovuqlari qora, xo‘rozlari chipor rangda bo‘ladi. Ularning ikkinchi avlodida tovuq va xo‘rozlarning ½ qismi chipor, ½ qismining pati qora rangda bo‘ladi. Organizmlardagi ayrim belgilar Y xromosomada joylashgan genlar orqali irsiylanadi.

Fenotip qora ♀ chipor ♂

P Genotip XbY x XBXB

gameta Xb Y XB

Fenotip chipor ♂ chipor ♀

F1 Genotip XBXb x XB Y

gameta XB Xb XB Y

Fenotip chipor ♂ chipor ♂ chipor ♀ qora ♀



F2 Genotip XBXB XBXb XBY XbY

Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:

  1. T. Morganning G. Mendel tajribalaridan farqini tushuntirib bering.

  2. Drozofila meva pashshasida ko'z rangining irsiylanish qonuniyatlarini tushuntiring

  3. Tovuq va xo‘rozlarda belgilarning jins bilan bog‘liq irsiylanishini tushuntiring.

  4. Jins bilan cheklangan belgilarning irsiylanishini tushuntiring.

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

1-masala.Bolalarda immunitet yetishmasligi qonda у - globulin sintezlanmasligi oqibatida vujudga keladi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi autosomada, ikkinchi turi jinsiy X xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona ikki belgi bo‘yicha geterozigotali, ota sog‘lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan bo‘lsa, tug‘ilgan farzand- larning necha foizi 1-belgi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?

2-masala. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar- soqov erkak sog‘lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?

Uyga vazifa:Mavzuni o`qib o`rganib kelish _____________________

Foydalanilgan adabiyotlar:10-sinf darsligi, va qo`shmcha adabiyotlar.
Fan o`qituvchisi_____________________________________________

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sana:__________“_____” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10-V
25- Mavzu: Noallel genlarning o‘zaro ta’siri.Modifikator genlar. 22 -
Download 5,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 5,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10

Download 5,73 Mb.